3.2. VOLEYBOL TOPINI UZATISH TEXNIKASINI SHAKLLANTIRISHDA HARAKATLI OYINLARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI
Sport texnikasiga orgatish jarayonida texnik mahoratning shakllanishi maslashtirilgan harakatli oyinlarni qollashga bogliqligi ilmiy adabiyotlarda isbotlangan.
Ayrim tadqiqotchilarning fikriga kora, harakatli oyinlar nafakat jismoniy sifatlarni shakllantirishi imkoniyatini yaratadi, balki bunday oyinlar, aniq moljalga olish, aniq harakat va diqqat kabi xislatlarni ham samarali rivojlantirishi mumkin ekan.
Voleybol boyicha etakchi mutaxasis-olimlar (10, 32) voleybol texnikasiga orgatishda shu texnik malakalar harakatiga yaqin bolgan harakatli oyinlari qollash ijobiy natija berishini isbotlab berganlar.
Bizning tadqiqotimizda oolingan natijalar ham yuqorida qayd etilgan mutaxasislar fikrlarini obektiv ekanligidan dalolat berdi. Chunanchi, jadvalda ushbu tadqiqot natijalari aks ettirilgan. Jadvaldan korinib turibdiki, tajribadan avval nazorat turuhida 3 metrdan turib 4 m balandda joylashgan (devorda) diametri 30 sm aylana nishonga 10 marta topni aniq uzatish 5,2 martaga teng boldi.
Tajriba guruhidagi yosh voleybolchilarning korsatgichi ham deyarli shu darajada ekanligi qayd etildi.
Uzatish texnikasi nazorat guruxida 3,2 tadqiqot guruhida esa bu mezon 3,4 ni tashkil etdi. Demak, tadqiqot boshlanmasdan oldin bolalarning texnik tayyorgarligi deyarli bir xil bolgan.
8 oy mobaynida otkazilgan pedagogik tajriba otkazildi yani shu muddat davomida nazorat guruhi ananaviy mazmundagi mashgulotlar bilan band bolgan, tadqiqot guruhi esa mashgulotlar tarkibida top uzatish va zarba berish texnikasini shakllantiruvchi harakatli oyinlarni muntazam bajarib kelishgan.
Ushbu pedagogik tajriba natijalari top uzatish aniqligi va uning texnikasiga ham ijobiy tasir etganligi kozga tashlandi. Jumladan, nazorat guruhida top uzatish aniqligi iajribadan avval 5,2 martaga teng bolsa, texnikasi 3,2 deb baholangan bolsa, tajriba muddati tugaganidan song bu korsatgichlar nazorat guruhida top uzatish aniqligi 6,3 marta, texnikasi esa 3,3 bahoga loyiq boladi.
Tajriba guruhida esa top uzatish aniqligi va uning texnikasi tajribadan avval muvofiq ravishda 5,3 marta va 3,4 bahoga teng bolgan bolsa, tajriba mashgulotlari yakunlargan muddatdan song bu korsatgichlar 7,2 martagacha, texnikasi esa 4,4 bahogacha ortgani qayd etildi.
3.2.1-jadval
Dostları ilə paylaş: |