Ijtimoiy pedagogika


Ijtimoiy sohada ayollarning o’rnini oshishi



Yüklə 110,18 Kb.
səhifə8/11
tarix28.05.2022
ölçüsü110,18 Kb.
#88211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Usmanova Gulchehra Ijtimoiy pedagogika

2.3. Ijtimoiy sohada ayollarning o’rnini oshishi
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida xar bir fuqaroning ta`lim olish huquqi o`z tasdig’ini topgan. "Ta`lim to`g’risida"gi qonun uzluksiz ta`limning printsipial yangi modelini tashkil qilishini ko`zda tutib, bu sohada ayollar va erkaklar teng huquqliligidan va ta`lim sohasida ayollar huquqi poymol bo`lishi holatiga yo`l qo`yib bo`lmasligidan kelib chiqadi. So`rov natijasi shuni ko`rsatdiki, so`ralganlarning mutlaq ko`pchiligi (91,8%) ayollar erkaklar bilan teng huquqlik asosida o`z istagan ta`limini, jumladan oliy va maxsus ta`lim olishi mumkinligiga qat`iy ishonch hosil qilganlar. SHuningdek so`ralganlarning ko`pchiligi (89,1%) biror bir ta`lim sohasini olishda yoki kasbiy malakalarini oshirishda huquqning kamsitilishi yoki buzilishi hollari bilan duch kelmaganlar. Bunday holat bilan to`qnash kelgan respondentlar esa, o`z oilalarini, turmush o`rtog’ini, qaynonasini (55,6%), uzi ishlayotgan korxona yoki muassasa rahbarlarini (22,2%) ayblashadi.
"O`zbekistonda ayollar erkaklar bilan teng huquq asosida olgan oliy yoki maxsus ta`limni tatbiq qilishlari imkoniyatiga egalarmi?" degan savolga 92,8% so`ralganlar shubhasiz ijobiy deb javob berishdi.
Har bir inson hayotida ta`lim ahamiyatining beqiyosligi "O`z farzandingizga qaysi ta`lim loyiq deb o`ylaysiz?" degan savolga javobda ko`rindi. Respondentparning 83,3%i o`g’il bolalar kabi qizlarga ham oliy ta`lim olish zaruratini ta`kidladilar.
O`tmishda ayol yuksak mavqega ko`tarilganligini tarixiy hujjatlarda ham ko`ramiz. Sohibqiron Amir Temur saroyida bir muncha vaqt elchi bo`lib turgan Klavixo ham saroyning e`tiborli xonimlari majlis va kengashlarda ishtirok etganligini ta`kidlaydi. Haqikatdan ham Temuriy malikalar ilmli, zukko bo`lganlar. Hatto Sohibqironga mushkul paytlarda oqilona maslahatlar berganla.
Biz ma`naviyat va ma`rifat, ilm-fan rivojlangan asrlarda ayollarga bo`lgan munosabat ham o`ziga xos bo`lganligini ta`kidlamoqchimiz.
XIX asrning birinchi yarmida madaniy hayot yana jonlana boshladi. Ayniqsa, Qo`qon xonligida Umarxon davrida ilm-fan, madaniyat, san’at gullab yashnaydi.
Umarxon ilm-fan va madaniyat, san’at axllariga alohida xayrixohlik bilan qaraydi. Umarxon davrida adabiyot, tarix, san`at va boshqa sohalarning yirik namoyondalari yetishib chiqa boshlaydi. eng muhimi, ular orasida ayollar ham bor edi. Ana shu davr Uvaysiy, Mahzuna, Dilshod barno, keyinroq esa Anbar Otin kabi iste`dod sohibalari, maktabdor ayollarni tuhfa etdi. Ularga albatta, o`zbek xalqining ulug’ farzandlaridan biri, otashnafis shoira, Umarxonning zukko maslahatchisi va ayoli Nodirabegim rahnamolik qilgan.
Nodira baxtli ona bo`lgan - taqdir unga ikki o`g’il ato etgan. Uning saroyda - she`riyat va san`at qadrlangan sharoit tarbiyalangan o`g’illari ixtiyorsiz ravishda adabiyotga qiziqqan. Nodira ezgulik va yovuzlik olamini qarama-qarshi qo`ygan, xonlar va saroy a`yonlari qiyofasida yozuvlikning ifodasini ko`rsa, oddiy xalq vakillarida ezgulikning asoslarini ko`rgan. U hammani inoqlikka, tinch-osoyishtalikka chaqirgan.
Olima ayollardan biri Sayyora Sharafovna Rashidovadir.
Sayyora Sharafovna Rashidova 1943 yil 2 avgustda Jizzax shahrida (O’zbеkiston Rеspublikasi), ko’zga ko’ringan davlat arbobi va yozuvchi Sh.Rashidov oilasida tug’ilgan. 
1960 yili Toshkеnt shahridagi № 43 o’rta maktabni bitirgandan so’ng, Moskva Davlat Univеrsitеtining Kimyo fakulьtеtiga o’qishga kirdi. Univеrsitеtni tamomlab, S.Sh.Rashidova Rossiya Fanlar Akadеmiyasi Topchiеv nomidagi Nеftkimyo sintеzi institutida stajеr-tadqiqotchi bo’lib ishladi, O’zbеkiston Rеspublikasi Fanlar Akadеmiyasi Kimyo instituti kunduzgi aspiranturasida o’qidi. 1971 yili nomzodlik dissеrtatsiyasini himoya qilgandan so’ng, O’zbеkiston Rеspublikasi FA Kimyo institutida kichik ilmiy xodim, katta ilmiy hodim, labaratoriya mudiri lavozimlarida ishladi. 1979 yildan buyon u – polimеrlar kimyosi bo’limi boshlig’i, 1981 yildan buyon esa – O’zbеkiston Fanlar Akadеmiyasi Kimyo va fizika polimеrlar instituti dirеktori
S.Sh.Rashidova – O’zbеkiston Rеspublikasi Fanlar Akadеmiyasi akadеmigi, kimyo fanlari doktori, profеssor, 20 nafardan ortiq fan doktorlari va nomzodlarini tayyorlagan, uning 300dan ortiq ilmiy nashrlari, qator monografiyalari chop etilgan, 20ta mualliflik guvohnomalari bor.
S.Rashidova rеspublikaning ijtimoiy hayotida ham faol ishtirok etadi, “Olima” ayol-olimlar Assotsiatsiyasi prеzidеnti. O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi birinchi (1995-1999 yillar) va ikkinchi (2000-2004 yillar) chaqiriqlari dеputatligiga saylangan.
1995 yil dеkabrida S.Rashidova O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi birinchi chaqirig’ida Inson huquqlari bo’yicha vakil etib saylangan.
2000 yil fеvralida S.Rashidova ikkinchi muddatga O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) lavozimiga saylangan.
2005 yil martida Qonunchilik palatasi va 2005 yil mayida Sеnat S.Rashidovani bеsh yillik muddatga O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) lavozimiga sayladi.
S.Sh.Rashidova inson huquqlari bo’yicha ko’plab xalqaro forumlarda faol ishtirok etib kеlmoqda. S.Rashidovaning inson huquqlari sohasida 100dan ortiq chop etgan ishlari bor, «Dunyo Ombudsmanlari» (o’zbеk va rus tillarida), «Ombudsman v Uzbеkistanе», «Monitoring prav chеlovеka», «Zaita prav chеlovеka v Uzbеkistanе» kabi qator to’plamlarning muallifi va mas’ul muharriridir. “Dеmokratlashtirish va inson huquqlari”, “Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari” kabi qator jurnallarning tahririyat kollеgiyasi a’zosi hisoblanadi.
Olima ayollarni, xususan, ilm-fan sohasiga kirib kelayotgan qizlarimizni, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash va ularga o`z qobiliyat va iqtidorini ro`yobga chiqarishida yaqindan ko`maklashish Prezidentimiz Islom Karimov yuritayotgan siyosatning ustuvor yo`nalishlaridan biridir. Bu borada turli davlat mukofotlari va stipendiyalar navqiron avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni izlab topish va qo`llab-quvvatlash, ularga zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qilmoqda.
Mustaqillikka erishganimizning dastlabki yillaridan to bugunga qadar adabiyot va san`atning turli sohalarida munosib xizmat ko`rsatgan bir necha o`zbek xotin-qizlarining yodga olish Prezident ta`biri bilan aytganda xayrli bo`lur.
O`zbek adabiyoti va san`atini butun dunyoga tarannum etib kelayotgan atoqlilardan Zulfiyaxonim, Munojot Yo`lchieva, Muyassar Razzoqova, To`ti Yusupova, Gulchexra Saydullaeva, YAyra Abdullaeva, Aziza Mamatova va shu kabi qator iste’dod egalari borligi kishi qalbini quvontiradi.
Mustaqillik yillari adabiyotiga o`zining munosib xissasini qo`shgan oz fursat bo`lsada sermaxsul ijodiy faoliyatda bo`lgan Zulfiyaxonim xayotiga xaqida fikr yuritilsa U Toshkentda ishchi oilasida tug’ilib, kamol tolgan Zulfiya qunt bilan o`qidi, hayo, ibo sohibasi bo`lib ulg’aydi. SHe`riyatga ishqi tushib, YOzuvchilar uyushmasi qoshidagi adabiyot to`garagiga qatnadi. 17 yoshida "Hayot varaqlari" nomli birinchi she`riy kitobi nashr etildi.
Uyushmada ilk ustozi, otashnafas shoir Hamid Olimjonning saboqlarini tingladi va har ikkovlarining ham ko`zidagi sevgi qalbiga ko`chdi. O`n yillik birgalikdagi turmush, qizg’in mehnat, o`zaro bahslarga to`la ijod zavqi, Hulkar va Omonning tug’ilishi va ular baxsh etgan shodlik. Bular eng osuda damlar, faraxbaxsh kunlar bo`lib, tarixda qoldi.
Ha, baxtli muxabbatni kuylagan soz o`lim xanjariga tegdi-yu sindi. SHoira kuydi, yondi, o`rtandi, ammo irodasi bukilmadi. U qaddini tik tutib, shoir uchun ham yashadi, ham ijod qildi.
Zulfiyaning hijron, muhabbat, sadoqat haqida yozgan she`rlari badiiy ijodning yorqin namunasiga aylandi. O`nlab she`riy kitoblari, dostonlari, jahon adabiyotidan tarjimalari, "Zaynab va Omon" dostoni shikasta edi. "Gullagan o`rikday orasta, donolikda yagona" onasini, "po`lat eritib, bolalariga non topgan", joni metindan, qanoatdan yaralgan ota asosida yozgan sahna asari xalqimizning ma`naviy mulkiga aylandi. SHoira nomini dunyoga tanitdi. Zulfiyaning siymu zari - she`riyat, sajdagohi - Vatan, yuzlab shoira qizlari faxru iftixori edi. Ular haqida «Bu bog’lar... bir bog’lar bo`ladi, hali...» deb katta ishonch bilan bashorat qildi.
SHoira yurt kezdi, dune ko`rdi, do`stlar orttirdi, O`zbek qizining ovozi chet ellardagi katta minbarlardan mag’rur jarangladi. U jahon shoirlarini mushoiraga chorladi. Bu xalqlar o`rtasida do`stlik, tinchlikni mustahkamlaydi, dedi.
Jo`shqin shoira, faol jamoatchi, deputat, 35 yil muttasil "Saodat" jurnali bosh muharriri bo`lish bilan birga mehribon, talabchan ona ham edilar. Farzandlarining har bir bosgan qadamidan ogoh yashab, eng aziz vaqtini, nasihatlarini ularga bag’ishladi. «Yillar o`tgach, ongli va qodir ko`rsam deyman, million qatorda!» deb etuk bo`ylarini orzu qildi va shu niyatiga yarasha tarbiya berdi. Adabiyotshunos olima bo`lib etishgan Hulkar Olimjonova, faylasuf olim Omon Olimjonovlarning muvaffaqiyatlari zamirida shoiraning zahmatli mehnatlari mujassam va bu barcha onalar uchun ibratlidir.
Mustahkam e`tiqod, qalamga, do`stga sadoqat, kamtarlik xislatlari shoiraning shiori edi. SHu boisdan ham unga shuhratlar, unvonlar, e`zozlar juda yarashadi. Uning jismi bu olamni juda erta tark etdi, lekin nomini, qilgan ibratli ishlarida muxrlab ketdi.
SHoira Tursunoy Sodiqova nozik ta’b, o`tkir didli, nafosatli adibalarimizdan biri. U 1944 yili Toshkentda tavallud tongan. Urush davri farzandi. Binobarin, hayotning achchiq chuchuklaridan boxabar. SHuning uchun ham uning she’rlarida umid, e’tiqod, yaxshi odamlar va yaxshi kunlarga ishonch bosh o`rinda turadi. 
U o`rta maktabdan so`ng 1961 — 1966 yillarda Toshkent Davlat dorilfununida tahsil olgan. Dastlabki mashqlari shu yerda paydo bo`lgan. Bo`lg’usi shoira avval maktablarda, so`ngra yoshlar tashkilotlarida ishlagan. Ijodiy faoliyati mobaynida Andijon Davlat Tillar institutida talabalarga saboq berdi. 
SHoiraning birinchi she’riy guldastasi «Kuy» nomi bilan 1978 yilda chop etilgan.
Huddi shu kabi san`at sohasida ham o`zining buyuk jasoratini namoyon etgan mashhur o`zbek opera xonandasi Muyassar Razzoqova beqiyos go`zal ovoz sohibi, yuksak vokal ijrochisidir. Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik teatri yakkaxon solisti sifatida teatr sahnasida ko`plab opera durdonalarini italyan, ispan, frantsuz tillarida mahorat bilan ijro etadi. Xonanda tashabbusi bilan o`zbek opera teatri tarixida ilk bor Jorj Bizening "Marvarid izlovchilar" operasi fransuz tilida qo`yildi. Muyassar Razzoqova O`zbekiston davlat konservatoriyasining "Akademik xonandalik va opera-simfoniya tayyorlovi" kafedrasida pedagogik faoliyatini boshladi va qisqa vaqt ichida bu yo`nalishda ham o`z yo`li, maktabini shakllantirishga kirishdi.
San`atkorning ovoz imkoniyatlari ayniqsa opera san`atida yaqqolroq namoyon bo`ladi. Bu ijroda matn va harakat uyg’unlashib, yaxlit obraz paydo bo`ladi. Madaniyat va sport ishlari vazirligi va konservatoriya xamkorligida o`tkazilgan kontsert dasturida opera ijrochilari-bariton va bas ovoz sohibi Rahim Mirzakamolov, Jabroil Idrisov jahon va o`zbek klassik opera san`atidan ariyalar kuyladi. J.Verdining "Trubadur", "Don Karlos" operasidan "Kirol Filipp" ariyasi, "Don Juan" operasidan "Don Juan va Leporella", Sulaymon YUdakovning "Maysaraning ishi" operasidan "Mullado`st" ariyasi hamda S.Raxmaninovning "Kechagi uchrashuvimiz" romani kabi bir necha klassik asarlar ijro etildi. Royalda xalqaro va respublika tanlovlari laureati elnura Abdullaeva jo`r bo`ldi.
O`zbekiston xalq artisti, "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni sovrindori Muyassar Razzoqovaning navbatdagi kontserti ustoz-shogird an`anasi asosida o`tkazilib, unda ilk bor xonanda o`z o`quvchilari bilan sahnaga chiqdi. Xonanda italyan va o`zbek kompozitorlari ariya hamda romanslarini yuksak mahorat bilan ijro etdi. Uning noyob ovozi, ta`sirchan ijrosi, teran hissiyotlari hech kimni befarq qoldirmadi.
Xonandaning yosh o`quvchilari Madina Najmutdinova, Antonina Nesterova, Sayyoda Nortojieva ham jarangdor ovozlari bilan tomoshabinlarni maftun etdilar. "Sog’inch" romansi uning muallifi, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan san`at arbobi, kompozitor Rustam Abdullaev jo`rnavozligida ko`tarinki ruxda yangradi. Doimiy izlanishda bo`lgan san`atkor kontsertda Juzeppe Verdining "Qaroqchilar" operasidan Ameliya ariyasini ham taqdim etdi. Kontsert davomida san`atkorga konservatoriya professori, mohir pianinochi Nargiz Po`latxonova, yosh xonandalarga esa yosh pianinochi Dilnoza Madaminova jo`rnavozlik qildi. Tadbir Hamid Rahimovning muhabbatni tarannum etuvchi "Kel, sevgilim" romansi bilan yakunlandi.
Bugungi kunda san`atning rassomchilik yo`nalishi bo`yicha bir qancha ayollarimiz oila va farzand tarbiyasidan ortib shug’ullanib kelayotganligi hech kimga sir emas. el nazariga tushgan shunday musavviralardan biri musavvira Aziza Mamatova tasviriy san`atimizda o`z o`rniga ega nozikta`b, didli ijodkorlardan biri. U yurtimizning ko`plab san`atsevar, adabiyotga oshno odamlari dunyoga kelgan "Ho`qandi latifda tug’ilgan. Tasvirga muhabbat esa buvisidan o`tgan. Zukko bu ayol matoga naqshlar chizib, shunday go`zal kashtalar tikardiki, yoshgina Aziza uning ranglari jilosiga mahliyo bo`lib yonidan jilmasdi. Oxir-oqibat u qo`liga qalam olib, o`zi qog’oz qoralaydigan, soatlab suratlar chizadigan bo`ldi. Ota-onasi undagi havasni rag’batlantirdi. A.Mamatova Sankt-Peterburgdagi rangtasvir va me’morlik oliy o`quv yurtida o`qidi. YUrtimizniig taniqli mo`yqalam soxiblari ijodidan ilhom oldi.
A.Mamatova ijodini kuzatgan odam asarlarining asosiy qismini portret janridagi kartinalar tashkil etishiga ishonch hosil qiladi. Bular shunchaki oddiy portretlar bo`lmay, turli ko`rinishlar aks etgan manzara janri bilan bog’lanib ketadi.
Tasvirga olingan odamlar orasida adiblar, shoirlar, olimlaru san`atkorlar — deyarli barcha soha vakillari bor. Ular ichida xalqimiz tarixida o`chmas iz qoldirgan buyuk siymolar, mutafakkirlar, shoirlar qiyofasi tasvirlangan portretlar alohida o`rin tutadi.
SHu bilan birga, ba`zi portretlarda birgina kichik unsur ham katta ma`noni anglatishga xizmat qiladi. Masalan, "Alisher Navoiy" portretida mutafakkir shoir engi barmoqlari uchigacha tushirilgan holda "Xamsa" asarini ushlab turibdi. Asar tugallangan kitob shaklida bo`lgani uchun shoir qo`llarining engi tushirilgan. YA`ni har bir odam biror ish boshlashdan oldin eng shimarib ishga kirishadi, ish nihoyasiga etgach, englar joyiga keltiriladi. SHoirning yonida esa asarining tugashiga ilhom bag’ishlab turgan ohu tasviri bor. Agar mumtoz adabiyotimiz namoyandalari uchun ohu ilhom parisi sifatida tasvirga olingan bo`lsa, A.Mamatova XX asr boshlarida yashab ijod etgan shoir Usmon Nosir portretini yaratishda oq otni ilhom parisi tarzida chizadi.
U ayol sifatida chizayotgan portretlarini yuksak xis-tuyg’u va ajib kechinmalar bilan dunyoga keltiradi.
Munira Sultonova 1985 yilda Samarqand shahrida tug’ilgan. 2003 yilda Mirzo Ulug’bek nomidagi Samarqand Davlat arxitektura qurilish instituti qoshidagi 2-texnik iqtisodiy litseyning arxitektura bo`limida o`qigan. 2007 yila SamDAKI «Arxitektura» fakul’tetining dizayn bo`limini tugatgan.
2006 yil 16 sentyabrda O`zbekiston Madaniyati va san`ati forumi jamg’armasining «Kelajak ovozi» iqtidorli yoshlar respublika mega tanlovining «Me`morchilik va dizayn» nominatsiyasi bo`yicha viloyat bosqichi g’olibi sifatida komp’yuter va diplom bilan taqdirlangan.
2006 yil 2 dekabrda Samarqand Davlat madaniyati tarixi muzeyida, Munira birinchi ustozi - otasi, rassom, profsssor Namoz Sultonovning yorqin xotirasiga bag’ishlanib ilk shaxsiy ko`rgazmasini ochdi. Munira bu ekspozitsiyada realizm uslubida moy-buyoq, akvarel’ va grafikada bajarilgan 54 ta asarini namoyish etdi. Otasidan olgan dastlabki bilimlari yosh rassomning ijodiy yo`lini belgilab berdi. Ko`rgazmaning «Ranglar raqsi» deb nomlanishi ham bejiz emas. Zero, uning asarlarida ranglar o`zining harakatdaligi, yorqinligi bilan ajralib turadi. Munira rangtasvirda ishlash bilan birga, ilmiy maqolalar yozishga intiladi.
Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida jamiyatning madaniy xayotida jumladan, ilm-fan, adabiyot va san`at sohasida ayollarning salmog’i qay darajada ekanligi, shu sohada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning xayoti va ijodi, yutuq va izlanishlari ularning bugunga qadar faoliyatlari mobaynida qilgan ishlar va yutuqlari alohida ahamiyatga molik.


Yüklə 110,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə