Iqtisodiy bilim asoslari


Ishchi kuchiga bo‘lgan talab



Yüklə 6,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/120
tarix20.05.2023
ölçüsü6,81 Mb.
#111706
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   120
84019 (2)

Ishchi kuchiga bo‘lgan talab
— ma’lum vaqt davomida muayyan 
narxlarda qancha ishchining ishchi kuchi korxonalar tomonidan 
sotib olinishini bildiradi.
Ishchi kuchiga bo‘lgan talab, ishlab chiqaruvchilar tomonidan shunchaki 
emas, balki shu ishchi kuchi yordamida ishlab chiqariladigan tovarga 
bo‘lgan talabdan kelib chiqib aniqlanadi.
Ishchi kuchining narxi unga to‘lanadigan pul — ish haqi bilan 
o‘lchanadi. Bunday mehnat bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lganlar soni 
shuncha ko‘p bo‘ladi. Buni grafikda ifodalasak, 24.1- chizmadagi kabi 
S
chiziqni hosil qilamiz. Bu grafik ishchi kuchining taklif chizig‘i deb 
http:eduportal.uz


123
ISHSIZLIK
 Ishchi kuchiga 
bo‘lgan talab va
taklif 
p
S
D
q
Oylik ish haqi
Ishchilar soni
3000
850 000
3500
2500
900 000
24.1- chizma.
ataladi. Ikkinchi tomondan, ishchi kuchining narxi 
qancha arzon bo‘lsa, korxonalar shuncha ko‘p 
ishchi yollashadi va aksincha, ishchi kuchining narxi 
qancha qimmat bo‘lsa, korxonalar shuncha kam 
ishchini ishga yollashadi. Buni ham grafik yordamida 
ifodalasak, 24.1- chizmadagi kabi ishchi kuchiga 
bo‘lgan talab chizig‘i deb ataladigan 
D
chiziqni 
hosil qilamiz. Boshqa tovarlar kabi, ishchi kuchining 
bozor narxi unga bo‘lgan talab va taklifdan kelib 
chiqib aniqlanadi. Ishchi kuchiga bo‘lgan talabning 
taklif miqdoriga teng bo‘lgandagi narxi uning bozor 
narxini belgilaydi. 24.1- chizmada tasvirlangan 
ishchi kuchining narxi 850 000 so‘mni, bunday oylik 
ish haqiga rozi bo‘lgan ishchilar soni 3 000 kishini 
tashkil qiladi.
Nima sababdan to‘qimachilik kombinatining 
menejeri oddiy ishchiga nisbatan ko‘p maosh olishini 
asoslashga urinib ko‘raylik. Ishchi va xizmatchilar 
maoshining ko‘p yoki kam bo‘lishi quyidagi omillarga 
bog‘liq bo‘ladi:
1. Ish kishidan qanchalik ko‘p maxsus bilim
malaka va tayyorgarlikni talab qilsa, u shunchalik 
qimmat turadi. Haqiqatan, katta o‘quv va malaka talab 
qilmaydigan, oddiy ishlarni bajara oladigan ishchilar 
juda ko‘p. Maxsus bilim va alohida boshqarish 
qobiliyatiga ega bo‘lgan tajribali menejerlar esa kam. 
Shu bois, oddiy ishchilar ishchi kuchining taklifi — 
S
2
, menejer xodimlar ishchi kuchi taklifi — 
S

dan 
ko‘p bo‘ladi. Bu holatda, menejerlar ish haqi — 
p
1

oddiy ishchilar ish haqi — 
p

dan ko‘p bo‘lishini 
24.2- chizmadan aniqlashimiz mumkin bo‘ladi.
2. Ishning evaziga yaratilgan tovar sotilgach, ish beruvchiga qanchalik 
ko‘p foyda olib kelsa, ishchi kuchi shuncha yuqori baholanadi.
3. Ish qanchalik og‘ir va qiyin bo‘lsa, shuncha qimmat bo‘ladi. 
Masalan, ko‘mir koni ishchisi oddiy ishchilardan ko‘proq maosh oladi.
4. Ish qanchalik xavfli, sog‘liqqa ziyon yetkazadigan yoki tavakkalchi-
likni talab qiladigan bo‘lsa, shuncha qimmat baholanadi.
Ishchi kuchi bozorida ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi 
muvozanat qator omillar ta’sirida buzilib turadi. Bu omillardan biri 
mehnat bozorining boshqa tovarlar bozoriga bog‘liqligidir. Masalan, bir 
24.2- chizma.
p
S
2
D
q

Yüklə 6,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə