1
#QO`LLANMA
Tayyorladi: FARMONOV SAMANDAR
2
Osteologia
Umurtqa pog`onasi ---- collumna vertebralis
Umurtqa pog`onasi 33-34 ta umurtqalarning qo`shilishidan hosil bo`lib, 5 ta
umurtqalar yig`indisiga bo`linadi.
1)
vertebra cervicalis --- bo`yin umurtqalari 7 ta
2)
vertebra thoracica --- ko`krak umurtqalari 12 ta
3)
vertebra lumbalis --- bel umurtqalari 5 ta
4)
vertebra sacralis --- dumg`aza qismi 5 ta
5)
vertebra coccygeus --- dum umurtqalari 4-5 ta
Umurtqa pog`onasi 2 ta katta guruhga bo`linadi:
1)
Chin umurtqalar ---- vertebra verae. Bo`yin, ko`krak, bel umurtqalari kiradi.
Jami 24 ta bo`lib, bularni chin deyilishiga sabab, ularni har birini alohida tanho
o`rganish mumkin.
2)
Yolg`on umurtqalar ----vertebra spurae. Dumg`aza va dum umurtqalari kiradi.
Jami 9-10 ta bo`lib, bularni yolg`on deyilishiga sabab, ular bir-biri bilan qo`shilib
yaxlit suyakka aylanib ketgan bo`ladi.
Umurtqalarning odamda joylashishi:
1)
Tanasi oldinda joylashadi
2)
Qirrali o`simtasi orqada joylashadi.
Umurtqalar 3 ta qismdan tashkil topgan.
1)
corpus vertebrae --- tanasi
2)
arcus vertebrae --- ravog`i (umurtqa yoyi)
3)
processus spinosus --- qirrali o`simtasi
Har bir umurtqada quyidagi tuzilmalar bo`ladi.
1)
corpus vertebrae --- umurtqa tanasi
2)
foramen vertebrae --- umurtqa teshigi
3)
processus spinosus --- qirrali o`simtasi
4)
processus transversus --- ko`ndalang o`simtasi. Bel umurtqalariniki rudiment
holidagi qovurg`a bo`lgani uchun processus costarius ham deyiladi.
5)
arcus anterior --- oldingi ravog`i
6)
processus articularis superior --- yuqori bo`g`im o`simtasi
7)
facies articularis superior --- yuqori bo`g`im yuzasi
8)
incisura vertebralis superior --- yuqori umurtqa o`ymasi
9)
incisura vertebralis inferior --- pastki umurtqa o`ymasi
10)
processus articularis inferior --- pastki bo`g`im o`simtasi
3
11)
facies articularis inferior --- pastki bo`g`im yuzasi
12)
arcus posterior --- orqa ravog`i
Bo`yin umurtqalarining o`ziga xos xususiyatlari:
1)
Ko`ndalang o`simtalarida teshik --- foramen transversus bo`ladi.
2)
2-6-bo`yin umurtqalarining qirrali o`simtalarining uchi ayri bo`ladi.
3)
Yuqori bo`g`im yuzalari gorizontal tekislikda yotadi.
Ko`krak umurtqalarining o`ziga xos xususiyatlari:
1)
Tanasi va ko`ndalang o`simtasida qovurg`alar birikadigan chuqurchalar ---
fovea costalis lar bo`ladi
2)
Yuqori bo`g`im yuzasi frontal tekislikda yotadi.
Bel umurtqalarining o`ziga xos xususiyatlari:
1)
Yuqori bo`g`im o`simtasining tashqi tarafida so`rg`ichsimon o`simta ---
processus mamillaris bo`ladi
2)
Ko`ndalang o`simtasining ostida qo`shimcha o`simtasi --- processus
accessorius bo`ladi. Xuddi shu o`simta 12-ko`krak umurtqasida ham bo`ladi.
3)
Yuqori bo`g`im yuzasi saggital tekislikda yotadi.
1-bo`yin umurtqasi ---- atlas yoki atlant
1-bo`yin umurtqasining tanasi embrional rivojlanish davrida 2-bo`yin
umurtqasining tishiga aylanib ketadi. Shuning uchun tanasi bo`lmaydi. Qirrali
o`simtasi ham bo`lmaydi.
1-bo`yin umurtqasining 2 ta yoyi bo`ladi:
1)
arcus anterior
2)
arcus posterior
Oldingi yoyning ichki tomonida 2-bo`yin umurtqasining tishi uchun chuqurcha
--- fovea dentis bo`ladi.
Orqa yoyning yuqori qismida umurtqa arteriyasining egati --- sulcus arteria
vertebralis bo`ladi.
Yoylar o`zaro qo`shilishidan 2 ta do`mboq hosil bo`ladi:
1)
tuberculum anterior
2)
tuberculum posterior
Foramen vertebralis ning ikki yonida yon massa --- massa lateralis bo`ladi.
4
2-bo`yin umurtqasi ---- axis
O`ziga xos xususiyati tishining borligidir. Tishning 2 ta qismi bor.
1)
apex
2)
basis
Tishning asos qismining 2 ta bo`g`im yuzasi bor.
1)
facies articularis anterior
2)
facies articularis posterior
2- bo`yin umurtqasining yuqori bo`g`im o`simtasi bo`lmaydi.
6-bo`yin umurtqasi
Barcha bo`yin umurtqalari ko`ndalang o`simtalarining ikki yon tomonida 2 juft
do`mbog`i bo`ladi.
1)
tuberculum anterior
2)
tuberculum posterior
6-bo`yin umurtqasining tuberculum anterior i bo`rtib chiqqan bo`ladi.
Normada 6-bo`yin umurtqasining oldidan umumiy uyqu arteriyasi o`tadi. Agar
arteriyadan qon ketsa, do`mboqni arteriyaga bosib, qonni to`xtatsa bo`ladi.
Shuning uchun bu oldingi do`mboq uyqu do`mbog`i --- tuberculum caroticum
ham deyiladi.
7-bo`yin umurtqasi ---- vertebra prominens
7-bo`yin umurtqasi boshni ekkan vaqtda teridan bilinib, turadi. Shuning uchun
bo`rtib chiqqan umurtqa --- vertebra prominens deyiladi. 7-bo`yin
umurtqasining qolgan umurtqalardan farqi, qirrali o`simtasi uzun va yo`g`on
bo`ladi.
Dumg`aza suyagi ---- os sacrum
4 ta qismi bo`ladi:
1)
basis
2)
apex
5
3)
pars lateralis --- 1 juft
4 ta yuzasi bo`ladi:
1)
facies sacralis pelvina ---- chanoq suyagiga qaragan yuzasi
2)
facies sacralis dorsalis ---- orqa yuzasi
3)
facies auricularis ---- 1 juft quloqsimon yuzasi
Dumg`aza suyagining chanoq suyagiga qaragan yuzasida:
4 ta ko`ndalang chiziq --- linea transversus bo`ladi. Bu ko`ndalang chiziqlar 5
ta dumg`aza umurtqalarining qo`shilishidan hosil bo`ladi.
4 juft teshik --- foramen sacralis pelvina bo`ladi. Bundan dumg`azaga oid
bo`lgan qon-tomirlar o`tadi.
Yon tomonida quloqsimon yuza --- facies auricularis va dumg`aza g`adir-
buduri --- tuberositas sacralis bo`ladi.
Orqa tomonida 5 ta qirra bo`ladi:
1)
crista sacralis mediana --- toq bo`lib, qirrali o`simtalardan hosil bo`ladi.
2)
crista sacralis intermedia --- juft bo`lib, bo`g`im o`simtalaridan hosil bo`ladi.
3)
crista sacralis lateralis --- juft bo`lib, ko`ndalang o`simtalardan hosil bo`ladi.
Dumg`aza suyagi asos qismining orqasida dumg`aza kanali --- canalis sacralis
bo`lib, ichidan orqa miya o`tadi. Dumg`aza kanalini yuqori bo`g`im o`simtasi
bilan yuqori bo`g`im yuzasi chegaralab turadi.
Dumg`aza suyagi uchining orqasida dumg`aza shoxi --- cornu sacralis bo`ladi.
U chiqish teshigi --- hiatus sacralis ni chegaralab turadi.
To`sh suyagi ---- sternum
3 ta qismi bo`ladi
1)
manubrium sterni --- dastasi
2)
corpus sterni --- tanasi
3)
processus xiphoideus --- xanjarsimon o`simtasi
To`sh suyagini tanasini dastasidan to`sh burchagi --- angulus sterni bilan
incisura costae 2 ajratib turadi.
Dastasida bitta toq bo`yinturuq o`ymasi --- incisura jugularis va 2.5 ta juft
o`yma bo`ladi:
1)
incisura clavicularis --- juft o`mrov o`ymasi
2)
incisura costae 1 --- juft
3)
incisura costae 2 --- yarmi dastaga, yarmi tanaga birikadi
6
Normada to`sh suyagiga 7 juft chin qovurg`alar birikadi.
Qovurg`a ---- costa
Odamda 12 juft qovurg`alar bo`lib, 3 guruhga bo`linadi.
1)
Chin qovurg`alar --- costa verae. Bunga 1-7-juft qovurg`alar kiradi.
2)
Yolg`on qovurg`alar --- costa spurae. Bunga 8-10-juft qovurg`alar kiradi
3)
Yetim qovurg`alar --- costa fluctuantes. Bunga 11-12-juft qovurg`alar
kiradi.
Qovurg`alarning 2 ta qismi bor
1)
Oldingi tog`ay qismi --- cartilago costae --- to`sh suyagiga birikadi.
2)
Orqa suyak qismi --- os costae --- ko`krak umurtqalariga birikadi.
Ikkita qism o`rtasiga tana --- corpus costae deyiladi. Qovurg`ani o`ng yoki chap
tomonniki ekanligini bilish uchun tanasida qo`limizni yurgizamiz. Shunda o`tkir
tomoni pastda, o`tmas tomoni yuqorida joylashadi.
Qovurg`aning suyak qismida qovurg`a boshi --- caput costae, bo`yni --- collum
costae, do`mbog`i --- tuberculum costae, burchagi --- angulus costae bo`ladi.
Boshining o`zida qirrasi --- crista capitis costae va bo`g`im yuzasi --- facies
articularis capitis costae bo`ladi.
Qovurg`aning tanasida egat --- sulcus costae bo`ladi.
1-juft qovurg`ani yuqori va pastki yuzasi, ichki va tashqi cheti bo`ladi. Qolgan
qovurg`alarni ichki va tashqi yuzasi, yuqori va pastki cheti bo`ladi.
1-, 11-, 12-juft qovurg`alar ko`krak umurtqalari tanasiga to`liq birlashadi.
Shuning uchun ularning boshida qirra bo`lmaydi.
1-juft qovurg`aning yuqori yuzasini tog`ayga nisbatan ketma-ket joylashgan
tuzilmalari:
1)
sulcus vena subclavia --- o`mrov osti venasining egati
2)
tuberculum musculus scalenus anterior --- oldingi narvonsimon mushak
do`mbog`i
3)
sulcus arteria subclavia --- o`mrov osti arteriyasining egati
7
Qo`l suyaklari
2 guruhga bo`linadi.
1)
Yelka kamari --- cingulum membri superioris
2)
Qo`lning erkin suyaklari --- sceleton membri liberi superioris
O`mrov ---- clavicula
O`mrov suyagining to`shga birikadigan uchi sharsimon, oldinga bo`rtib
chiqqan va yuqori yuzasi silliq bo`ladi. Shu belgilarga qarab, o`mrov suyagining
o`ng yoki chapligini topsa bo`ladi.
2 ta uchi bo`ladi:
1)
extrimitas sternalis --- to`sh uchi
2)
extrimitas acromialis --- akromion uchi
Ikkala uchining o`rtasi tana --- corpus deb ataladi.
To`sh uchining ostida qovurg`a-o`mrov boylamining izi --- impressio
ligamentum costaclavicularis
Akromion uchining ostida konussimon do`mboq --- tuberculum conoideum va
trapetsiyasimon chiziq --- linea trapezoideum bo`ladi.
Tanasining ostida oziqlantiruvchi teshik --- foramen nutricium va o`mrov osti
muskulining egati --- sulcus musculus subclavius bo`ladi.
Kurak ---- scapula
Kurak suyagi normada 2-7-qovurg`alar sathida joylashadi. Uchburchak
ko`rinishiga ega bo`ladi.
4 ta burchagi bo`ladi:
1)
angulus superior
2)
angulus inferior
3)
angulus lateralis
4)
angulus acromialis
8
3 ta cheti bor
1)
margo superior
2)
margo lateralis
3)
margo medialis
2 ta yuzasi bor
1)
facies costalis
2)
facies dorsalis
Qovurg`a yuzasida kurak osti chuqurchasi --- fossa subscapularis bo`lib, uni
shu nomli mushak to`ldirib turadi.
Orqa yuzasida kurak o`sig`i --- spina scapulae bo`lib, u kurakning orqa yuzasini
2 ta chuqurchaga ajratadi.
1)
fossa supraspinatus --- shu nomli mushak to`ldirib turadi.
2)
fossa infraspinatus --- shu nomli mushak to`ldirib turadi.
Kurak suyagini 2 ta o`simtasi bo`ladi:
1)
acromion --- kurak o`simtasi
2)
processus coracoideus --- tumshuqsimon o`simta
Ikkita o`simtaning o`rtasida yelka suyagi bilan bo`g`im hosil qiladigan
chuqurcha --- cavitas glenoidalis bo`ladi. Uni 2 ta do`mboq chegaralaydi.
1)
tuberculum supraglenoidalis
2)
tuberculum infraglenoidalis
Cavitas glenoidalis ning aylanmasiga kurak bo`yni --- collum scapulae deyiladi.
2 ta o`ymasi bor
1)
incisura superior
2)
incisura inferior
Yelka suyagi ---- os humeri
Yelka suyagi boshi tanaga nisbatan ichkarida, tirsak o`simtasining chuqurchasi
orqada joylashadi. Shu belgilarga qarab yelkaning o`ng yoki chapligini topsa
bo`ladi. Barcha uzun naysimon suyaklarning 2 ta qismi bor:
1)
Proksimal qismi ---- tanaga yaqin qism
2)
Distal qismi ---- tanadan uzoq qism
9
Yelka suyagining proksimal qismida quyidagi tuzilmalar bor:
1)
caput humeri --- boshi
2)
collum anatomicum --- anatomik bo`yincha
3)
collum chirurgicum --- xirurgik bo`yincha. G`ovak bo`lib, ko`p sinadi.
4)
tuberculum majoris humeri
5)
tubeculum minoris humeri
Ikkita do`mboq pastga 2 ta qirra bo`lib davom etadi:
1)
crista tuberculi majoris humeri
2)
crista tuberculi minoris humeri
Ikkita do`mbo`q orasida do`mboqlararo egat --- sulcus intertubercularis bo`lib,
uni yelkaning ikki boshli mushagining uzun boshining payi to`ldirib turadi.
Tanasining 3 ta yuzasi bor
1)
facies anterior lateralis
2)
facies anterior medialis
3)
facies posterior
Oldingi tashqi yuzasida deltasimon g`adir-budur --- tuberositas deltoideus
bo`lib, bunga deltasimon mushak birikadi. Hamda bilak nervining egati --- sulcus
nervus radialis bor.
Orqa yuzasida oziqlantiruvchi teshik --- foramen nutricium bor.
2 ta cheti bo`ladi:
1)
margo lateralis
2)
margo medialis
Distal qismi tagining umumiy nomi yelka bo`rtig`i --- condylus humeri deyiladi.
Uni yelka g`altagi --- trochlea humeri hosil qiladi.
G`altakning tashqi tarafida yelka boshchasi --- capitulum humeri bo`ladi.
Oldingi tarafida 2 ta chuqurcha bo`ladi:
1)
fossa radialis
2)
fossa coronoideus
G`altakning orqa tarafida tirsak o`simtasining chuqurchasi --- fossa olecrani
bo`ladi.
10
Bo`rtiqning 2 ta bo`rtiq usti qismi bor.
1)
epicondylus lateralis
2)
epicondylus medialis
Bo`rtiqlar yuqoriga qirra bo`lib davom etadi:
1)
crista supracondylaris lateralis
2)
crista supracondylaris medialis
Distal qismining ostida tirsak nervining egati --- sulcus nervus ulnaris bo`ladi.
Bilak suyaklari ---- antebrachii
2 ta suyakdan tashkil topgan
1)
Bilak suyagi --- radius
2)
Tirsak suyagi --- ulna
Bilak suyagi ---- radius
Bilak suyagi bilak suyaklarining tashqi tarafida ya`ni bosh barmoq tarafda
joylashadi. Distal qismining oldingi yuzasi silliq, orqa yuzasi g`adir-budir bo`ladi.
Shu belgilarga qarab bilak suyagining o`ng yoki chapligini topsa bo`ladi.
Proksimal qismining tuzilmalari:
1)
caput radii --- boshi
2)
collum radii --- bo`yni
3)
circumferetia articularis --- boshning aylanmasi (tirsak suyagi bilan bo`g`im
hosil qiladi)
4)
tuberositas radii --- bilak g`adir-budiri
Tanasida 3 ta yuzasi bor
1)
facies anterior
2)
facies posterior
3)
facies lateralis
Tanasining 3 ta cheti bor
1)
margo anterior
2)
margo posterior
3)
margo interossea --- suyaklararo chet
Distal qismining 3 ta yuzasi bor
1)
facies anterior
2)
facies posterior
11
3)
facies articularis carpi
Bilak suyagi distal qismining lateral tomonida bigizsimon o`simta --- processus
styloideus, medial tomonida tirsak suyagi kirib turadigan o`yma --- incisura ulna
bo`ladi.
Tirsak suyagi ---- ulna
Tirsak suyagi bilak suyaklarining ichki tarafida ya`ni jimjiloq tarafda joylashadi.
G`altak o`ymasi tanaga nisbatan yuqorida, bilak o`ymasi bilan suyaklararo cheti
tashqi tarafda joylashadi. Shu belgilarga qarab suyakning o`ng yoki chapligini
topsa bo`ladi.
Proksimal qismi tuzilmalari:
1)
olecranon --- tirsak o`simtasi
2)
processus coronoideus --- tojsimon o`simta
Ikkala o`simtaning orasida g`altak o`ymasi --- incisura trochlea bo`ladi.
3)
incisura radii --- bilak o`ymasi
4)
tuberositas ulna --- tirsak g`adir-budiri
5)
crista musculi suppinator --- bilak suyaklarini tashqariga buruvchi mushak
birikadigan qirra
Tanasida 3 ta yuzasi bor
1)
facies anterior
2)
facies posterior
3)
facies medialis
Tanasining 3 ta cheti bor
1)
margo anterior
2)
margo posterior
3)
margo interossea
Distal qismining tuzilmalari:
1)
caput ulna --- boshi
2)
collum ulna --- bo`yni
3)
circumferetia articularis
Distal qismining medial tomonida bigizsimon o`simta --- processus styloideus
bo`ladi.
12
Qo`l panja suyaklari ---- ossa manus
3 ta qismdan tashkil topgan
1)
Kaft usti suyaklari --- ossa carpea
2)
Kaft suyaklari --- ossa metacarpi
3)
Barmoq suyaklari --- phalangis digitorum manus
Kaft suyaklari ---- ossa carpea
2 ta qismga bo`linadi
1)
Proksimal qator suyaklari
2)
Distal qator suyaklari
Proksimal qator suyaklari:
1)
os scaphoideum --- qayiqsimon suyak
2)
os lunatum --- yarimoysimon suyak
3)
os triquetrum --- uch qirrali suyak
4)
os pisiformes --- no`xatsimon suyak
Distal qator suyaklari:
1)
os trapezium --- katta trapetsiyasimon suyak
2)
os trapezoideum --- kichik trapetsiyasimon suyak
3)
os capitatum --- boshchali suyak
4)
os hamatum --- ilmoqli suyak
Kaft suyaklari ---- ossa metacarpi
Kalta naysimon suyaklar turkumiga kirib, 3 ta qismi bo`ladi:
1)
basis
2)
corpus
3)
caput
Suyaklar orasiga suyaklararo bo`shliq --- spatium interossea metacarpi deyiladi
Ossa metacarpi 2 et 3 ning asosida bigizsimon o`simta --- processus styloideus
bo`ladi.
Barmoq suyaklari --- phalangis digitorum manus
13
Proksimal va medial falangalarning qismlari:
1)
basis
2)
corpus
3)
caput
Distal falangalarning qismlari:
1)
basis
2)
corpus
Uchi g`adir-budur tuberositas phalangis distalis bo`ladi.
Oyoq suyaklari
2 guruhga bo`linadi
1)
Oyoq kamari --- cingulum membri inferioris
2)
Oyoqning erkin suyaklari --- sceleton membri liberi inferioris
Chanoq suyagi ----os coxae
3 ta qismi bo`ladi:
1)
os ilium --- yonbosh suyagi
2)
os ischii --- o`tirg`ich suyagi (quymich suyagi)
3)
os pubis --- qov suyagi
Yonbosh suyagi --- os ilium
Yonbosh suyagini umumiy qanot --- ala iliaca hosil qiladi. Qanotning 2 ta
yuzasi bor.
1)
facies externa yoki glutea (dumba)
2)
facies interna
Ichki yuzasi umumiy fossa iliaca deyilib, uni yonbosh mushagi to`ldirib turadi.
Uning ostida yoysimon chiziq --- linea arcuata bo`lib, u katta chanoq bo`shlig`i
--- pelvis major ni kichik chanoq bo`shlig`i --- pelvis minor dan ajratib turadi.
Yonbosh suyagida dumg`aza suyagi birikadigan quloqsimon yuzasi --- facies
auricularis va yonbosh g`adir-buduri --- tuberositas iliaca bo`ladi.
14
Qanotning yuqori qismida yonbosh qirrasi --- crista iliaca bo`lib, u oraliq chiziq
--- linea intermedia bo`lib davom etadi. Bu oraliq chiziq qanotni 2 ta labga
ajratadi.
1)
labium externa
2)
labium interna
Qanotning oldingi va orqa tarafi 1 juftdan o`siq bo`lib tugaydi
1)
spina iliaca anterior superior
2)
spina iliaca anterior inferior
3)
spina iliaca posterior superior
4)
spina iliaca posterior inferior
Qanotning orqa tarafida 3 ta dumba chizig`i bor
1)
linea glutea posterior
2)
linea glutea anterior
3)
linea glutea inferior --- ostida yonbosh suyagining tanasi --- corpus ilium
bo`ladi.
O`tirg`ich suyagi --- os ischii
O`tirg`ich suyagining 2 ta o`ymasi bor
1)
incisura ischiadica major
2)
incisura ischiadica minor
Ikkita o`yma orasida o`tirg`ich suyagi o`simtasi --- spina ischiadica bo`ladi.
Uning tashqi tarafida o`tirg`ich suyagi tanasi --- corpus ischii bo`ladi. Incisura
ischiadica minor ning ostida o`tirg`ich suyagi do`mbog`i --- tuberculum ischii
bo`ladi.
1 juft shoxi bor
1)
ramus superior ossis ischii
2)
ramus inferior ossis ischii
Qov suyagi --- os pubis
1 juft shoxi bor
1)
ramus superior ossis pubis
2)
ramus inferior ossis pubis
15
Yuqorigi shoxning medial tomonida qov do`mbog`i --- tuberculum pubicum
bo`ladi.
Ikkita qov suyaklari birikadigan yuzaga facies symphysialis deyiladi.
Qov suyagi va o`tirg`ich suyaklarining shoxlari o`zaro qo`shilib, yopqich teshigi
--- foramen obturatorium ni hosil qiladi. Teshik yuqorisida egat --- sulcus
obturatorius bo`lib, uni 2 ta do`mboq chegaralab turadi.
1)
tuberculum anterior
2)
tuberculum posterior
Yopqich egati to`g`risida qov suyagining tanasi --- corpus pubis bo`ladi.
Yonbosh suyagi, o`tirg`ich suyagi va qov suyagi tanalarining qo`shilishidan
sirka kosasi --- acetabulum hosil bo`ladi. Bunga son suyagining boshi kirib turadi
va son-chanoq bo`g`imini hosil qiladi. Sirka kosasining qirg`og`i --- limbus
acetabuli, yuzasi --- facies lunata, o`ymasi --- incisura acetabuli bo`ladi.
Son suyagi ---- femur
Son suyagining boshi tananing ichkari tarafida, distal qismining oldingi tomoni
bo`rtib chiqqan, orqa tomoni botgan holda bo`ladi. Shu belgilarga qarab
suyakning o`ng yoki chapligini topsa bo`ladi.
Proksimal qismi tuzilmalari:
1)
caput femoris --- boshi. Unda chuqurcha fovea capitis femoris bo`ladi.
2)
collum femoris --- bo`yni
3)
trochanter major --- katta ko`st. Unda chuqurcha fossa trochanterica bo`ladi.
4)
trochanter minor --- kichik ko`st
Ko`stlarni oldindan linea intertrochanterica, orqadan crista intertrochanterica
birlashtirib turadi.
Tanasining 3 ta yuzasi bo`ladi.
1)
facies anterior
2)
facies lateralis
3)
facies medialis
Lateral va medial yuzalar o`rtasida g`adir-budir chiziq --- linea aspera bo`ladi.
U 2 ta labni ajratib turadi.
1)
labium lateralis --- yuqoriga ko`tarilib, dumba g`adir-budiri --- tuberositas
glutea bo`lib tugaydi. Pastga tushib kengayib, linea supracondylaris lateralis
bo`lib tugaydi.
16
2)
labium medialis --- yuqoriga ko`tarilib, taroqsimon chiziq --- linea
pectinealis bo`lib tugaydi. Pastga tushib kengayib, linea supracondylaris medialis
bo`lib tugaydi.
Distal qismida 2 ta bo`rtiq bo`ladi.
1)
condylus lateralis
2)
condylus medialis
Ikkita bo`rtiq orasida bo`rtiqlararo chuqurcha --- fossa intercondylaris
bo`ladi. Uni linea intercondylaris chegaralab turadi. Yon tomonida epicondylus
lateralis et medialis bo`ladi.
Distal qismining 2 ta yuzasi bo`ladi.
1)
facies patellaris
2)
facies poplitea
Tizza qopqog`i ---- patella
2 ta qismi bor
1)
basis --- yuqori qismi ya`ni asosi
2)
apex --- pastki qismi ya`ni uchi
2 ta yuzasi bor
1)
facies anterior --- oldingi yuzasi
2)
facies articularis --- bo`g`im yuzasi ya`ni orqa yuza
Boldir suyaklari ---- cruris
2 ta suyakdan tashkil topgan
1)
tibia --- katta boldir
2)
fibula --- kichik boldir
Katta boldir ---- tibia
Katta boldir suyagi boldir suyaklarining ichki tarafida ya`ni bosh barmoq
tarafda joylashadi.
Proksimal qismida yuqori bo`g`im yuzasi --- facies articularis superior bo`lib,
uni 2 ta bo`rtiq chegaralab turadi.
17
1)
condylus lateralis
2)
condylus medialis
Ikkita bo`rtiq o`rtasida bo`rtiqlararo tepacha --- eminentia intercondylaris
bo`ladi. Uni 2 ta do`mboq chegaralab turadi.
1)
tuberculum intercondylaris lateralis
2)
tuberculum intercondylaris medialis
Proksimal qismida 2 ta maydoni bor
1)
area intercondylaris anterior
2)
area intercondylaris posterior
Proksimal qismining oldingi tomonida g`adir-budirlik --- tuberositas tibiae
bo`ladi.
Condylus lateralis ning ostida kichik boldir suyagi kirib turadigan yuza --- facies
articularis fibularis bo`ladi.
Tanasining 3 ta yuzasi bor
1)
facies lateralis
2)
facies medialis
3)
facies posterior
Tanasida 3 ta cheti bor
1)
margo anterior
2)
margo medialis
3)
margo interossea
Orqa yuzasida oziqlantiruvchi teshik --- foramen nutricium va kambalasimon
mushak chizig`i --- linea musculus solei bo`ladi.
Distal qismida 2 ta bo`g`im yuzasi bo`ladi
1)
facies articularis inferior
2)
facies articularis malleolaris
Distal qismining medial tomonida medial to`piq --- malleolus medialis va
to`piq egati --- sulcus malleolaris bo`ladi. Lateral tomonida kichik boldir suyagi
o`ymasi --- incisura fibularis bo`ladi.
Kichik boldir ---- fibula
Kichik boldir suyagi boldir suyaklarining tashqi tarafida ya`ni jimjiloq tarafda
joylashadi. Oldingi cheti tananing oldingi tomonida, tashqi to`piqning ichki
18
tomonidagi chuqurcha tananing orqasida joylashadi. Shu belgilarga asoslanib
suyakning o`ng yoki chapligini topsa bo`ladi.
Proksimal qismi tuzilmalari:
1)
caput fibulae --- boshi
2)
apex capitis fibulae --- boshining uchi
3)
facies articularis capitis fibulae --- boshning bo`g`im yuzasi
4)
collum fibulae --- bo`yni
Tanasining 3 ta yuzasi bor
1)
facies lateralis
2)
facies medialis
3)
facies posterior
Tanasida 3 ta cheti bor
1)
margo anterior
2)
margo lateralis
3)
margo interossea
Distal qismining lateral tomonida lateral to`piq --- malleolus lateralis bo`lib,
unda chuqurchasi --- fossa malleolus lateralis, bo`g`im yuzasi --- facies articularis
malleolaris, egati --- sulcus malleolaris bo`ladi.
Oyoq panja suyaklari ---- ossa pedis
3 ta qismdan tashkil topgan
1)
Kaft usti suyaklari --- ossa tarsi
2)
Kaft suyaklari --- ossa metatarsi
3)
Barmoq suyaklari --- phalangis digitorum pedis
Kaft usti suyaklari --- ossa tarsi
2 ta qismga bo`linadi
1)
Proksimal qator suyaklari
2)
Distal qator suyaklari
Proksimal qator suyaklari:
1)
Oshiq suyagi --- talus
2)
Tovon suyagi --- calcaneus
19
Distal qator suyaklari:
1)
Qayiqsimon suyak --- os naviculare
2)
Ponasimon --- os cuneiformis (media ,intermedia, lateralis) --- 3 ta bo`ladi
3)
Kubsimon suyak --- os cuboideum
Oshiq suyagi ---- talus
3 ta qismi bor
1)
caput
2)
cervix
3)
corpus
Oshiq suyagining 7 ta bo`g`im yuzasi bor
1)
facies articularis superior yoki trochlea
2)
facies articularis navicularis
3)
facies malleolaris lateralis
4)
facies malleolaris medialis
5)
facies articularis calcaneus anterior
6)
facies articularis calcaneus media
7)
facies articularis calcaneus posterior
Tovon suyagi --- calcaneus
Tovon suyagining 4 ta bo`g`im yuzasi bo`ladi
1)
facies articularis cuboidea
2)
facies articularis talaris anterior
3)
facies articularis talaris media
4)
facies articularis talaris posterior
Suyakning medial tomonida oshiq suyagini ko`tarib turuvchi o`simta ---
sustentaculum tali bo`lib, uning yemirilishi natijasida yassi oyoqlik kelib chiqadi.
Kaft suyaklari ---- ossa metatarsi
Kalta naysimon suyaklar turkumiga kirib, 3 ta qismi bo`ladi:
1)
basis
2)
corpus
3)
caput
20
Suyaklar orasiga suyaklararo bo`shliq --- spatium interossea metatarsi deyiladi.
Barmoq suyaklari --- phalangis digitorum pedis
Proksimal va medial falangalarning qismlari:
1)
basis
2)
corpus
3)
caput
Distal falangalarning qismlari:
1)
basis
2)
corpus
Uchi g`adir-budur tuberositas phalangis distalis bo`ladi.
Kalla suyagi ---- cranium
2 ta qismdan iborat
1)
Qopqoq --- calvaria
2)
Asos --- basis
Kalla suyaklari joylashishiga ko`ra 2 guruhga bo`linadi:
1)
Miya qismi suyaklari
2)
Yuz qismi suyaklari
Tepa suyagi ---- os parietale
Juft suyak bo`lib, kalla qutisining yuqorigi ikki yon tomonida joylashgan. Yassi
suyaklar turkumiga mansub. Uning asosini palla --- squama hosil qiladi.
2 ta yuzasi bor
1)
facies externa
2)
facies interna yoki cerebralis
Ichki yuzasida arteriya egatlari --- sulci arteriosi bo`lib, ular oldindan orqaga
qarab shoxlanadi. Bu belgiga qarab suyakning o`ng yoki chapligini topsa bo`ladi.
21
4 ta burchagi bor
1)
angulus frontalis
2)
angulus occipitalis
3)
angulus sphenoidalis
4)
angulus mastoideus
4 ta cheti bor
1)
margo frontalis
2)
margo occipitalis
3)
margo sagittalis
4)
margo squamosa
Saggital chetining ichki tomonida granulyatsion chuqurchalar --- foveolae
granulares lar va yuqorigi saggital venaning egati --- sulcus sinus sagittalis
superior bo`ladi. Hamda tepa suyagi teshigi --- foramen pareitalis bo`ladi.
Angulus mastoideus ning ichki tarafida sigmasimon vena egati --- sulcus sinus
sigmoideus bo`ladi.
Pallasining tashqi tomonida tepa do`mbogi --- tuber pareitalis va 2 ta chiziq
bo`ladi.
1)
linea temporalis superior
2)
linea temporalis inferior
Bu chiziqlarga chakka mushaklari birlashadi.
Peshona suyagi ---- os frontale
2 ta qismi bo`ladi
1)
pars verticalis ---- pars squamosa kiradi
2)
pars horizontalis ---- pars nasalis bilan pars orbitalis kiradi.
Pallasini ko`z kosa qismidan qosh usti ravog`i --- arcus superciliaris bilan yonoq
o`simtasi --- processus zygomaticus ajratib turadi.
Palla qismi --- pars squamosa
2 ta yuzasi bor
1)
facies externa
2)
facies interna
Pallasida 1 juft chet --- margo pareitalis bo`ladi.
Pallasi tashqi yuzasining o`rtasida 1 juft peshona do`mbog`i --- tuber frontalis
bo`ladi. Do`mboqlarning o`rtasida botiqlik --- glabella bo`lib, uning oldida
peshona choki --- sutura frontalis bo`ladi.
22
Yon tomonida processus zygomaticus bo`lib, uning orqasida linea temporalis
bilan facies temporalis bo`ladi.
Ichki tarafida sulcus sinus sagittalis superior bo`lib, u pastga qirra --- crista
frontalis bo`lib davom etadi.
Ichki tarafida ko`r teshik --- foramen caecum ko`rinadi. Bu teshik g`alvirsimon
suyakdagi ala crista galli ga peshona suyagining qirrasi kirishidan hosil bo`ladi.
Unga bosh miya qattiq pardasi birikadi.
Burun qismi --- pars nasalis
Burun o`sig`i --- spina nasalis, 1 juft burun cheti --- margo nasalis va 1 juft
bo`shliq --- apertura sinus frontalis bo`lib, u o`rta burun yo`liga ochiladi.
Burun qismining o`rtasida o`yma --- incisura ethmoidalis bo`ladi.
Ko`z kosa qismi --- pars orbitalis
Ko`z kosasi qismida facies orbitalis bo`lib, u ko`z kosasining yuqorigi devorini
hosil qilishda qatnashadi.
Oldingi tomonida 4 ta tuzilma bo`ladi:
1)
arcus superciliaris --- qosh usti ravog`i
2)
margo supraorbitalis
3)
foramen supraorbitalis
4)
incisura frontalis
Ko`z qismining lateral tarafida ko`z yosh bezi chuqurchasi --- fossa glandula
lacrimalis bo`lib, unda ko`z yosh bezi joylashadi. Medial tarafida spina
trochlearis bilan fovea trochlearis bo`lib, ularga ko`z olmasining muskullari
birikadi.
Orqa tomonida barmoq izlari --- impressio digitalis barmoq izlari bo`ladi.
Ensa suyagi ---- os occipitale
4 ta qismi bor
1)
pars squamosa
2)
pars basillaris
3)
pars lateralis --- 1 juft
Bu 4 ta qismning o`zaro qo`shilishidan katta ensa teshigi --- foramen magnum
hosil bo`ladi.
23
Palla qismi --- pars squamosa
2 ta yuzasi bor
1)
facies externa
2)
facies interna
Tashqi yuzasining o`rtasida tashqi ensa do`mbog`i --- protuberantia occipitalis
externa bo`lib, u pastga qirra --- crista occipitalis externa bo`lib davom etadi.
3 ta g`adir-budir chiziq joylashgan
1)
linea nuchae suprema
2)
linea nuchae superior
3)
linea nuchae inferior
Pallasida 2 juft cheti bo`ladi
1)
margo lamboideus
2)
margo mastoideus
Pallasining ichki yuzasida ichki ensa do`mbog`i --- protuberantia occipitalis
interna (xochsimon tepacha --- eminentia cruciformis) bo`ladi. Uni yuqoridan ---
sulcus sinus sagittalis superior, ikki yondan --- sulcus sinus transversus, pastdan -
-- crista occipitalis interna chegaralaydi.
2 juft chuqurchasi bo`ladi
1)
fovea cerebralis --- bosh miya joylashadi
2)
fovea cerebellaris --- miyacha joylashadi
Lateral qismi --- pars lateralis
Tashqi tarafida ensa bo`rtig`i --- condylus occipitalis, (1-bo`yin umurtqasining
yuqori bo`g`im yuzasi bilan bo`g`im hosil qiladi) bo`rtiq chuqurchasi --- fossa
condylaris bo`ladi. Chuqurcha ichida kanal --- canalis condylaris bo`ladi.
Yon tarafida bo`yinturuq o`simtasi --- processus jugularis bo`lib, uning ostida
incisura jugularis bo`ladi. Bu o`yma chakka suyagidagi xuddi shunaqa o`yma
bilan qo`shilib, foramen jugularis ni hosil qiladi.
Ichki tarafida sulcus sinus sigmoidea va sulcus nervus petrosis minor egatlari
bo`ladi.
Foramen magnum ning ikki yonida kanal --- canalis hypoglossus bo`lib, ichidan
12-juft bosh miya nervi --- nervus hypoglossus o`tadi. Kanalning yuqori qismida
bo`yinturuq do`mbog`i --- tuberculum jugularis bo`ladi.
24
Asos qismi --- pars basillaris
Tashqi tarafida halqum do`mbog`i --- tuberculum pharyngeum bo`ladi.
Ichki tarafida nishab --- clivus bo`lib, unda ko`prik bilan uzunchoq miya
joylashadi.
Ponasimon suyak --- os sphenoidale
4 ta qismi bor
1)
ala major --- katta qanot
2)
ala minor --- kichik qanot
3)
corpus --- tana
4)
processus pterygoideus --- qanotsimon o`simta
Kichik qanotni katta qanotdan yuqorigi ko`z kosasi yorig`i --- fissura orbitalis
superior ajratib turadi. Uning ichidan 3-juft, 4-juft, 6-juft bosh miya nervlari
hamda 5-juft bosh miya nervining 1-shoxi o`tadi.
Kichik qanotni bir-biridan ko`z kanali --- canalis opticus ajratib turadi. Ichidan
2-juft bosh miya nervi o`tadi. Ikkita ko`ruv kanalini ko`ruv nervining kesishmasi
joylashadigan egat --- sulcus prechiasmaticus birlashtiradi.
Katta qanotning 5 ta yuzasi bo`ladi
1)
facies cerebralis
2)
facies orbitalis
3)
facies temporalis
4)
facies infratemporalis
5)
facies maxillaris
Katta qanotda 3 juft teshik jotlashadi
1)
foramen rotundum --- 5-juft bosh miya nervini 2-shoxi o`tadi
2)
foramen ovarium --- 5-juft bosh miya nervini 3-shoxi o`tadi
3)
foramen spinosum --- o`rta miya pardasiga boruvchi arteriya va nerv ---
arteria et nervus meningea media o`tadi.
Tanasining 6 ta yuzasi bor
1)
Yuqori yuza
2)
Pastki yuza
3)
Oldingi yuza
4)
Orqa yuza
5)
Yon yuzalar --- 2 ta
Tanasining orqa yuzasining umumiy nomi turk egarchasi --- sella turcica
deyiladi. Uning o`rtasida fossa hypophysialis bo`lib, unda gipofiz bezi joylashadi.
25
Fossa hypophysialis ning oldida egar do`mbog`i --- tuberculum sellae, orqasida
egar suyanchig`i --- dorsum sellae, ikki yonida uyqu egati --- sulcus caroticus
bo`lib, unda ichki uyqu arteriyasi joylashadi.
3 ta o`simtasi bor
1)
processus clenoidalis anterior
2)
processus clenoidalis media
3)
processus clenoidalis posterior
Tanasining oldingi yuzasida qirra --- crista sphenoidalis bo`ladi. Qirraning ikki
yon tomonida chig`anoq --- conchae sphenoidalis bor. Uning ikki yon tomonida
2 juft bo`shliq --- apertura sinus sphenoidalis bo`lib, u yuqori burun yo`liga
ochiladi.
Ponasimon suyak qirrasi tumshuq --- rostrum sphenoidalis bo`lib, u dimog`
suyagi bilan birlashib, burun to`sig`ining devorini hosil qilishda qatnashadi.
Tumshuqning ikki yonida 2 juft egat bo`ladi.
1)
Ichki tarafdagi egat --- sulcus vomerovaginalis --- dimog`-qin egati
2)
Tashqi tarafdagi egat --- sulcus palatovaginalis --- tanglay-qin egati
Qanotsimon o`simtasi 2 ta plastinkadan tashkil topgan
1)
lamina lateralis
2)
lamina medialis
Lamina lateralis ning tashqi tarafida chuqurcha --- fovea pterygoideus bo`ladi.
Plastinkalar orasida o`yma --- incisura pterygoideus bo`ladi.
Normada ikkita plastinka bir-biri bilan birlashib, ponasimon suyak tanasiga
birikishidan kanal --- canalis pterygoideus hosil bo`ladi. Uning ichidan shu nomli
qon-tomirlar o`tadi.
G`alvirsimon suyak ---- os ethmoidale
Peshona suyagi burun qismining orqa tomonida joylashadi.
Bu suyak 2 ta plastinkadan tashkil topgan
1)
lamina perpindicularis
2)
lamina horizontalis
Shakli kiril alifbosidagi “T” harfiga o`xshaydi.
Lamina horizontalis 3 ta qismdan tashkil topgan
1)
lamina cribrosa --- nozik plastinka, toq bo`ladi.
26
2)
cellulae ethmoidalis yoki labyrinthus ethmoidalis --- 1 juft bo`ladi.
Lamina perpindicularis dimog` suyagi plastinkasi bilan birikib, burun to`sig`ini
hosil qilishda qatnashadi.
Lamina cribrosa da 16-20 ta teshikchalar bo`lib, bunga hid bilish teshikchalari
--- fella olfactorius deyiladi. Ichidan 1-juft bosh miya nervi o`tadi. Lamina
cribrosa ning ustida xo`roz tojiga o`xshash o`simta --- crista galli joylashgan
bo`lib, unga bosh miya qattiq pardasi birikadi. Uning yonida qanot --- ala crista
galli bo`lib, unga peshona suyagining cirsta frontalis i kirishidan ko`r teshik ---
foramen caecum hosil bo`ladi.
Cellulae ethmoidalis da 3 juft katakcha bo`ladi
1)
cellulae ethmoidalis anterior
o`rta burun yo`liga ochiladi
2)
cellulae ethmoidalis media
3)
cellulae ethmoidalis posterior --- yuqori burun yo`liga ochiladi
Suyakning yon tomonida ko`z kosasi plastinkasi --- lamina orbitalis bo`lib, u
ko`z kosasining medial devorini hosil qilishda qatnashadi.
Suyakning ostida 3 juft chig`anoq bor
1)
concha nasalis suprema
2)
concha nasalis superior
3)
concha nasalis media
Bu chig`anoqlar burun bo`shlig`ining ichida joylashib, burun yo`llarining
devorini hosil qilishda qatnashadi.
Chakka suyagi ---- os temporale
Kalla qutisining ikki yon tomonida joylashgan. Ichida eshitish hamda
muvozanat a`zolari joylashadi.
3 ta qismdan iborat
1)
pars squamosa --- palla qismi
2)
pars tympanica --- nog`ora qismi
3)
pars petrosa --- toshsimon yoki piramidasimon qismi
Pallasining 2 ta yuzasi bor
1)
facies temoralis
2)
facies cerebralis
27
Pallasining 2 ta cheti bor
1)
margo parietalis
2)
margo sphenoidalis
Chakka yuzasida yonoq o`simtasi --- processus zygomaticus bo`ladi. Yuzaning
o`rtasida egat --- sulcus arteriae temporalis media bo`ladi.
Palla qismida chuqurcha --- fossa mandibularis bo`lib, bunga pastki jag`
suyagining boshi kirishidan, chakka-pastki jag` bo`g`imi hosil bo`ladi. Bo`g`im
do`mbog`i --- tuberculum articularis pastki jag`ni chuqurchadan chiqib
ketishidan saqlaydi.
Pallasida 2 ta yoriq tafovut qilinadi
1)
fissura petrosquamosa --- toshsimon qismdan palla qismini ajratadi. Bu
pallaning ichki tarafigacha davom etadi.
2)
fissura petrotympanica --- toshsimon qismdan nog`ora qismini ajratadi
Pallaning ichki tarafida miya bo`rtiqlari --- juga cerebralis lar va arteriya
egatlari --- sulci arteriosi bo`ladi.
Nog`ora qismida tashqi eshituv teshigi --- porus acusticus externus bo`lib, u
tashqi eshituv yo`li --- meatus acusticus externus bo`lib davom etadi.
Nog`ora qismini so`rg`ichsimon o`simtadan fissura tympanomastoidea ajratib
turadi.
Toshsimon qismining 3 ta yuzasi bor
1)
Oldingi yuzasi
2)
Orqa yuzasi
3)
Pastki yuzasi
Toshsimon qismini 3 ta cheti bor
1)
margo superior
2)
margo anterior
3)
margo inferior
Oldingi yuzani orqa yuzadan sulcus sinus petrosis superior, orqa yuzani pastki
yuzadan sulcus sinus petrosis inferior egatlari ajratib turadi.
Oldingi yuzasida piramidaning uchi --- apex petrosa da 3 shoxli nervning izi ---
impressio nervus trigeminus bo`ladi.
28
Oldingi yuzasida 2 ta egat bo`ladi.
1)
sulcus nervus petrosis major --- bu egat hiatus canalis nervus petrosis major
bo`lib davom etadi.
2)
sulcus nervus petrosis minor --- bu egat hiatus canalis nervus petrosis minor
bo`lib davom etadi.
Oldingi yuzasida yana yoysimon tepacha --- eminentia arcuata va nog`ora
tomi --- tegmen tympani bo`ladi.
Orqa yuzasida ichki eshituv teshigi --- porus acusticus internus bo`lib, u ichki
eshituv yo`li --- meatus acusticus internus bo`lib davom etadi.
Yoysimon tepachani ostida tepacha osti chuqurchasi --- fossa subarcuata
bo`ladi.
Orqa yuzasida 2 ta bo`shliq bo`ladi
1)
apertura externa aqueductus vestibuli
2)
apertura externa canalis cochlearis
Pastki yuzasida bigizsimon o`simtasi --- processus styloideus bo`ladi. Processus
styloideus bilan processus mastoideus o`rtasida teshik --- foramen
stylomastoideus bo`lib, undan 7-juft bosh miya nervi chiqadi.
Pastki yuzasida bo`yinturuq chuqurchasi --- fossa jugularis bo`lib, uning orqa
tomonida incisura jugularis bo`ladi. U ensa suyagidagi shu nomli o`yma bilan
qo`shilib, foramen jugularis ni hosil qiladi. Ichidan 9-juft, 10-juft, 11-juft bosh
miya nervlari o`tadi.
Pastki yuzasida canalis caroticus externus, piramidaning uchida canalis
caroticus internus, uning yonida canalis musculotubarius bo`ladi.
Chakka suyagida so`rg`ichsimon o`simta --- processus mastoideus bo`ladi.
Uning chetiga margo occipitalis deyiladi. Processus mastoideus ga bo`yin
mushaklaridan musculus sternocleidomastoideus birikadi. O`simta ostida o`yma
--- incisura mastoideus bo`lib, undan ikki qorinchali mushakning orqa qorinchasi
boshlanadi. O`yma ostida egat --- sulcus arteria occipitalis bo`lib, unda shu
nomli arteriya joylashadi. O`simtaning tashqi yuzasida foramen mastoideus,
ichki yuzasida esa sulcus sinus sigmoidea bo`ladi.
29
Chakka suyagida 8 kanal bo`ladi. Asosiylari 3 ta hisoblanadi.
1)
Uyqu kanali --- canalis caroticus. Bu kanal chakka suyagi toshsimon
qismining pastki yuzasidagi canalis caroticus externus dan boshlanib, oldinga
to`g`ri yo`nalib, yuqoriga ko`tarilib, 90 gradus burchak ostida burilib,
piramidaning uchida joylashgan canalis caroticus internus dan chiqib ketadi.
Ichidan ichki uyqu arteriyasi o`tadi.
2)
Mushak-nay kanali --- canalis musculotubarius. Bu kanal chakka suyagining
toshsimon qismi bilan palla qismi o`rtasida joylashgan. U o`rta quloqqa 2 ta
yarim kanal bo`lib yo`naladi.
a)
semicanalis musculi tensoris tympani --- nog`ora pardani taranglovchi
mushak yarim kanali. Bu kanalni shu nomli mushak to`ldirib turadi.
b)
semicanalis tubae auditivae --- eshituv nayining yarim kanali (Yevstaxiy
nayi). Bu o`rta quloq bo`shlig`ini halqumning burun qismi bilan bog`lab turadi.
Bu ikkita yarim kanalni septum canalis musculotubarii ajratib turadi
3)
Yuz kanali --- canalis facialis. Bu kanal chakka suyagi toshsimon qismining
orqa yuzasida joylashgan porus acusticus internus ning tubidan meatus
acusticus internus bo`lib boshlanib, oldinga lateral-gorizontal yo`nalib, hiatus
canalis nervus petrosis major ning ro`parasida burilib, tizza --- geniculus canalis
facialis ni hosil qilib, orqaga lateral gorizontal yo`nalib, pastga perpindikulyar
tushib, foramen stylomastoideus dan chiqib ketadi. Bu kanalga yuz nervi,
eshituv-chig`anoq nervi va oraliq nerv kiradi lekin faqat yuz nervi chiqib ketadi.
Burun suyagi ---- os nasale
Juft suyak bo`lib, burun bo`shlig`ining yuqorigi devorini hosil qilishda
qatnashadi.
4 ta cheti bor
1)
margo superior --- peshona suyagi bilan birlashadi
2)
margo inferior --- erkin bo`ladi (hech qaysi suyak bilan birlashmaydi)
3)
margo lateralis --- yuqori jag` suyagining peshona o`simtasi bilan birlashadi
4)
margo medialis --- o`zaro birlashadi
2 ta yuzasi bor
1)
facies anterior
2)
facies posterior
Facies posterior da sulcus ethmoidalis bo`lib, unga g`alvirsimon suyakning
perpindikulyar plastinkasi kirib, burun to`sig`ining yuqori devorini hosil qiladi.
30
Ko`z yosh suyagi ----os lacrimale
Ko`z kosasining medial devorini hosil qilishda qatnashadi.
4 ta cheti bor
1)
margo superior --- peshona suyagini ko`z kosasiga qaragan yuzasi bilan
birlashadi
2)
margo inferior --- yuqori jag` suyagini ko`z kosasiga qaragan yuzasi bilan
birlashadi.
3)
margo lateralis yoki anterior --- yuqori jag` suyagini peshona o`simtasi bilan
birlashadi
4)
margo medialis yoki posterior --- g`alvirsimon suyakdagi lamina orbitalis bilan
birlashadi.
2 ta yuzasi bo`ladi
1)
facies lateralis
2)
facies medialis
Margo lateralis da egat --- sulcus lacrimalis bo`lib, bu yuqori jag` suyagidagi
sulcus lacrimalis bilan birlashib, fossa sacci lacrimalis ni hosil qiladi. Bu
chuqurcha kanal --- canalis nasolacrimalis bo`lib davom etadi va pastki burun
yo`liga ochiladi.
Ko`z yosh suyagining lateral yuzasida ilmoq --- hamulus lacrimalis bo`ladi.
Yonoq suyagi ---- os zygomaticum
Ko`z kosasining lateral devorini hosil qilishda qatnashadi.
3 ta suyak bilan birlashgani uchun 3 ta o`simtasi bo`ladi.
1)
processus frontalis
2)
processus maxillaris
3)
processus temporalis
Processus temporalis chakka suyagidagi processus zygomaticus bilan qo`shilib,
arcus zygomaticus ni hosil qiladi.
3 ta yuzasi bor
1)
facies lateralis
2)
facies orbitalis
3)
facies temporalis
3 ta teshigi bor
1)
foramen zygomaticofacialis
31
2)
foramen zygomaticoorbitalis
3)
foramen zygomaticotemporalis
Pastki burun chig`anog`i ---- concha nasalis inferior
Burun bo`shlig`ining ichida joylashadi. Alohida suyak hisoblanadi. U o`rta
burun yo`lining pastki devorini, pastki burun yo`lining yuqorigi devorini hosil
qilishda qatnashadi.
3 ta o`simtasi bo`ladi
1)
processus lacrimalis
2)
processus ethmoidalis
3)
processus maxillaris
Tanglay suyagi ---- os palatinum
Og`iz boshlig`i, burun bo`shlig`i, ko`z kosasi hamda qanot-tanglay
chuqurchasining devorini hosil qilishda qatnashadi.
2 ta plastinkasi bor
1)
lamina horizontalis
2)
lamina perpindicularis
Lamina horizontalis yuqori jag` suyagidagi processus palatinus bilan birlashib,
qattiq tanglay --- palatinum durum ni hosil qiladi.
2 ta yuzasi bor
1)
facies palatina --- g`adir-budir bo`ladi
2)
facies nasalis --- silliq bo`ladi
Lamina perpindicularis ning ham 2 ta yuzasi bor
1)
facies nasalis
2)
facies maxillaris
Burun yuzasida 2 ta qirrasi bor
1)
crista ethmoidalis --- concha nasalis media bilan birlashadi
2)
crista conchalis --- concha nasalis inferior bilan birlashadi
Burun yuzasining yuqori qismida 2 ta o`simtasi bo`ladi
1)
processus sphenoidalis
2)
processus orbitalis
Bu o`sumtalar orasida o`yma --- incisura sphenopalatina bo`ladi.
32
Bu o`simtalarga ponasimon suyakning tanasi birikishidan o`yma teshikka
aylanib qoladi ya`ni foramen sphenopalatinum hosil bo`ladi va yuqori burun
yo`liga ochiladi.
Yuqori jag` yuzasida sulcus palatinus major bo`lib, u yuqori jag` suyagidagi
sulcus palatinus major bilan qo`shilib, canalis palatinus major ni hosil qiladi. Bu
kanal og`iz bo`shlig`iga ochiladi.
Yuqori jag` suyagi ---- maxilla
Burun bo`shlig`i, og`iz bo`shlig`i, ko`z kosasi, qanot-tanglay chuqurchasi va
chakka osti chuqurchasining devorini hosil qilishda qatnashadi.
Yuqori jag` suyagining tanasi va 4 ta o`simtasi bo`ladi.
1)
processus frontalis
2)
processus zygomaticus
3)
processus alveolaris
4)
processus palatinus
4 ta yuzasi bor
1)
facies anterior
2)
facies orbitalis
3)
facies infratemporalis
4)
facies nasalis
Oldingi yuzasida alveola bo`rtiqlari --- juga alveolaris, alveola ravoqlari ---
arcus alveolaris, spina nasalis anterior, incisura nasalis, it chuqurchasi --- fossa
canina hamda foramen infraorbitalis bo`ladi.
Infratemporal yuzasida yuqori jag` do`mbog`i --- tuber maxillae va alveolar
teshiklar --- foramen alveolaris bo`ladi.
Ko`z kosa yuzasida sulcus infraorbitalis bo`lib, u canalis infraorbitalis bo`lib
davom etib, foramen infraorbitalis bo`lib chiqadi.
Burun yuzasida kurak tishlar tomonida sulcus incisivus bo`ladi. Ikki xuddi
shunday egatlar qo`shilishidan canalis incisivus hosil bo`ladi va pastki burun
yo`liga ochiladi.
Tanasining orqa tomonida hiatus maxillaris (Gaymor bo`shlig`i) bo`lib, u o`rta
burun yo`liga ochiladi.
33
Dimog` suyagi ---- vomer
Plastinkasimon tuzilishga ega bo`ladi.
2 ta cheti bor
1)
margo superior
2)
margo posterior
Yuqorigi cheti g`alvirsimon suyakning perpindikulyar plastinkasi bilan birlashib,
burun to`sig`i --- septum nasi ni hosil qiladi.
Dimog` suyagida 1 juft qanot --- ala vomer bo`lib, ular orasida esa egat ---
sulcus vomer bo`ladi.
Til osti suyagi ---- os hyoideum
3 ta qismi bor
1)
corpus
2)
cornu major
3)
cornu minor
Til osti suyagiga 5 guruh mushaklar birikadi
1)
Til osti suyagining ustki guruh mushaklari
2)
Til osti suyagining ostki guruh mushaklari
3)
Til mushaklari
4)
Halqum mushaklari
5)
Hiqildoq mushaklari
Pastki jag` suyagi ---- mandibula
4 ta qismi bor
1)
ramus mandibulae
2)
angulus mandibulae
3)
basis mandibulae
4)
corpus mandibulae
Ramus mandibulae da 2 ta o`simtasi bor
1)
processus coronoideus
2)
processus condylaris --- bunda caput mandibulae, collum mandibulae va
fovea pterygoideus bo`ladi.
34
Ikkita o`simta orasida incisura mandibulae bo`ladi.
Ramus mandibulae ning ichki tarafida foramen mandibulae bo`lib, uni lingula
mandibulae chegaralab turadi
Angulus mandibulae ning tashqi tarafida chaynov g`adir-budiri --- tuberositas
masseterica, ichki tarafida qanotsimon g`adir-budir --- tuberositas pterygoideus
bo`ladi. Bularga shu nomli mushaklar birikadi. Qanotsimon g`adir-budir ustida
jag`-til osti egati --- sulcus mylohyoideus bo`ladi.
Basis mandibulae ning tashqi tarafida qiyshiq chiziq --- linea obliquus, ichki
tarafida jag`-til osti chizig`i --- linea mylohyoideus bo`ladi. U ikkita chuqurchani
bir-biridan ajratib turadi. Yuqoridagi chuqurcha fovea sublingualis, bunda til osti
bezi joylashadi. Pastki chuqurcha fovea submandibularis, bunda jag` osti bezi
joylashadi.
Corpus mandibulae ning tashqi tarafida 1 juft engak teshigi --- foramen
mentalis, engak do`mbog`i --- tuber mentalis, engak tepachasi --- protuberantia
mentalis bo`ladi. O`rtasida fossa digastrica, ichki tomonida engak o`sig`i --- spina
mentalis bo`ladi.
Kalla topografiyasi
Kalla suyagi ---- os cranium
2 ta qismdan tashkil topgan
1)
basis --- asos
2)
calvaria ---- qopqoq
Asosi ham 2 qismdan iborat
1)
basis cranii externa
2)
basis cranii interna
Basis cranii interna da 3 ta kalla chuqurchasi bo`ladi.
1)
fossa cranii anterior --- peshona suyagi bilan ponasimon suyakning kichik
qanoti orasida joylashgan
2)
foss cranii media --- ponasimon suyakning kichik qanoti bilan chakka suyagi
toshsimon qismining oldingi yuzasi orasida joylashgan
3)
fossa cranii posterior --- chakka suyagi toshsimon qismining orqa yuzasi bilan
ensa suyagi orasida joylashgan
35
O`rta kalla chuqurchasida yirtiq teshik --- foramen lacerum bo`ladi. U chakka
suyagi toshsimon qismining uchi, ensa suyagining tanasi va ponasimon suyak
katta qanotining o`zaro birikishidan hosil bo`ladi. Ichidan ichki uyqu arteriyasi
bilan kichik toshsimon nerv --- nervus petrosis minor o`tadi.
Basis cranii externa da ham 3 ta kalla chuqurchasi bo`ladi
1)
fossa cranii anterior --- yuqori jag` suyagidagi processus alveolaris bilan
ponasimon suyakning qanotsimon o`simtalari orasida joylashgan
2)
fossa cranii media --- ponasimon suyakning qanotsimon o`simtalari bilan
condylus occipitalis orasida joylashgan
3)
fossa cranii posterior --- condylus occipitalis ning orqa tomoni hisoblanadi.
Ko`z kosasi ---- orbita
4 ta cheti bor
1)
margo supraorbitalis
2)
margo infraorbitalis
3)
margo lateralis
4)
margo medialis
4 ta devori bor
1)
paries superior --- peshona suyagining facies orbitalis i bilan ponasimon
suyakning kichik qanoti hosil qiladi.
2)
paries inferior --- yuqori jag` suyagining facies orbitalis i, qisman yonoq
suyagining facies orbitalis i va tanglay suyagining processus orbitalis i hosil qiladi.
3)
paries lateralis --- yonoq suyagining facies orbitalis i, ponasimon suyakning
facies orbitalis i va peshona suyagining yonoq o`simtasi hosil qiladi.
4)
paries medialis --- yuqori jag`ning peshona o`simtasi, ko`z yosh suyagi,
g`alvirsimon suyak lamina orbitalis i va ponasimon suyakning tanasi hosil qiladi.
Ko`z kosasining 9 ta aloqasi bo`ladi
1)
fissura orbitalis superior orqali o`rta kalla chuqurchasi bilan
2)
canalis opticus orqali o`rta kalla chuqurchasi bilan
3)
canalis nasolacrimalis orqali pastki burun yo`li bilan
4)
foramen supraorbitalis orqali peshona suyagi bilan
5)
canalis infraorbitalis orqali yuzning oldingi yuzasi bilan
6)
foramen zygomaticoorbitalis orqali yonoq suyagi bilan
7)
fissura orbitalis inferior (yuqori jag` suyagining tanasi bilan ponasimon suyak
katta qanotining o`zaro birikishidan hosil bo`ladi) orqali qanot-tanglay
chuqurchasi va chakka osti chuqurchasi bilan
8)
foramen ethmoidalis anterior orqali oldingi kalla chuqurchasi bilan
9)
foramen ethmoidalis posterior orqali burun bo`shlig`i bilan
36
Chakka chuqurchasi ---- fossa temporalis
Devorlari:
Yuqoridan --- peshona, tepa, chakka suyaklarining pallalari va ponasimon
suyakning chakka yuzasi
Oldindan --- yonoq suyagi
Orqadan --- arcus zygomaticus
Aloqasi bo`lmaydi.
Chakka osti chuqurchasi ---- fossa infratemporalis
Devorlari:
Yuqoridan --- facies infratemporalis
Oldindan --- yuqori jag` suyagi do`mbog`i
Orqadan --- ponasimon suyak qanotsimon o`simtasining lateral plastinkasi
4 ta aloqasi bo`ladi
1)
fissura orbitalis inferior orqali ko`z kosasi bilan
2)
fissura pterygomaxillaris orqali qanot-tanglay chuqurchasi bilan
3)
foramen ovarium orqali o`rta kalla chuqurchasi bilan
4)
foramen spinosus orqali o`rta kalla chuqurchasi bilan
Qanot-tanglay chuqurchasi ---- fossa pterygopalatina
Devorlari:
Oldindan --- yuqori jag` suyagi do`mbog`i
Orqadan --- ponasimon suyak qanotsimon o`simtasining lateral plastinkasi
Medialdan --- tanglay suyagining perpindikulyar plastinkasi
7 ta aloqasi bo`ladi
1)
canalis pterygoideus orqali kallaning tashqi asosi bilan
2)
canalis palatinus minor orqali og`iz bo`shlig`i bilan
3)
canalis palatinus major orqali og`iz bo`shlig`i bilan
4)
fissura orbitalis inferior orqali ko`z kosasi bilan
5)
fissura pterygomaxillaris orqali chakka osti chuqurchasi bilan
6)
foramen rotundum orqali o`rta kalla chuqurchasi bilan
7)
foramen sphenopalatinum orqali yuqori burun yo`li bilan
Burun bo`shlig`i ---- cavitas nasi
37
Yuz qismining oldingi sohasida joylashgan. Noksimon shaklga ega bo`lib,
noksimon teshik --- apertura periformis deb ataladi.
Noksimon teshik devorlari:
Yuqoridan --- burun suyagining pastki cheti
Pastdan --- spina nasalis anterior
Lateraldan --- yuqori jag` suyagining burun o`ymasi
Orqadan --- xoanalar
Xoanalarning devorlari:
Yuqoridan --- ponasimon suyak tanasining pastki yuzasi
Pastdan --- tanglay suyagining gorizontal plastinkasi
Lateraldan --- ponasimon suyak qanotsimon o`simtasining medial plastinkasi
Medialdan --- dimog` suyagining plastinkasi
Burun bo`shlig`ining 3 ta devori bor
1)
paries superior --- peshona suyagining burun o`sig`i, burun suyagi,
g`alvirsimon suyakning perpindikulyar plastinkasi va ponasimon suyak tanasi
hosil qiladi.
2)
paries inferior --- qattiq tanglay hosil qiladi
3)
paries lateralis --- yuqori jag` suyagining tanasi, burun yuzasi, peshona
o`simtasi; pastki burun chig`anog`i; g`alvirsimon suyak labirintlari; ko`z yosh
suyagi; tanglay suyagining perpindikulyar plastinkasi hosil qiladi
Burun bo`shlig`ining ichida 3 juft burun chig`anog`i bor
1)
concha nasalis superior
2)
concha nasalis media
3)
concha nasalis inferior
Concha nasalis superior bilan concha nasalis media o`rtasida yuqori burun yo`li
--- meatus nasi superior joylashgan. Unga apertura sinus sphenoidalis, foramen
sphenopalatinum, cellulae ethmoidalis posterior ochiladi.
Concha nasalis media bilan concha nasalis inferior o`rtasida o`rta burun yo`li --
- meatus nasi media joylashgan. Unga sinus frontalis, sinus maxillaris, cellulae
ethmoidalis anterior et media ochiladi.
Concha nasalis inferior bilan burun bo`shlig`ining pastki devori o`rtasida
pastki burun yo`li --- meatus nasi inferior joylashgan. Unga canalis incisivus bilan
canalis nasolacrimalis ochiladi.
Chaqaloq kallasi
38
Chaqaloqlarda 6 ta liqildoq bo`ladi:
Toqlari:
1)
fonticulus anterior yoki major --- tepa va peshona suyaklari pallasining
orasida joylashgan. Shakli robmsimon bo`ladi. Normada bola hayotining 2
yoshigacha bitadi.
2)
fonticulus posterior yoki minor --- tepa va ensa suyaklari pallasining orasida
joylashgan. Shakli uchburchaksimon bo`ladi. Normada bola hayotining 1-2
oyligida bitadi.
Juftlari:
1)
fonticulus sphenoidalis yoki anterior --- peshona, tepa, chakka suyaklari
pallasi va ponasimon suyak chakka yuzalari orasida joylashgan. Normada bola
hayotining 2-3 oyligida bitadi.
2)
fonticulus mastoideus yoki posterior --- tepa va ensa suyagi pallasi bilan
chakka suyagining so`rg`ichsimon o`simtasi orasida joylashgan. Normada bola
hayotining 2-3 oyligida bitadi.
Dostları ilə paylaş: |