Iqtisodiy bilim asoslari



Yüklə 6,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/120
tarix20.05.2023
ölçüsü6,81 Mb.
#111706
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   120
84019 (2)

3. Tarkibiy ishsizlik.
Bu ishsizlik mamlakat iqtisodiyotidagi tarkibiy 
o‘zgarishlar natijasida kelib chiqadi. Mamlakat iqtisodiyotidagi eski 
sohalar qisqarib, o‘rniga yangi sohalarning paydo bo‘lishi, yangi 
iqtisodiy hududlarning vujudga kelishi, ishlab chiqarishda yangi 
texnologiyalarning qo‘llanishi, yangi kasb egalariga, yangi malakaga ega 
bo‘lgan mutaxassislarga talabni keltirib chiqaradi. Mehnatga layoqatli 
aholi yangi talabga moslashguncha tarkibiy ishsizlik paydo bo‘ladi.
4. Davriy ishsizlik
. Mamlakat iqtisodiyotining davriy o‘zgarishi bilan 
bog‘liq ishsizlik davriy ishsizlik deb ataladi. Davriy ishsizlik mamlakat 
iqtisodiyotining barcha sohalari inqirozga yuz tutgan davrda sodir 
bo‘ladi. Bu paytda iqtisodiy faollik sustlashadi, yalpi talab kamayadi. 
Bu esa, o‘z navbatida, ishsizlik darajasining keskin oshishiga olib keladi. 
Mamlakat iqtisodiyoti jonlangan davrda esa ishchi kuchiga bo‘lgan yalpi 
talab oshadi. Bu esa, o‘z navbatida, ishsizlik darajasining pasayishiga 
http:eduportal.uz


125
Formula
Ishsizlik 
darajasi
Ishchi kuchi soni
=
Ishsizlar soni

100 %
olib keladi va hokazo. Bunday ko‘rinishdagi ishsizlik davriy ravishda 
goh o‘sib, goh pasayib turadi. Davriy ishsizlik jamiyat uchun juda og‘ir 
kechadi. Davriy ishsizlikning uzoq vaqt davom etishi butun iqtisodiyotni 
izdan chiqarishi, oqibatlari esa butun jamiyatni larzaga solishi mumkin.
Ishsizlik
mamlakatda ishga layoqatli, belgilangan maoshga ishlashni 
xohlovchi va ish qidirib yurgan fuqarolarning borligi bilan ifodalanadi. 
Mehnatga layoqatli aholi deganda 16 yoshdan katta (respublikamizda 
16 yoshdan boshlab mehnat qilishga qonun bo‘yicha ruxsat etilgan) 
va mehnat qilishga qodir kishilar tushuniladi. Mamlakatning barcha 
mehnatga layoqatli aholisi uning ishchi kuchi resurslarini tashkil 
qiladi. Mamlakatning mehnatga layoqatli aholisi safidan o‘z xohishi 
bilan ishlamayotgan va ish qidirmayotganlar, uy bekalari kabilar chi-
qarib tashlansa, mamlakatning ishchi kuchi hosil bo‘ladi. Shunday 
qilib, mamlakatning ishchi kuchi — ish bilan band va ish bilan band 
bo‘lmaganlardan tashkil topadi. Mamlakatdagi ishsizlik darajasi ishsizlar 
sonining mamlakat ishchi kuchining umumiy soniga nisbatan foiz miqdori 
bilan o‘lchanadi. 

Yüklə 6,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə