O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
JIZZAX FILIALI
“PSIXOLOGIYA” FAKULTETI
“IQTISODIYOT VA TURIZM” KAFEDRASI
“Statistika” FANIDAN
MUSTAQIL ISH
MAVZU: O‘rtacha miqdorlar
Topshirdi: 558-22 guruh talabasi Boymurodov G‘.
Qabul qildi: G‘aybullayev S.
Jizzax 2023
O‘rtacha miqdorlar
Reja:
O‘rtacha miqdorlarning tushunchasi;
O‘rtacha miqdorlar turlari;
O‘rtacha arifmetik miqdor;
O‘rtacha garmonik miqdor;
O‘rtacha kvadrat miqdor;
O‘rtacha geometrik miqdor;
O‘rtacha miqdorlarning tushunchasi.
Mutlaq (absolyut) va nisbiy ma’lumotlardan keyingi umumlashma miqdorlar – bu o‘rtacha miqdorlar va u bilan bog‘liq turlanish (variatsiya) miqdorlaridir. Ular iqtisodiy analizda muhim ahamiyatga ega va yuridik statistikada muhim rol o‘ynaydi. Faqat o‘rtacha miqdorlar yordamida miqdoriy turlanuvchi belgilar bo‘yicha majmuini tasniflash mumkin bo‘lib, shu bo‘yicha ularni qiyoslash mumkin.
O‘rtacha miqdor deyilganda – bir turdagi (xildagi) hodisaning o‘zgaruvchan belgilari asosida umumlashtirib ta’riflovchi miqdor, ko‘rsatgich tushuniladi.
O‘rtacha miqdorning xususiyati shundaki, u to‘plamning umumiy darajasining to‘plam birliklariga bo‘lgan nisbatini ifodalashi mumkin. Tasavvur qilaylik, jinoyatchilik darajasi va tarkibi bo‘yicha o‘xshash ikkita tumanda tayinlangan jinoiy jazolar sud amaliyotini qiyoslash zarur. Bu vazifani muayyan sudlanuvchilarga nisbatan tayinlangan jazo choralarini taqqoslash asosida yechib bo‘lmaydi, zero bundan qandaydir qaror chiqarish mumkin, agar tasnifi bo‘yicha bir xil qilmishlar uchun mazmunan farq qiluvchi jazo choralari tayinlangan bo‘lsa. Ammo biz barcha jazo muddatlarini hisoblab (ularni x1,x2,x3 va h.k. shartli belgilar bilan belgilaymiz) va sudlanuvchilarning umumiy miqdoriga (n) bo‘lamiz hamda olingan o‘rtacha ko‘rsatkichga ko‘ra ikkala suddagi jazo tayinlash amaliyoti qanday holatda ekanligini aytish mumkin va o‘rtacha ko‘rsatkichlar asosida uni qiyoslash mumkin.
Shunday qilib, o‘rtacha miqdorlar yordamida bizni qiziqtiradigan u yoki bu miqdoriy alomatlar bo‘yicha yuridik ahamiyatli hodisalarning majmuini qiyoslash mumkin va bu qiyoslash orqali nafaqat jazo muddatlari to‘g‘risida, balki huquqbuzarlarning yoshi (mahkumlar, maxbuslar), balki tergov va jinoiy hamda fuqarolik ishlarini ko‘rish muddatlari to‘g‘risida, davo bahosi va hokazolar to‘g‘risida zarur xulosalar qilish mumkin.
O‘rtacha miqdorlar statistikada bir xil hodisalar yig‘indisining qandaydir bir miqdoriy o‘zgaruvchi belgilar bo‘yicha o‘zida umumiy xususiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |