Korporativ tuzilmalarda moliyaviy nazorat tizimini takomillashtirish masalalari



Yüklə 304,62 Kb.
səhifə12/21
tarix23.12.2023
ölçüsü304,62 Kb.
#155921
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Korporativ tuzilmalarda moliyaviy nazorat tizimini takomillashti-fayllar.org

3-rasm. Soliq nazorati shakllari

6

Quyidagilar O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining asosiy 


vazifalari va funktsiyalari etib belgilandi:


1) Davlat soliq siyosatini amalga oshirish va soliq qonunchiligiga, soliqlar 
va boshqa majburiy to’lovlarning to’g’ri hisoblanishiga, ularning to’liq va o’z
vaqtida to’lanishiga rioya qilinishi yuzasidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash;
6
Toshmurodova B. Soliq nazorati. O’quv qo’llanma. T-.: Iqtisod-moliya, 2007 y. 

Dastlabki 


(buxgalteriya
xizmati xodimlari
amalga

oshiradi)

Muddatlarga
qarab
Tezkor

Joriy
Joriy

(auditorlar amalga
oshiriladi) 
Manbalariga
qarab

Hujjatli


(kameral) 
Faktlarga asoslanib 

(joylarga


borib)

Soliq nazorati

shakllari 

Davlat 

Nodavlat



2) soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning O’zbekiston Respublikasi 


Soliq kodeksiga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston
Respublikasi Davlat byudjetiga, davlatning maqsadli jamg’armalariga va 
byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’liq miqdorda tushishini ta’minlash;
3) soliqlar yig’ilishini ko’paytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, 
ma’lumotlarning yagona kompyuter bazasini yuritish asosida soliq to’lovchilarni
hisobga olish mexanizmlarini takomillashtirish, ularga ko’rsatilayotgan axborot-
maslahat xizmatlari sohasini kengaytirish, soliq sohasida huquq buzilishlarining
oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish bo’yicha kompleks tadbirlarni 
ro’yobga chiqarish;
4) pul mablag’larining noqonuniy muomalada bo’lishi manbalarini bartaraf 
etish, aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy
shaxslar tomonidan naqd tushumning o’z vaqtida va to’liq topshirilishi yuzasidan 
tizimli nazoratni ta’minlash;
5) xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatini 
rag’batlantirish bo’yicha qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, ularga zarur
imtiyozlar va preferentsiyalar berish yuzasidan takliflar kiritish;
6) dehqon bozorlari va savdo komplekslarining moliya-xo’jalik faoliyatini,
ular tomonidan soliq qonunchiligiga rioya qilinishini qattiq nazorat qilish hamda 
jinoiy ishlarni huquqni muhofaza qilish organlariga topshirgan holda ularning
hududlarida aniqlangan huquq buzilishlari bo’yicha surishtiruvlar o’tkazish;
7) respublika nazorat qiluvchi organlarining xo’jalik yurituvchi sub’ektlar
faoliyatini 
tekshirish
masalalari 
bo’yicha ishlarini muvofiqlashtirilishini
ta’minlash, ushbu ishni amalga oshirishda bir-birini takrorlashga va 
suiiste’molchiliklarga yo’l qo’ymaslik;
8) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta va eksport-import 
operatsiyalarini amalga oshirishda qonun hujjatlariga qat’iy rioya etilishi yuzasidan
ta’sirchan nazoratni o’z vakolatlari doirasida amalga oshirish;
9) soliq xizmati organlarini halol, yuqori malakali xodimlar bilan
ta’minlash, korruptsiya va ishga rasmiyatchilik bilan munosabatda bo’lish 


holatlariga qat’iy ravishda barham berish bo’yicha tizimli ish olib borish, doimiy 


asosda kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasi oshirib borilishini
ta’minlash.
Soliq nazorati quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
1) Soliq to’lovchilarni hisobga olish.
2) soliq solish ob’ektlarini va soliq solish bilan bog’liq ob’ektlarni hisobga
olish;

3) byudjetga va davlat maqsadli jamg’armalariga tushayotgan tushumlarni


hisobga olish;
4) kameral nazorat;
5) naqd pul tushumlari kelib tushishining xronometraji;
6) soliq tekshiruvlari;
7) fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini qo’llash;
8) aktsiz to’lanadigan ayrim turdagi tovarlarni markalash, shuningdek ayrim
korxonalarda moliya inspektori lavozimini joriy etish;
9) davlat daromadiga qaratilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan
tushadigan pul mablag’lari davlat daromadiga o’z vaqtida va to’liq tushishini 
nazorat qilish;
10) boshqa majburiy to’lovlarni undirish vazifasini amalga oshiradigan 
davlat organlari va tashkilotlar ustidan nazorat qilish.
Soliq tekshiruvlari quyidagi turlarga bo’linadi:
- Rejali soliq tekshiruvi;
- rejadan tashqari soliq tekshiruvi;
- muqobil tekshiruv;
Soliq to’lovchi moliya-xo’jalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvi (taftishi) - 
tekshiruvlarni amalga oshirishning nazorat qiluvchi organlar faoliyatini
muvofiqlashtiruvchi 
maxsus
vakolatli 

organ
tomonidan 


tasdiq-langan
muvofiqlashtirish rejasi asosida o’tkaziladigan tekshiruvdir. Soliq to’lovchi 
moliya-xo’jalik faoliyatining rejadan tashqari soliq tekshiruvi (taftishi) quyidagi
hollarda o’tkaziladigan tekshiruvdir:


1) Yuridik shaxs tugatilayotganda;


2) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O’zbekiston Respublikasi
Hukumatining qarorlaridan kelib chiquvchi tekshiruvlarni o’tkazish zarur 
bo’lganda;
3) Davlat soliq xizmati organiga soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari soliq 
to’lovchi tomonidan buzilganligi hollari haqida qo’shimcha ma’lumotlar
tushganda.
Muqobil tekshiruv - operatsiyalar birligi tufayli o’zaro bog’langan va turli
soliq to’lovchilarda bo’lgan hujjatlarni taqqoslashdan iborat tekshiruvdir.
Mamlakatimizda yuz bergan iqtisodiy o’zgarishlar, bozor munosabat-lariga
asoslangan jamiyatga o’tib borilishi soliq nazoratining shakllariga ham jiddiy 
o’zgarishlar yuz berishiga sabab bo’ldi. Mazkur o’zgarishlar va islohotlarning
barchasi 2007 yil 23 noyabrda Qonunchilik palatasi tomoni-dan qabul qilingan
2007 yil 30 noyabrda Senat tomonidan ma’qullangan, 2007 yil 25 dekabrda
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A. Karimov tomonidan tasdiqlangan 
2008 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kirgan O’zbekiston Respublikasining Soliq
kodeksining 67-moddasida o’z ifodasini topgan.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, O’zbekiston Respublikasi davlat soliq
xizmati organlari tizimini mamlakatdagi nazorat tiziminining ajralmas tarkibiy 
qismi bo’lib hisoblanadi va shu sababli soliq qonunlariga rioya etilishiga erishishni
ta’minlash qonunchilikni mustahkamlash, huquq tartibotga rioya etilishiga 
erishishni amalga oshiradi.


Yüklə 304,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə