Ijtimoiy pedagogika



Yüklə 110,18 Kb.
səhifə2/11
tarix28.05.2022
ölçüsü110,18 Kb.
#88211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Usmanova Gulchehra Ijtimoiy pedagogika

Kurs ishining ob’yekti. Nodirabegim va Uvaysiyning asarlaridagi ijtiomoiy jarayonlar.
Kurs ishining predmeti. Asarlardagi ijtimoiylashtirish masalalarining o’rganish jarayonlari
Kurs ishining maqsadi. Ijtiomiylashtirish masalalarini o’rganib, uning elementlarini amalga yo’lga qo’yish.
Kurs ishining amaliy ahamiyati. Ta'limda ijtimoiylashish faoliyatini yo’lga qo’yish masalalari
Ishning tarkibiy tuzilishi. Kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar kabi bo‘limlardan borat bo‘lib, asosiy qism 2ta bob va 5 ta paragrafdan iborat.


I- BOB. Nodirabegim va Uvaysiyning hayoti va ijodidan namunalar


1.1 Nodirabegim hayoti va ijodiy asarlari
Nodira−XIX asrning birinchi yarmida ijod qilgan taniqli o’zbek shoirasi. Uning asl ismi Mohlaroyim bo’lib, Nodira− adabiy taxalludi. Bundan tashqari, Komila taxallusi bilan ham o’zbekcha she’rlar bitgani ma’lum. Forsiy asarlarini Maknuna taxallusi bilan yozgan.
U ijod qilgan davrda Qo’qon adabiy muhitida o’zbek va tojik tillarida badiiy asarlar yaratish qariyb teng darajada edi.
Nodira 1792-yili Andijonda tavallud topgan. Andijon hokimi Rahmonqul otaliqning qizi. Nodiraning ota-onasi buyuk Sohibquron Amir Temurning xonadoniga mansub edi. Nodiraning onasi − Oysha-begim qizining komila shaxs bo’lib yetishuviga ko’p xissa qo’shdi. Bo’lg’usi shoira zamona xoni oilasiga yaqin qarindosh bo’lgan xonadonda voyaga yetdi. Raxmonqul otaliq Qo’qon xoni Olimxonning tog’asi edi. Shuning uchun 1807-yili Olimxon ukasi Umarxonni tog’asining qizi Mohlaroyimga uylantirdi. Umarxon Marg’ilon begi lavozimiga tayinlanganidan keyin oilasini shu shaharga olib ketdi. 1810-yili Qo’qon xoni ya’ni Olimxon qatl etildi. Uning taxtiga ukasi Umarxon o’tirdi. Shoiraning bundan keying hayoti mamlakat poytaxti bo’lgan shu shaharda –xon saroyida o’tdi. Shoira yashagan zamonda Qo’qon adabiy muhiti gullab yashnagan edi. Umarxon uning umr yo’ldoshi, mamlakat raxbarigina emas, ustoz shoir ham edi. U Amiriy taxallusi bilan she’rlar ijod qilar, shoir sifatida mashxur edi. Tarix takrorlanadi degan gap bor. Nodira va Zulfiyaning hayoti qariyb bir xil kechdi. Ya’ni Nodira 30 yoshida, Zulfiya esa 29 yoshida umr yo’ldoshidan ajradi. Bu ayriliq tabiiy ravishda ana shu ikki shoira ijodida hijron motivini asosiy yo’nalishga aylantirdi. Nodira va Zulfiya faqat adabiyotimizdagina emas, umuman, hayotda ham o’zbek ayolining vafo va sadoqati timsoli bo’lib tarixda qoldi. Nodiradan chekkan g’am, kulfat-u hijron azob-uqubatlari yetmagandek, o’zi va o’g’illarining hayoti ham fojiali yakun topdi. 1842-yilda Buxoro amiri Nasrulloxon lashkar tortib kelib, Qo’qonni bosib oldi. Uning buyrug’i bilan Nodira, o’g’illari Muhammadalixon, Sulton Mahmudxon va nevaralari ham vaxshiyona qatl etildi. Xalqimizga ikki devon qoldi. Nisbatan to’la deb hisoblangan turkey devonida 189 g’azal mavjud. Nodira ijodi o’zidan keying ko’plab shoirlar uchun mahorat maktabi bo’lib xizmat qiladi.
Asrlar davomida Sharq adabiyotida quvonch va gazabni, visol xursandliklari va xijron alamlarini, tinch va osoyishta yashash umidlari va bu umidlar qarshisidagi fojiali xollarni o’z ijodlarida aks ettirgan, ma’suma va munis onalar qalbini, jafokash va bardoshli ayollarning boy ruxiy olamini yuksak nafasda kuylagan o’nlab shoirlar o’tganlar. Bular X1 asrlik Robia, Ismati va Oysha, XP asrlik Munisa Xo’jandiy, Sittixonim Mutriba, X1U asrlik Jaxonxotun, XU asr Munajjim va Mexri, XU1 asrlik Gulbadanbegim, Gulchexrabegim, XU1-XUP asrlar-Nurjaxonbegim va Zebiniso, XUSh-X1X asrlar-Maxzuna, Notovon va Uvaysiy, X1X-XX asrlar Muazzamxon va Nozmixonim xamda Anbar otin va boshqalar qatori shuxrat topgan Moxlar oyim Nodira X1X asr adabiyotida katta va salmoqli o’rinni egallaydi.
Mashxur o’zbek shoirasi Nodiraning asli ismi Moxlar oyim bo’lib, XUSh asrning oxirida, aniqrogi 1792 yili Andijonda to’gilgan. Moxlaroyimning otasi Andijon xokimi Raxmonquli biy edi. Raxmonquli biy o’zbek qabilalaridan urugiga mansub oqsuyaklardan bo’lib, Fargona xukmdori Olimxonning togasi edi. Olimxon ukasi Umarxonga Margilon xokimligini beradi. (Bu xakda A.Qayumov “O’zbek tili va adabiyoti” masalalari jurnali № 1. 37 bet. 1958 yil) va uni togasi Andijon xokimi Raxmonquli biyning qizi Moxlar oyimga) bo’lajak shoira Nodiraga) uylantirishga qaror beradi. Bu qizning aqlliligi, odob va go’zalligi xamma yoqqa doston bo’lgan edi. Umarxon unga goyibona oshiq xam bo’lgan deydilar. Olimxon bu axd orqali o’z togasi va ukasi o’rtasidagi qarindoshlik munosabatlarini mustaxkamlamoqchi bo’ladi. Shunday qilib, Moxlar oyim Umarxon nikoxiga kiritiladi”.
Olimxon, Umarxon va Muxammad Alixon (Ma’dalixon) davrlarini juda yaxshi bilgan amaldorlardan-tarixchi Hakimxon to’ra Umarxon bilan Moxlaroyimni noxi xaqida so’z ochib, “Muntaxabut-tarix” kitobida quyidagilarni yozadi: “... Ul vaqt Andijon xukumati Raxmonquli biy, amir Olimxonning togasi erdi, unga taalluq erdi. Raxmonquli biyning ismotida bir qiz bor erdi, ismi Moxlar oyim erdi. Amir Olimxon xoxladkim, ul muxaddarani amir Umarxonning nikoxiga kirgizsa, Ma’sumxon to’rani benixoyat xadya birla buyurdikim, Umarxonni Andijonga olib borib axdi nikox qilib, Margilonga keturib qo’yib kelgil deb ruxsat beradi. Ma’sumxon to’ra Margilonga kelib, shaxzoda o’marxonni domoliqqa taklif qilib, Andijonga olib, yaxshi soatda ul avji saltanatni tovxidi ruxga axd bogladilar”.
Bu voqea 1808 yilda edi. 1810 yilda Olimxon o’ldirilib, o’rniga ukasi Amir Umarxon taxtga chiqdi. Shunday qilib, Andijon xokimining qizi, Margilon xokimining xotini Moxlar oyim tez fursatda mamlakat malikasi darajasiga ko’tariladi.
Oradan 14 yil o’tgach, Umarxon vafot etadi. Saroy axllari o’zaro maslaxat qilib, bir ittifoqqa kelib odiraning o’sha vaqtdagi taxminan 14 yoshlarda bo’lgan o’gli Muxammad Alixonni podshox qilib ko’taradilar.
Shunday qilib, Qirgiston, qozogiston va O’zbekistonning yarmidan ko’pini o’z ichiga olgan Umarxon davlati 14 yashar Ma’dalixon qo’lida qoladi. Bu go’lakning bunday katta davlatni idora qilolmasligi tabiiy edi. Sh/u Umarxon vafotidan so’ng Moxlar oyim-odira mamlakatni idora qilish ishida faol ishtirok etadi. Umarxon davri an’analarini davom ettirib, ilm axllariga, san’at va adibyot arboblariga raxbarlik va xomiylik qiladi. Quqonda bir madrasa, xammom va saroy bino qildiradi.
Ma’dalixon otasi o’lgach, 21 yil xukumat tepasida turdi. O’z davlatini Qashqar va Tojikistonning Qora-Tegin viloyati xisobiga kengaytirdi.
Olim Sharaffidinov “O’zbek adabiyoti tarixi xrestomatiyasi” kitobida (1945) shunday yozadi:
“Ma’dalixonning qilgan ishlari kishining diqqatini o’ziga tortadigan bir jixat-uning ruxoniylar bilan chiqisha olmaganidir. Ma’lumki, Ma’dalixondan ilgari Qo’qon xonligida xo’jalar, sayidlar umuman ruxoniylarning roli juda katta edi. Xonlikning siyosati shu guruxning qo’lida bo’lib, Umarxon davrida ular ayniqsa avj olgan, xukumatning turli mansablarini o’z qo’llarida olgan edilar. Ma’dalixon mana shu guruxga qarshi siyosat tutdi. Ularning ko’plarini mansabdangina emas, mamlakatdan xam quvdi. Bu quvilganlar Buxoroga to’plandilar”. (P tom 244-bet. O.Sharaffidinov).
Ana shu qora guruxlar dalixonga qarshi fitna uyushtirib, kamoli zolimligidan “Nasrullo qassob deb nom chiqargan Buxoro amiri Nasrulloga: “Ma’dali o’z o’gay onalaridan biriga uylandi, bu kofirdan Fargonani qutqarish” kerak deb ariza yozadilar. Amir Nasrullo bu arizani o’rab-surishtirmay, Qo’qonga urush boshladi. qattiq va qonli janglardan so’ng Ma’dalixon qo’shini maglubiyatga uchradi. Oxiri Amir Nasrullo Qo’qonga bostirib kirib, shaxarni talon-taroj qildi. Ma’dalixonni, ukasi Sulton Maxmudxonni, o’n to’rt yashar o’gli Muxammad Aminxonni, onasi Nodirani va bir necha ayonlarning xotinlarini fojiali ravishda o’ldiradi.
Mashxur o’zbek shoirasi Nodira-Moxlar oyimning kishining xam xavasini keltiradigan va xam daxshatga soladigan xayot yo’li mana shunday.
Nodiraning o’ldirilishi tafsiloti xaqida eski tarixiy manbalarda bir-biriga tamomila zid fikrlar bayon etilgan. Bu kitoblardagi ma’lumotlarni bir-biriga itaqqoslab qaraganda, to’grisi qaysi-yu, uydirmasi qaysi ekanini aniqlash goyat darajada mushkildir. Mana shu manbalarga tanqidiy munosabatda bo’lmay, faqat ularning biriga asoslanib, Nodiraning o’ldirilish tafsilotini olimlarimiz xar xil sharxlaganlar.
Nodira o’limi xaqida so’z ochgan o’tkir ashid shunday yozadi:”... Bu urushda Amir Nasrullo golib kelib, necha ming gunoxsiz kishilarni qilichdan o’tkazadi, Ma’dalixonni va uning o’gli Muxammad Aminni jallodga topshiradi. Jallod ularni o’ldirishga tayyorlanib turganda, oppoq sochlari to’zigan, parishon xolda Nodira paydo bo’ladi. U begunox, uch yashar? Nabirasini quchoqlaydi va Nasrulloga qarab shunday xitob qiladi:
Ey zabardasti zeridast ozor!
Senga xam kelur bu qiziq bozor...
Amir Nasrullo buyrugi bilan Nodira, uning o’gli Ma’dali va nabirasi Muxammad Aminni jallod kundasiga keltiradilar. Jallod avval Nodiraning sochini qirqadi. Keyin nabirasi, o’gli va xar uchovlarining qo’llarini kesadi, so’ng oyoqlarini qirqadi va oxiri uovlarining barobar kallalarini qirqadi”.(“Uch shoira”,10-11 betlar).
Taniqli adabiyotshunos olim To’xtasin Jalolov yuqoridagi fikrga qo’shilmay “O’zbek shoiralari” kitobining 82-83 betlarida shunday yozadi:
“O’tkir Rashid bu tafsilotni qaysi manbaga asoslanib yozganini ko’rsatmagan. Fikrimizcha, u “Tarixi Turkiston” nomli kitobga murojaat qilgan ko’rinadi. “Tarixi Turkistonda” esa:
Ey zabardast ze ri dost ozor!
Senga xam kelur bu qiziq bozor.
Bayti Nodiraning so’nggi so’zi sifatida emas, tarixchining lirik chekinishi o’rnida ishlatilgan. Aslida esa bu she’r fors-tojik shoiri Sa’diy Sheroziyning “Bo’ston” nomli asaridan olingan bo’lib, asli quyidagichadir:
Ey zabardasti zeridast ozor!
Garm to kay bimonad in bozor?
Bachikor oyadat jaxondori?!
Murdanot bex, ki mardum ozori!



Yüklə 110,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə