Iqtisodiy bilim asoslari


FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR



Yüklə 6,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/120
tarix20.05.2023
ölçüsü6,81 Mb.
#111706
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   120
84019 (2)

FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Ishsizlik turlaridan eng zararlisi bu – davriy ishsizlikdir. Bunday 
ishsizlik nafaqat alohida shaxs, balki butun mamlakat iqtisodiyotiga, 
butun jamiyatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Mamlakatda davriy ishsizlikning 
paydo bo‘lishi iqtisodiyotga katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Mustaqillik 
yillarining boshida mamlakatimizda vujudga kelgan vaziyat bunga 
misol bo‘la oladi. Sobiq ittifoqdan qolgan qoloq agrar iqtisodiyot, 
oldingi iqtisodiy aloqalarning uzilib qolishi, ishlab chiqarish hajmining 
http:eduportal.uz


127
keskin kamayib ketishi, respublikamiz iqtisodiyotining yangi bozor 
iqtisodiyotiga o‘tishi bilan bog‘liq chuqur iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlar 
mamlakatimizda davriy ishsizlikni keltirib chiqardi. Davriy ishsizlik 
paytida ko‘plab zavod va fabrikalar ishlashdan to‘xtaydi. Minglab odamlar 
qishloqdan shaharga ish qidirib boradilar. Narx-navoning oshishi, yashash 
sharoitlarining og‘irlashgani tufayli oldinlari ishlamasdan yurgan uy 
bekalari, nafaqaxo‘rlar va talabalar ham ish qidirib qoladilar. Natijada, 
ishchi kuchi bozoridagi muvozanat butun mamlakat miqyosida buziladi. 
Shu bois bunday ishsizlikning oldini olish davlatning eng muhim 
vazifalaridan biri hisoblanadi.
Ishchi kuchi bozoridagi muvozanatni saqlab turish davlatning eng 
dolzarb vazifalaridan biridir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishchi kuchi 
resurslarining asosiy manbasi bo‘lgan aholini ishsizlik balosidan himoya 
qilish bo‘yicha muttasil ish olib boriladi.
Bu ish bilan mehnat birjalari shug‘ullanadi. 
Mehnat birjasi
ish 
beruvchi korxonalar va ish qidirib yurgan kishilar o‘rtasida vositachilik 
qiladigan davlat tashkilotidir. Mehnat birjasi ishsizlarni ro‘yxatga oladi, 
korxonalardagi bo‘sh ish o‘rinlarini aniqlaydi va ish qidirib yurgan 
kishilarni bu korxonalarga ishga yollaydi. Mehnat birjasiga murojaat 
qilgan ishsizga, kasbi bo‘yicha ish topilmasa, “ishsiz” degan maqom 
beriladi va ma’lum vaqtgacha ishsizlik nafaqasi bilan ta’minlab turiladi.
Ba’zi hollarda, yollanma ishchilar va ish beruvchi korxonalar o‘rtasida 
oylik maosh miqdori, ishlash sharoitlari va mehnat xavfsizligini ta’minlash 
masalalarida nizolar kelib chiqadi. Yollanma ishchilar o‘z manfaatlarini 
himoya qilish maqsadida kasaba uyushmalariga birlashadi. 
Kasaba 
uyushmalari
nodavlat, jamoat tashkiloti bo‘lib, o‘z a’zolari manfaatlarini 
himoya qiladi. 
Kasaba uyushmalarining maqsadlari quyidagilardan iborat:
1. Kasaba uyushmalari a’zolarining iqtisodiy, ijtimoiy, kasbiy maishiy 
talablarini himoya qilish. Ularning turmush daraja ko‘rsatkichlarini 
oshirish uchun kurashish.
2. Kasaba uyushmalari a’zolari nomidan boshqaruv organlari oldida 
vakillik funksiyalarini amalga oshirish.
3. Kasaba uyushmasi a’zosi bo‘lgan ishchilarning hayot sifati 
mezonlarini sezilarli ko‘tarishga intilish.
Bu maqsadlarga erishish uchun kasaba uyushmalari quyidagi 
vazifalarni amalga oshiradilar: 
1. Munosib va haqqoniy ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalarni 
ta’minlashga intilish.
2. Ishchi va xizmatchilarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida 
http:eduportal.uz



Yüklə 6,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə