Международный
научный
журнал
№
6
(100),
часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
январрь
, 202
3
г
4
BIOTEXNOLOGIYA FANINING YUTUQLARI VA KELAJAGI
Dexqonov Baxodir Norbekovich
Samarqand viloyati, Qo’shrabot tumani,
Xalq ta’limi bo’limiga qarashli, 70-
umumiy o’rta ta’lim maktabi
biologiya fani o’qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada biotexnologiya fani yutuqlari va kelajagi haqida
ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so’zlar:
biotexnologiya, Lui Paster, Biotexnologik jarayonlar bosqichlari,
o’simliklarning serhosil navlari, “biologik o’g’it”, “biogumus”, hayvon oqsillari,
mikroorganizmlar, antibiotiklar, fermentlar, aminokislotalar, gormonlar, qandli diabet
xastaligi, insulin gormoni, vaksinalar, gen injeneriyasi usullari, transgen o’simlik olish.
Biotexnologiya bu – xalq xo’jaligi uchun kerakli bo’lgan mahsulotlarni
mikroorganizmlar, o’simliklar v ahayvon hujayralari yordamida sanoat miqyosida olish
jarayonidir.
Biotexnologik jarayonlarning biologic ahamiyati XIX asrda
fransuz olimi Lui Paster
tajribalari natijasida aniqlana boshlandi. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib biologiyaning bir
qancha sohalari sitologiya, hujayra biologiyasi,
biokimyo, molekulyar biologiya hamda
molekulyar genetika fanlarining erishgan yutuqlari natijasida biotexnologiya jadal suratlar
bilan rivojlanishiga sabab bo’ldi. Biotexnologiya fanining o’ziga xos jihati shundan iboratki,
bu jarayonlarda ilmiy-texnik jarayon bosqichlarining yutuqlari bilan bir qatorda tabiiy
manbalardan keng ko’lamda foydalanish imkoniyatlarini yuzaga keltirdi.
Biotexnologik jarayonlar quyidagi bosqichlardan tashkil topgan:
1) Jarayon uchun zarur bo’lgan obyektlarni tayyorlash.
2) Ularni sun’iy o’stirish.
3) Ularni tozalsh.
4) Tarkibiy qismlarga ajratish.
5) Olingan mahsulotlardan kerakli maqsadlarda foydalanish.
Biotexnologiyaning kelajagi. Hozirgi kunda dunyoning ko’pgina mamlakatlarida oziq –
ovqat mahsulotlari taqchilligi kuzatilmoqda. Shu sababli
asosiy muammolardan biri
o’simliklar va hayvonlarning mahsuldorligini oshirishni taqozo etmoqda.
Biotexnolog olimlar o’simliklarning serhosil navlarini yaratibgina qolmasdan ularning
zararkunandalarga qarshi kurashish usullarini ishlab chiqmoqdalar. O’simliklarning
hosildorligini oshirishda har xil bakteriyalardan tayyorlangan “biologik o’g’it”lar ishlab
chiqarish katta ahamiyatga ega. Yomg’ir chuvalchanglari yordamida “biogumus” olish keng