358
operatorning ustav kapitalidagi topshirilayotgan davlat
ulushini boshqarish Jamg‘arma tomonidan faqatgina Jamg‘arma
Kengashi bilan kelishilgan
holda amalga oshiriladi;
operatorning ustav kapitalidagi davlat ulushidan olinadigan
daromadlar, shuningdek, maqsadli imtiyozlar berishdan bo‘shay-
digan moliyaviy mablag‘lar Konsepsiyani amalga oshirish davrida
texnologik uskunalarni modernizatsiya qilish va mamlakatda
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida Jamg‘arma hisobiga
yo‘naltiriladi;
Konsepsiyada nazarda tutiladigan tadbirlar operatorning o‘z
mablag‘lari va Jamg‘arma mablag‘lari, jalb etiladigan qarz
mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan
boshqa mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.
6.
Operator
2021-yil
1-dekabrga
qadar
muddatga
telekommunikatsiya sohasida faoliyatni amalga oshirishga
litsenziya berish uchun davlat boji, radiochastotalar spektridan
foydalanish uchun to‘lov, shuningdek, radioelektron vositalardan
foydalanish uchun ekspluatatsiya yig‘imi to‘lashdan ozod etilsin.
7. Operatorga:
faqat o‘z tijorat ehtiyojlari uchun, boshqa operator va
provayderlarga ovozli telefoniya va internet trafigi xalqaro
kanallarini tashkil etish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish huquqisiz
xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlariga (ma’lumotlar va ovoz
uzatish
tarmoqlariga),
shu
jumladan,
“IP-telefoniya”
texnologiyasidan foydalangan holda to‘g‘ridan to‘g‘riulanish;
zimmasiga yuklatilgan vazifalarni sifatli bajarish maqsadida
Jamg‘arma bilan kelishilgan holda shartnoma asosida mustaqil
xorijiy, milliy konsultant va ekspertlarni jalb etish huquqi berilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va
ishchilar kasblari klassifikatori ishga qabul qilishda xodimlar
ma’lumotining eng past darajasi, ishchilar kasblari bo‘yicha
malaka razryadlarini belgilash yuzasidan tegishli yo‘nalishda
xorijiy oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan mutaxassislarga
nisbatan qo‘llanishi, istisno tariqasida, tavsiyaviy xarakterga ega.
8. Vazirlikning Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus
ko‘chasi,
22-uy
manzilida
joylashgan
binosi
operatorni
359
joylashtirish uchun xo‘jalik yurituvi huquqi asosida Agentlikka
topshirilsin.
9. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib
chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar
Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston
Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy
agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari D.R. Li zimmasiga
yuklansin.
Dostları ilə paylaş: