Iqtisodiyot va Turizm fakulteti Marketing va karyera bo’limida malakaviy amaliyot o’tash Bajaruvchi: Tekshiruvchi


Tashkilotlarining internet tarmog’idagi marketing faolligini baholash



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə11/14
tarix29.11.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#140999
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
amaliyot

2.4.Tashkilotlarining internet tarmog’idagi marketing faolligini baholash
Amaliyotning so'nggi haftalarida men Artikova Gulchehra bo'lim tomonidan maxsus yaratilgan bkm.buxdu.uz veb-saytida ish oqimi tizimini o'rganib chiqdim va xodimlarga uning to'g'ri tashkil etilishini kuzatishda yordam berdim. Bu veb-saytda talabalarga mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlari asoslari, mehnat bozorida mos vakansiyalar izlash ko’nikmalari, ishga kirish uchun rezyumini tayyorlash va ish beruvchi bilan suhbatdan o’tish usullarini o’rgatish, ishga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar bilan tanishtirish
Iqtisodiyot tarmoqlarining ilg’or mutaxassislari va ekspertlarini jalb qilgan holda talabalarni kasbga yo’naltirish, mehnat bozoridagi mavjud va istiqboldagi holat, muayyan kasbga, ish joylariga va ish beruvchilarga, istiqbolli korxonalarga oid zamonaviy ma’lumotlar bilan tanishtirish
Mehnat organlari, ta’lim muassasalari, manfaatdor idoralar va tashkilotlar ishtirokida ish o’rinlari yarmarkalari, karyera kunlarini tashkil etish va talabalarni kelajakda kasbiy faoliyatga qiziqishlarini kuchaytiruvchi tadbirlarni amalga oshirish
Oliya ta’lim muassasasining mutaxassislar tayyorlash, bitiruvchilarni ishga joylashtirish, mazkur oliy ta’lim muassasasini muqaddam tamomlagan bitiruvchilarning hozirgi mehnat faoliyati (karyerasi) to’g’risida hamda ushbu yo’nalishdagi boshqa tahliliy materiallarni tayyorlash va nashr qilish.
Buxoro davlat universiteti Marketing va karyera bo'limi rasmiy telegram kanali ham mavjud. Bu kanal judda faol.Unda olib borilayotgan jarayonlar haqida to’liq ma’lumotlar berib boriladi. Men amaliyotim davrida “Bitiruvchilar forumi” tadbiri o’tkazildi. Bu forumda universitet bitiruvchisi,O'zbekiston xalq shoiri, "Buxoronoma" va "Бухарский вестник" gazetalari bosh muharriri Shodmon Sulaymon, Buxoro viloyat Axborotlashtirish bo'yicha hokim maslahatchisi Mirzayev Tolibion so'zga chiqdilar va o'zlarining hayotiy tajribalari bilan o'rtoqlashdilar. Buxoro davlat universitetida Endowment Fondini yaratishning huquqiy asoslari va fondning maqsad, vazifalari haqida universitet bosh yuristkonsulti Sharipov Shuhrat so'zlab berdilar.



Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə