Islom diniga doir manba va adabiyotlar


ISLOM DINIGA OID YOZMA MANBALAR



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   83
3-мавзу маърузаси

111
ISLOM DINIGA OID YOZMA MANBALAR
keyin ikkinchi manba hisoblanadi. Asar “Sahih al-Buxoriy” 
nomi bilan ham mashhurdir.
Imom al-Buxoriyning ta’kidlashicha, to‘plamga olti yuz 
ming hadisdan faqat 7275 tasini tanlab kiritilgan. Tarixchi 
Ibn Hajar al-Asqaloniy barcha 
fi
krlar asosida bunday xulosaga 
kelgan: “Imom al-Buxoriy “Al-Jomi’ as-Sahih”ni Baytullohda 
yozishga kirishib, ona yurti Buxoroda nihoyasiga yetkazgan va 
oqqa ko‘chirgan”. Asarga yuzga yaqin sharhlar yozilgan.
Imom Muslimning eng yirik va e’tiborli asari “al-Jomi’ 
as-Sahih” bo‘lib, uni yozish uchun uch yuz mingdan ortiq 
hadisni to‘plab, ularni tahlil qilib chiqqan. Bu asar “Sahihi 
Muslim” deb ham ataladi va unga ko‘plab sharh hamda ilo-
valar bitilgan.
Imom at-Termiziy “Sunani Termiziy” kitobi bilan mashhur-
dir. Bu haqida Ibn al-Asir o‘zining “Mukamma tarix” asarida 
shunday yozgan: “(Termiziy) imom va ho
fi
z edi. Bebaho asar-
lar tortiq qildi. “Al-Jomi’ ul-kabir” ularning eng mukammali-
dir”. “Kashf uz-Zunnun”da esa “Sunani Termiziy” asari bora-
sida bunday deyilgan: “Bu hadis bobida tasnif etilgan kutubi 
sittaning uchinchisidir. Bu kitob “Al-jomi’ as-sahih” deyiladi, 
shuningdek, “Sunan” ham deb ataladi”.
Imom an-Nasoiy “Sunan al-Kubro” asarini tasnif etgan. 
Shuningdek, asarning qisqartirilgan “al-Mujtabo” deb atal-
gan ikkinchi nusxasi ham mavjud. Bu asar kichik hajmda 
bo‘lganidan hadischilar orasida katta shuhrat qozongan.
Imom Abu Dovud besh yuz ming hadis yodlagan va ular-
dan to‘rt ming sakkiz yuzini o‘zining mashhur “Sunan” kitobiga 
kiritgan. Bu asarni sharhlagan taniqli olim Abu Sulaymon al-
Hattobiy yozadi: “Din ilmida Abu Dovudning “Sunan” asari kabi 
shara
fl
i buyuk sanalgan kitob haligacha tasnif etilgan emas. 
Bu asar xalq orasida juda ham yuksak obro‘ qozondi. Xuddi 
Xuroson ahli orasida al-Buxoriy va Muslimning “Sahih”lari 
e’tibor qozonganidek, Abu Dovudning “Sunan”i ko‘plab 
fi
qhiy 



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə