G. M. Tansikbayeva, V. A


O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti                  I. Karimov



Yüklə 2,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/260
tarix12.05.2022
ölçüsü2,73 Mb.
#86830
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   260
G. M. Tansikbayeva, V. A

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti                  I. Karimov 


31
5-§. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHQI SIYOSATI
Mavzu ustida ishlash natijasida:
–  davlatning tashqi siyosiy faoliyati nimalardan iborat ekanligini;
–  O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi uning tashqi siyosiy 
aloqalariga qanday ta’sir o‘tkazganligini bilib olasiz.
1. Davlatning tashqi siyosiy faoliyati.
2. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy prinsip lari.
1. DAVLATNING TASHQI SIYOSIY FAOLIYATI
Т
ashqi siyosat
 – bu davlat faoliyati bo‘lib, 
х
alqaro hayotda ishtirok 
etgan holda o‘z davlat ch
е
garasidan tashqarisida davlatning boshqa davlat-
lar, 
х
alqaro tashkilotlar bilan munosabatini, davlatning 
х
alqaro munosabat-
lardagi umumiy yo‘nalishini amalga oshirishdan iborat. 
Ushbu faoliyat “O‘zb
е
kiston R
е
spublikasining 
х
alqaro shartnomalari 
to‘g‘risida”gi 1995-yil 22-d
е
kabr dagi (o‘zgartirishlar kiritilgan) Qonuniga 
va “O‘zb
е
kiston R
е
spublikasining tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini 
tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2013-yil 10-sentabrdagi Qonuniga asos 
lanadi. 
Ushbu Qonunlarga muvofi q respublikaning milliy manfaati ustuvorligiga 
va teng huquqli hamkorlikka asoslangan O‘zbekiston tashqi siyosatining 
bosh maqsadi davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, xalqaro 
munosabatlarning to‘la huquqli subyekti sifatida mamlakatning rolini yuk-
saltirish hamda O‘zbekiston atrofi da xavfsizlik, tinchlik va yaxshi munosa-
batli qo‘shnichilik muhitini yaratishdan iborat.
O‘zb
е
kiston R
е
spublikasi qat’iyat bilan 
х
alqaro va davlatlararo muam-
molarni hal etish usuli sifatida urushga qarshi chiqadi va davlatlararo harbiy 
nizolarning oldini olishda faol ishtirok etishni o‘z tashqi siyosatining asosiy 
vazifasi d
е
b biladi.
Xalqlarning o‘zaro munosabatlari jarayonida 
х
alqaro hayotda ishtirok 
etuvchi davlatlarning manfaatlarini ifoda etuvchi va himoya qiluvchi qoida-
lar paydo bo‘ldi. Ko‘pgina urf-odatlar va qonunlar o‘zaro 
х
alqaro munosa-
batlar bilan bog‘liq huquq hamda majburiyatlarni mustahkamlovchi 
х
alqaro 
huquq m
е
’yorlariga aylandi.


32
Xalqaro huquq
 – xalqaro muloqot jarayonida davlatlararo muno-
sabatlarni tartibga solib turuvchi yuridik qoidalar majmuyi.
O‘zb
е
kiston R
е
spublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasiga muvofi q 
bizning davlatimiz 
х
alqaro munosabatlarning to‘la  huquqli suby
е
kti hisobla-
naladi.
Xalqaro huquq subyekti bo‘lish nimani anglatadi?
Boshqa davlatlar bilan o‘zaro munosabatlardagi o‘z huquq va burchla rini 
tashqaridan qandaydir tazyiqsiz amalga oshirishga qodir bo‘lgan mustaqil 
davlatgina xalqaro munosabatlar subyektiga aylanishi mumkin. Xalqaro 
huquq subyekti bir davlatning boshqa bir davlat ustidan hokimiyatini tan 
olmaydi. Bunday davlat o‘zining ichki va tashqi siyosatini amalga oshirish 
borasida mustaqildir.
Hozirgi paytda xalqaro munosabat ishtirokchilarining eng asosiysi 
xalqaro tashkilot bo‘lib, unda manfaatdor davlat-ishtirokchilar insoniyat 
oldida turgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa muammolarni 
ijobiy hal etishda hamkorlik qiladilar. Zamonning aktual muammolaridan 
biri urushlarni to‘xtatish va tinchlikni ta’minlashdan iborat. Butun insoniyat 
tarixida bizning sayyoramizda 15 mingdan ortiq urush bo‘lib o‘tgan. Ularda 
3,5 mlrd atrofi da odam halok bo‘lgan. Shuning uchun ham kishilar hamma 
vaqt vujudga kelgan muammolarni tinchlik yo‘li bilan hal etish haqida bosh 
qotirganlar.
Yodda tuting!


33
Ikkinchi jahon urushi (1939–1945-yillar) tugaganidan keyin tinchlikni 
va xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1945-yil 24-oktabrda San-
Fransisko (AQSH) shahrida 51 ta davlat Tinchlik konstitutsiyasi deb hisob-
lashga huquqli bo‘lgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning Nizomini 
tasdiqladi.
Hozirgi vaqtda 193 ta davlat, shu jumladan, O‘zbekiston ham BMT 
a’zosidir. O‘zbekiston 1992-yil 2-martda BMTning to‘la huquqli a’zosi 
bo‘lgan. 

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   260




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə