Korporativ tuzilmalarda moliyaviy nazorat tizimini takomillashtirish masalalari



Yüklə 304,62 Kb.
səhifə9/21
tarix23.12.2023
ölçüsü304,62 Kb.
#155921
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Korporativ tuzilmalarda moliyaviy nazorat tizimini takomillashti-fayllar.org

1-bob bo‘yicha xulosalar 
Moliyaviy nazorat doimiy ravishda uzluksiz davom etadigan jarayon 
hisoblanadi. Moliyaviy nazorat bozor munosabatlarini takomillashtirish sharoitida
iqtisodiyotni erkinlashtirish tizimining yetakchi zarur elementi sifatida shakllanib, 
rivojlanib boradi. Moliyaviy nazorat mamlakatimizda mavjud milliy boyligimizni
va yaratilgan moddiy ne’matlarimizni hamda aholining manfaatlarini himoya 
qilishga yo’naltirilgandir. Davlatning moliyani boshqarish borasidagi faoliyati ko’p
qirrali, turli-tuman moliyaviy munosabatlarni tashkil qilishdan iborat bo’lib, ular
moliya nazorati orqali amalga oshiriladi.
Yuqorida qayd etib o’tganimizdek, moliyaviy nazoratning mohiyati uning 
vazifalarida o’z ifodasini topib, ulardan biri «moliyaviy resurslarning ahvolini
nazorat

etishdan


iboratdir. 
Ushbu
nazorat

davlat
byudjeti 


oldidagi
majburiyatlarning o’z vaqtida va to’liq ijro etilishini, markazlashtirilgan va 
markazlashtirilmagan pul jamg’armalaridan foydalanishga doir operatsiyalarning
to’g’ri amalga oshirilishini tekshirishni nazarda tutadi». 


Moliyaviy nazorat yalpi ijtimoiy va milliy daromadni tashkil etish


taqsimlash va ulardan foydalanish kabi moliyaga xos bo’lgan sifatlarni nazorat
etish vositasi bo’lib xizmat qiladi. Boshqacha aytganda, moliyaning nazorat 
funktsiyasi moliyaviy nazoratning asosiy qismi bo’lib, moliyaga bo’lgan ehtiyoj va
moliya resurslari majudligi o’rtasida muvozanat bo’lishiga yordam beradi. Bunda 
moliyaviy nazoratning ishlashi uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlar nazorat
faoliyati barcha jabhalarining, xususan, uning chegaralari, amalga oshirish usul va 
shakllarining aniq tartibga solinishi, nazorat organlari huquqiy maqomi, ularning
huquq va majburiyatlarini belgilashdan iboratdir. Yuqorida bayon etilgan 
holatlarni hisobga olib, aytish mumkinki, moliyaviy nazorat huquq me’yorlari
bilan tartibga solingan, davlat va nodavlat organlari hamda xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlarning moliya resurslarini boshqarish qonuniyligi va samaradorligini
belgilash, moliya intizomini ta’minlash hamda aniqlangan tartibbuzarliklarni 
tugatish va ogohlantirish bo’yicha o’z vaqtida chora-tadbirlar qabul qilishga doir
faoliyatidir.






Yüklə 304,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə