Ызбек диалектологияси



Yüklə 441,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/75
tarix26.04.2023
ölçüsü441,53 Kb.
#107062
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   75
ozbek dialektologiyasi

So`z boshi
«O’zbek dialektologiyasi» fani universitetlar va pedagogika institutlarining
o’zbek tili va adabiyoti fakultetlarida tilshunoslikning bir sohasi sifatida o’qitiladi.
O’zbek tili dialektlari xilma-xil va juda murakkabdir. Oliy o’quv yurtini tugatgan ona
tili o’qituvchisi o’zining ish faoliyatida turli dialekt vakillari bilan uchrashadi.
Shuning uchun o’qituvchi mashg’ulotlarni o’zbek tilining adabiy normasida olib
borish bilan birga shevalarning asosiy xususiyatlarini yaxshi bilishi, o’quvchilarga
adabiy til va sheva o’rtasidagi farqni tushuntirishda, ularda uchraydigan dialektal
xatolarning oldini olishda qiynalmaydi.
O’zbek tili juda boy adabiy traditsiyaga ega. O’zbek xalqining butun tarixi
davomida yaratgan taraqqiyot bosqichlarini belgilash uchun boy material beradi.
Ammo o’zbek tilining o’ziga xos ba’zi xususiyatlari (ayniqsa, fonetikaga xos
xususiyatlari) bu yozma yodgorliklarida o’z aksini topmagan, chunki arab alifbesida
yozilgan yozma yodgorliklarda ayrim so’z va formalarning talaffuzi farqlanmagan.
O’zbek shevalarining barcha sohalari bo’yicha o’rganish esa bu xususiyatlarni
aniqlash va ularni qayta tiklash uchun katta yordam beradi. Ayni vaqtda
dialektologik kuzatishlar yozuv yodgorliklarida uchraydigan ayrim sheva materiallari
va ularning xususiyatlarini to’g’ri izohlash imkonini ham beradi.
Sheva materiallari o’zbek tili tarixi mutaxassislari uchungina emas, balki
tarixchilar uchun ham o’zbek xalqi etnogenezi masalalarini hal qilishda yordam
beradi. Chunki xalq shevalari o’zbek xalqining moddiy va ma’naviy madaniyatini,
yodgorliklarda qayd etilmagan ayrim faktlarni bizning davrimizgacha olib kelgan
bo’lishi mumkin.
Demak, sheva materiallari faqat tilshunoslik uchungina emas, balki tarix,
etnografiya va boshqa sohalar uchun ham muhimdir.
Ushbu ma’ruza matnida o’zbek tilining ko’pshevaliligi uning boyligi sifatida
qayd etilib, o’zbek lahjalarining tasnifi tarixiga qisqacha izoh, lingvistik
geografiyasiga e’tibor qaratiladi. Dialektologiyaning xalq va til tarixi bilan uzviy
aloqada ekanligi ta’kidlanib, masalalar o’sha mezondan kelib chiqqan holda
yoritilgan.
Ma’ruza matni yangi pedagogik texnologiya asosida yaratilgan bo’lib, undagi
tayanch tushuncha va iboralar, nazariy topshiriqlar mavzuning mazmunidan kelib
chiqqan. Nazariy va mustaqil topshiriqlar talabalarning faolligini oshirishga xizmat
qiladi.
1-

Yüklə 441,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə