Jismoniy tarbiya nazariyasi va


Jism oniy madaniyat tizimining maqsadi va vazifalari



Yüklə 4,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/127
tarix28.11.2023
ölçüsü4,31 Mb.
#136108
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   127
jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti. ikkinchi nashr

Jism oniy madaniyat tizimining maqsadi va vazifalari
Jismoniy madaniyatning asosiy va/.ifasi, ijtimoiy tizim 
sifatida jamiyat maqsadlarini amalga oshirishdan iboratdir.
Jism o n iy m a d a n iy a t tiz im in in g maqsadi tarb iy an in g
umumiy maqsadlaridan kelib chiqib, fuqarolarni har tom on­
lama barkamol avlod darajasida rivojlantirishdan iborat.
Jismoniy tarbiyaning maqsadi obyektiv xarakterga ega, 
o d a m la rn i har to m o n la m a jism o n iy jih a td a n tayyorlash 
jamiyat talabini bildiradi.
Mehnat — odamlarning yashashi uchun birinchi va zaruriy 
shart, jismoniy tarbiya maqsadlarini amalga oshirishda asosiy 
omil hisoblanadi. Hozirgi kompyuterlashgan davr sharoitida 
ishlab chiqarish o ‘ziga xos asosli talablarni q o ‘ymoqda. Odam­
larning aqliy sifatlari takomillashuvini, qobiliyatini oshirib 
borishni talab etmoqda. Aqliy va jismoniy mehnat o ‘rtasida farq
25


yo‘qolib, mehnat borgan sari intellektual mazmunga ega b o ‘lib 
bormoqda. Jismoniy tarbiyaning maqsadi, umumiy vazifalar 
asosida aniqlashtirilib, ochib beriladi.
Jismoniy tarbiya tizimi qator vazifalarni hal etadi: 
sog‘-
lomlashtirish vazifasi 
— fuqarolarning salomatlik holatini 
mustahkamlash, organizmni garmonik rivojlantirish, harakat 
sifatlarini ta ’minlash, qaddi-qomatni to ‘g ‘ri rivojlantirishdan 
iborat.
Ta’lim vazifasi 
— bilim va ko ‘nikmalarni takomillash- 
tirish, maishiy, mehnat, mudofaa maqsadida jismoniy tarbiya 
manbalarining bilimlari bilan qurollantirish.
Tarbiyaviy vazifasi 
— aqliy, axloqiy, mehnat va estetik 
tarbiya fazilatlarini o ‘zlashtirib olish, yuqori iroda sifatlarini 
vujudga keltirish.
Mavjud pedagogik jarayonda ham m a vazifalar bir-biri 
bilan bogiiqdir. Har bir dars bu — sog‘lomlashtirish, ta ’lim- 
tarbiya vazifalarini hal qilish jarayoni seriyasidir. Lekin ba’zi 
bir jismoniy tarbiya bosqichlarida ulardan biri yuqori turishi 
mumkin.
Sog‘lomlashtirish vazifasini hal etish moddiy baza vazifa- 
sini lial etish imkonini beradi — mustahkam salomatlik, 
organizmning yuqori funksional imkoniyatini t a ’minlaydi. 
T o ‘g‘ri qomatli bo ‘lmagan odam jismoniy kamolotga erishishi 
butunlay m um kin emas. A m m o b a ’zi vaqtlarda sog‘lom- 
lashtirish vazifasi mustaqil ahamiyatga ega bo ‘lishi mumkin. 
Bu jismoniy tarbiyadagi maxsus yo‘nalishga taalluqli. Jismoniy 
mashqlar bilan shug‘ullanish jarayonida odamning tanasi va 
tabiatiga sekin-asta ta ’sir boshlanadi — uning jismoniy rivoj­
lanishi amalga oshiriladi.
Bizga m a ’lumki, har qanday jismoniy mashqlar doimo 
odam organizmiga ijobiy ta ’sir etavermaydi.
Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullantiruvchi va shug‘ulla- 
nuvchi har bir mashqni organizmning qaysi qismiga qachon 
va qanday ta’sir etishini ongli ravishda tushunib yetgandagina, 
u ijobiy ta ’sir etadi. Shunday qilib, jismoniy m a’lumot maxsus 
sistemalashgan bilimlarni, harakat qila bilishni va malakani, 
uni q o ‘llash usullarini, to‘plangan bilimlarni odamlarga berish 
jarayonidan iborat. Jismoniy m a’rifat berishning asosiy yo‘li 
harakat faoliyatlarini o ‘rgatishdan iborat („Jismoniy tarbiyada 
o'rgatish xususiyatlari“ bobiga qaralsin).
26



Yüklə 4,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə