28
O‘ZBEKISTON
RESPUBLIKASINING QONUNI
02.07.1992-y.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
DAVLAT GERBI TO‘G‘RISIDA
(Ko‘chirma)
Ushbu Qonunga O‘zbekiston Respublikasining 24.12.2010-yildagi
Qonuniga muvofi q o‘zgartirishlar kiritilgan.
2-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi
davlat mustaqilligining ramzidir.
3-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega:
tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng
tomoni esa cha-
noqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy
uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida Respublika
hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo‘lib,
uning ichki qis-
mida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik
ramzi – qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini ifoda
etuvchi chambar lentasining
bantida “O‘zbekiston” deb yozib qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli ko‘rinishida: Humo
qushi va daryolar – kumush rangda; quyosh, boshoqlar,
paxta chanoqlari va
“O‘zbekiston” yozuvi – oltin rangda; g‘o‘za shoxlari va barglari, tog‘lar va
vodiy –
yashil rangda; chanoqlardagi paxta – oq rangda; lenta – O‘zbekiston
Respublikasi Davlat bayrog‘ining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda; sak-
kizburchak – oltin zarhal bilan
hoshiyalangan holda havorangda; yarim oy va
yulduzlar – oq rangda tasvirlangan.
8-modda.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari,
shuningdek, O‘zbekis-
tonda turgan boshqa shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbini
hurmat qilishlari shart.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini
buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: