Iqtisodiy bilim asoslari



Yüklə 6,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/120
tarix20.05.2023
ölçüsü6,81 Mb.
#111706
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   120
84019 (2)

Ishsizlar
 — 
mamlakatning ishga layoqatli, muayyan ish haqi 
evaziga ishlashga rozi, lekin ish topa olmagan yoki ish qidirib yurgan 
fuqarolari.
Ishchi kuchi resurslari
 
— mamlakatning jami mehnatga layoqatli 
aholisi.
Ishsizlik darajasi
— mamlakatdagi ishsizlar sonining, mamlakat 
ishchi kuchining umumiy soniga nisbatan foiz miqdori.
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
1. Ishchi kuchi bozorida talab va taklif qanday shakllanadi?
2. Ishchi kuchi bozorining boshqa bozorlardan farqli tomonlarini ayting.
3. Ish haqi miqdoriga nimalar ta’sir qiladi?
4. Kompyuter dasturchisi, olim, haydovchi, professional tennischi, 
tibbiyot hamshirasi, zavod direktorining oylik maoshlari nimadan 
kelib chiqib belgilanadi?
5. Ishsizlikning kelib chiqish sabablarini sanang va izohlab bering.
6. Ishsizlikning har bir turiga misol keltiring.
http:eduportal.uz


126
KASABA 
UYUSHMALARI
YOLLANMA 
ISHCHILARNING 
DAVOLARI
Korxonada ishlab chiqarish 
sharoitlarini yaxshilash, 
mehnat xavfsizligini ta’-
minlash, oylik maoshlar 
miqdorini oshirish, kunlik 
ish vaqtini qisqartirish 
kerak. Ishchilarni ishdan
bo‘shatmaslik lozim.
ISH 
 BERUVCHILARNING 
DAVOLARI
Korxona tovarlari bozorda 
yaxshi sotilmay qoldi. Tovar 
ishlab chiqarish borgan sari 
qimmatlashib boryapti. Ish 
haqi oshirilsa, tovar ishlab 
chiqarish yanada qimmat-
lashadi. Shunga ko‘ra, kam 
ishchi kuchi talab qiladigan 
yangi texnologiya sotib olib, 
ishchilarning bir qismini 
ishdan bo‘shatish lozim.
DAVLAT
25- MAVZU
IJTIMOIY HIMOYA VOSITALARI
Yuqoridagi chizmada ish beruvchi korxona, firmalar bilan ularda 
yollanib ishlayotgan ishchilar o‘rtasidagi nizo tasvirlangan.
1. Siz ish beruvchi sifatida qanday qilib nizoni hal qilgan bo‘lar edingiz?
2. Siz ishga yollanuvchi sifatida o‘z manfaatlaringizni qanday himoya 
qilgan bo‘lar edingiz?
3. Siz davlat vakili sifatida bu nizoni qanday hal qilgan bo‘lar edingiz?
4. 
Kasaba uyushmalari haqida nimalarni bilasiz?

Yüklə 6,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə