Korporativ tuzilmalarda moliyaviy nazorat tizimini takomillashtirish masalalari


Angren shahar davlat soliq inspektsiyasi tomonidan byudjetga



Yüklə 304,62 Kb.
səhifə15/21
tarix23.12.2023
ölçüsü304,62 Kb.
#155921
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Korporativ tuzilmalarda moliyaviy nazorat tizimini takomillashti-fayllar.org

Angren shahar davlat soliq inspektsiyasi tomonidan byudjetga

hisoblangan moliyaviy jarimalar to’g’risida ma’lumot

8

ming so’mda 




Yillar 

Jami 

moliyaviy 

jarima 

summasi 

10 % lik 

moliyaviy 

jarima 

100 % lik 

moliyaviy 

jarima 

Ustama 

Haqiqatda tushgan 

Byudjetga 

SORF ga 

2011 
346432,4 
86472,4
239234,9 
32072,1
242587,4 
111647

2012 
454177,7 
70123,4
313252,3 
27080
395412,5 

64984,2


2013 
487921,3 
70123,4
413357,8 
42536
404528,0 

82411,3
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, soliq inspektsiyasi tomonidan soliq 


nazorati davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan hisoblangan moliyaviy


jarima summalari o’z navbatida byudjetga va soliq organlarini rivojlantirish 
fondiga taqsimlangan. 2011 yilda 346432,4 ming so’mlik moliyaviy jarimaning
68% byudjetga qolgan 32% soliq organlarini rivojlantirish fondiga o’tkazilgan. 
2013 yilda 487921,3 ming so’mlik moliyaviy jarimaning 83% byudjetga qolgan
17% soliq organlarini rivojlantirish jamg’armasiga yo’naltirilgan.


2-bob bo’yicha xulosalar 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik sub’ektlari, xususan korporativ 
tuzilmalar faoliyatini moliyaviy nazorat qilishda soliq organlari eng asosiy nazorat
qiluvchi organ hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda mamlakatmizda soliq 
nazoratini tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yurtimizda faoliyat olib
borayotgan ko’p sonli tadbirkorlar takliflari inobatga olinib, O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2011 yil 4 apreldagi “Tadbirkorlik sub’ektlarini
tekshirishlarni yanada qisqartirish va ular faoliyatini nazorat qilishni tashkil etish 
tizimini takomillashtirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi PF-
8
Angren shahar DSI hisobot ma’lumotlari asosida tayyorlangan. 


4296-sonli Farmoni bilan tekshirishlar soni yanada qisqardi, ularni tashkil etish, 


o’tkazish tizimi takomillashdi. Shuningdek, Farmonda Nazorat kiluvchi organlar
faoliyatini muvofiqlashtirish Respublika Kengashi tomonidan tasdiqlangan 
tekshiruvlar reja-jadvaliga tushgan korxonalardan soliq va boshqa majburiy
to’lovlarni o’z vaqtida to’lagan, ishlab chiqarish sur’atlarining barqaror o’sishi va 
rentabelligini ta’minlaganlarini 2014 yilgi reja-jadvaldan chiqarib tashlanishi qayd
etib o’tilgan. 
Soliq nazorati mamlakatdagi nazorat tizimining ajralmas tarkibiy qismi
bo’lib hisoblanadi va shu sababli soliq qonunlariga rioya etilishiga erishishni 
ta’minlash qonunchilikni mustahkamlash, huquq tartibotiga rioya etilishiga
erishishni anglatadi. Soliq nazorati huquqiy tizimning ajralmas tarkibiy qismi 
sifatida adolat, demokratiya kabi tamoyillarga amal qiladi. Soliqlar davlat
daromadlari tarkibida eng salmoqli va hukmron mavqeini egallashi jamiyatdagi 
huquqiy ong, iqtisodiy taraqqiyot, nazorat tizimlarining vujudga kelishi bilan
bog’liqdir. Soliq nazoratining vujudga kelishi jamiyatning demokratlashuvi 
jarayoni bilan chambarchas bog’liq bo’lib, uning vositasida davlatning yangi
soliqlar va yig’imlar joriy etish hamda to’plashga bo’lgan ishtiyoq bilan ishlab 
chiqarishda qatnashayotgan fuqarolar mulkiy manfaatlari o’rtasida adolatli
muvozanat saqlab turilishiga harakat qilinadi.




Yüklə 304,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə