Ызбек диалектологияси


- asosiy savolning bayoni



Yüklə 441,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/75
tarix26.04.2023
ölçüsü441,53 Kb.
#107062
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   75
ozbek dialektologiyasi

1- asosiy savolning bayoni:
Dialektologiya fani bo’yicha umumiy ma’lumot. Dialektologiya grekcha
dialektos
so’zidan olinib biror tilning mavjud sheva va lahjalarini o’rgatadi.
Dialekt
– sheva,
logos
– ta’limot, ya’ni sheva haqida ta’limot demakdir. Dunyoda mavjud
tillarning deyarli barchasi o’ziga xos ichki sheva va shevachalardan iborat. Turkiy
tillarning har biri bir necha sheva va dialektlardan iboratligi ma’lum. Biroq o’zbek tili
turkiy tillar ichida o’zining ko’p shevaliligi, dialektliligi bilan farqlanadi.
Shevashunoslikning bilimdonlaridan biri professor E.D.Polivanov: «...turkiy
tillarning birortasi ham shevalararo o’zbek tili singari bu qadar keskin farqlanmaydi,
demak, ...birorta turkiy til ham shu qadar spetsifik, dialektal xilma-xillik xususiyatiga
ega emasdir, Bu esa, tabiiy, adabiy til uchun biror dialektni asos qilib olish masalasini
nihoyat darajada og’irlashtiradi», degan edi. O’zbek lahjashunoslik fani O’zbekiston
hududidagi va boshqa qardosh hamdo’stlik mamlakatlaridagi o’zbeklarning jonli
so’zlashuv tilini tekshiradi.
Makonni o’rganish nuqtai nazaridan dialektologiya ikki xil bo’ladi: 1)tasviriy
dialektologiya yoki dialektografiya; 2)tarixiy dialektologiya.
Tasviriy dialektologiya yoki dialektografiya mahalliy sheva va lahjalarga xos
fonetik va leksik, morfologik xususiyatlarni qayd etadi, yozib oladi va ularni kartaga
tushiradi.
Tarixiy dialektologiya tilning dialektal xususiyatlari bilan birga, shu
xususiyatlarning kelib chiqishi, rivojlanishi, turli davrlarda o’zgarish, qardosh tillar
bilan munosabati va shu shevalarning tashkil topishida qardosh va qardosh
bo’lmagan tillarning ishtiroki kabilarni o’rganadi.


12
Keyingi yillarda barcha o’zbek shevalarini areal va lingvogeografik usullar
bilan o’rganish ham tarixiy maqsadlarni ko’zda tutadi.
Dialektologiyaning shevalarni o’rganishi esa til tarixi uchun ham, xalq tarixi
uchun ham boy va qimmatli materiallar beradi, chunki, adabiy tilda allaqachon yo’q
bo’lib ketgan yoki o’zgarishga uchragan so’zlar, ayrim grammatik shakllar mahalliy
shevalarda saqlanib qolganligi tabiiy. Ularni topib adabiy tilga olib kirish yoki uni
boyitish juda muhimdir. O’zbek dialektologiyasi o’zbek tili tarixidagi ayrim noaniq
masalalarni oydinlashtirish, hal qilish uchun asosiy manba beradi.
Qadimgi o’zbek yozma yodgorliklari tilining biz uchun noaniq bo’lgan ayrim
xususiyatlarini hozirgi o’zbek shevalari materiallari yordamida aniqlashimiz va
to’ldirishimiz mumkin. Shevalarni o’rganish o’zbek adabiy tilining fonetik, leksik,
grammatik normalarini belgilash, orfografiya va orfoepiyasini stabillashtirish uchun
katta yordam beradi.
Shevalarni o’rganish orqali o’tmishdagi urug’-qabilalarning joylashish
hududini aniqlash, etnonimlar, toponimlar,gidronimlar,umuman onomastika
(nomlar) vositasida xalq tarixining ayrim mavhum tomonlarini yoritish mumkin. Shu
jihatdan dialektlarni o’rganish ham ilmiy, ham amaliy ahamiyatga egadir.
Dialektologiya ( lahjashunoslik) ning o’rganish makoni: sheva, dialekt va lahja
atamalari.Bu atamalar dialektologiyaning o’rganish makoni (ob’ekti ) hisoblanadi.
Sheva
- biror til doirasidagi xalq jonli tilining o’ziga xos fonetik, leksik va
grammatik xususiyatlarga ega bo’lgan eng kichik qismi hisoblanadi. Masalan,
Toshloq shevasi, Qarnoq shevasi, Turk shevasi .
Dialekt
- tilshunoslikka doir adabiyotlarda ko’pincha lahja ma’nosida , ba’zan
sheva ma’nosida ham qo’llanadi. Olimlar tomonidan yaratilgan dialektologiyaga oid
ilmiy ishlarda sheva, dialekt va lahja atamalarini farqlamaslik, aralashtirib qo’llash
hollari ham uchraydi. Dialekt xalqaro atama bo’lib, umumlingvistik “dialekt”
ma’nosida ishlatish lozim. O’zbek dialektologiyasi fani uchun sheva va lahja
atamalarini qo’llash yetarlidir.
Biroq, o’zbek xalq tilini o’rgangan olimlar bir qator shahar shevalari uchun
dialekt atamasini ishlatganlar: masalan, Farg’ona dialekti. Samarqand –Buxoro
dialekti. Andijon dialekti, Qipchoq dialekti va boshqalar .
Lahja
-arabcha so’zdan olingani bo’lib, ravish, tarz, yo’sin ma’nolarini
bildiradi. Lingvistikada tilning bir necha sheva va dialektlarini o’z ichiga olgan,
umumiy xususiyatlari jihatidan o’xshash katta bo’lagi, ya’ni shevalar yig’indisidir.
Eski turkiy tillarga doir adabiyotlarda lahja (ruscha narechie) atamasi hozirgi
mustaqil til ma’nosida ham ishlatilgan. Masalan, turkiy tillarning qirg’iz lahjasi
(Kirgiziskoe narechie tyurkskix yazikov ) –bu ibora hozirgi qozoq tili ma’nosida
qo’llangan. Turkiy tillarning qora -qirg’iz lahjasi- bu ibora hozirgi qirg’iz milliy tili
ma’nosida qo’llangan.

Yüklə 441,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə