Korporativ tuzilmalarda moliyaviy nazorat tizimini takomillashtirish masalalari


-rasm. Moliyaviy nazoratni tashkil etish tamoyillari



Yüklə 304,62 Kb.
səhifə6/21
tarix23.12.2023
ölçüsü304,62 Kb.
#155921
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Korporativ tuzilmalarda moliyaviy nazorat tizimini takomillashti-fayllar.org

2-rasm. Moliyaviy nazoratni tashkil etish tamoyillari

3

Ob’ektivlik va kompetentlik (layoqatlilik, qodirlik) nazoratchilar tomonidan 


amaldagi qonunchilikka so’zsiz itoat etilishini, taftish ishlarini amalga
oshirishning belgilangan (o’rnatilgan) standartlariga (andozalariga) qattiq rioya 
etish asosida nazoratchilar ishining yuqori kasbiy darajada bo’lishini taqoza etadi.
Oshkoralik davlat nazoratchilarining jamotchilik va ommaviy axborot vositalari 
bilan doimiy aloqada bo’lishini ko’zda tutadi.
Ana shu asosiy printsiplardan amaliy xarakter kasb etuvchi moliyaviy 
nazoratning quyidagi boshqa printsiplari kelib chiqishi mumkin:

natijalilik; 


nazoratchilar tomonidan talab qilinadigan talablarning aniqligi va 


mantiqiyligi;

nazorat sub’ektlarining sotib oluvchanmasligi; 


tekshirish va taftish dalolatnomalarida keltirilgan ma’lumotlarning 


asoslanganligi va isbotlanganligi;

preventivlik (moliyaviy buzilmalar ehtimolining ogohlantiriluvchanligi); 


moliyaviy jinoyatlar bo’yicha shubhalanilayotgan shaxslarning aybsizlik 


(sudgacha) prezumptsiyasi;
3
B.A.Musaev, Z.X.Srojiddinova. Kontrolno-ekonomicheskaya rabota finansovix organov. O’quv qo’llanma 2006 y. 


Moliyaviy nazoratni

tashkil etish tamoyillari 
Qonuniylik 
Malakaviylik
Natijaviylik

Uzluksizlik 

Oshkoralik 
Haqqoniylik




turli nazorat organlari faoliyatlarining muvofiqlashtiruvchanligi va 


boshqalar;


Moliyaviy nazoratni tashkil qilish tizimiga bevosita yoki bilvosita ta’sir 
ko’rsatuvchi qonunlar qabul qila turib, har bir davlat, odatda, yuqoridagi
printsiplarga tayanadi (asoslanadi). Bir vaqtning o’zida, har bir davlatda nazorat 
harakatlarining o’z reglamenti (tartibi va ketma-ketligi) mavjud bo’lib, bu narsa
pirovardida moliyaviy nazoratning natijalariga o’z ta’sirini, albatta, ko’rsatadi. 
Moliyaviy nazorat moliyaning maxsus funktsiyasi bo’lib, uning maqsadi
moliyaviy resurslarni boshqarish qonuniyligi va samaradorligi bo’yicha qabul 
qilingan andozalardan chetga chiqish hollarini aniqlash, bunday chetga chiqishlar
mavjud bo’lganida esa, ularni tuzatish va oldini olish bo’yicha tegishli choralarni 
o’z vaqtida qabul qilishdan iborat. U nazoratning boshqa turlaridan farqli o’laroq,
ijtimoiy ishlab chiqarishning barcha sohalarida mavjud bo’lgan holda, pul 
jamg’armalari harakatining butun jarayonida kuzatiladi. Shu sababli moliyaviy
nazorat har qanday ishlab chiqarishda xo’jalik yuritish mexanizmining ob’ektiv 
ravishda zaruriy bo’lgan tarkibiy qismidir, deb tasdiqlash mumkin.
Moliyaviy nazorat davlat nazoratining tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadi. 
Moliyaviy nazoratning mohiyati uning vazifasida o’z ifodasini topadi. Moliyaviy
nazorat, masalan, moliyaviy mablag’lar holati ustidan olib boriladigan nazorat yoki 
byudjetni to’ldirish, markazlashgan va markazlashmagan pul jamg’armalaridan
foydalanish operatsiyalari ustidan olib boriladigan nazorat va boshqa 
ko’rinishlarda bo’lishi mumkin.
Moliyaviy nazoratning oldida turgan eng asosiy vazifalar quyidagilardan 
iborat:

pul fondlarining o’lchami va moliyaviy resurslarga bo’lgan ehtiyoj 

o’rtasidagi mutanosiblikka (balanslilikka) ta’sir ko’rsatish;



davlat byudjeti oldidagi majburiyatlarning o’z vaqtida va to’liq bajarilishini 

ta’minlash;



moliyaviy resurslarni ko’paytirishning ichki xo’jalik zaxiralarini qidirib 

topish va boshqalar.





Shunday qilib, yuqoridagilarga asoslangan holda moliyaviy nazoratga 


quyidagicha ta’rif berish mumkin, moliyaviy nazorat - bu pul mablag’larini
yig’ish, sarflash va undan foydalanish jarayonida olib boriladigan hamda 
qonuniylikni ta’minlashga qaratilgan davlat nazoratining bir turidir.
Moliyaviy nazoratni olib borishda albatta qonunga rioya etish talab qilinadi. 
Buning mazmuni shundan iboratki, respublika hududida faoliyat ko’rsatuvchi
barcha davlat organlari (mansabdor shaxslari), korxona, muassasa, tashkilotlar va 
fuqarolar O’zbekiston Respublikasi qonunlariga og’ishmay amal qilishlari lozim.
Moliyaviy nazorat moliya huquqi tizimiga kiruvchi barcha moliyaviy-huquqiy 
institutlarga (bo’limlarga) xosdir.
Moliyaviy nazorat quyidagi maqsadlarda amalga oshirilishi mumkin: 
birinchidan, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan davlat, mahalliy davlat
hokimiyati organlari oldidagi moliyaviy majburiyatlarining bajarilishini tekshirish; 
ikkinchidan, davlat va mahalliy korxonalar, muassasalar va tashkilotlar
tomonidan ularning ixtiyorida yoki kundalik boshqaruvida bo’lgan pul 
mablag’laridan to’g’ri va maqsadga muvofiq foydalanilayotganligini tekshirish;
uchinchidan, yuridik shaxslar tomonidan moliyaviy operatsiyalar, hisob-
kitob, hisobot va pul mablag’larini saqlash va sarflashning qonunchilik bilan
o’rnatilgan talablariga rioya etilishini tekshirish; 
to’rtinchidan, ishlab chiqarishning ichki zahiralarini aniqlash;
beshinchidan, moliyaviy intizom buzilishi hollarini bartaraf etish va 
ogohlantirish.
Yuqorida qayd etib o’tganimizdek, moliyaviy nazoratning mohiyati uning 
vazifalarida o’z ifodasini topib, ulardan biri «moliyaviy resurslarning ahvolini
nazorat

etishdan


iboratdir. 
Ushbu
nazorat

davlat
byudjeti 


oldidagi
majburiyatlarning o’z vaqtida va to’liq ijro etilishini, markazlashtirilgan va 
markazlashtirilmagan pul jamg’armalaridan foydalanishga doir operatsiyalarning
to’g’ri amalga oshirilishini tekshirishni nazarda tutadi». 
Moliyaviy nazoratning boshqa vazifalari qatoriga yuridik adabiyotlarda
korxonalar, tashkilotlar tomonidan ularning tasarrufidagi pul mablag’lari (byudjet 


mablag’lari, bank ssudalari va h.k.)dan to’g’ri foydalanilishi hamda tashkilotlar, 


korxonalar va muassasalar tomonidan moliyaviy operatsiyalar, hisob-kitoblarni
amalga oshirish va pul mablag’larini saqlashga oid qoidalarga rioya etilishini 
tekshirish kiritilgan. Yana bir vazifa sifatida moliya intizomining buzilishini
bartaraf etish va buning oldini olish, ogohlantirish ajratiladi. Ular aniqlangan 
hollarda tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolarga nisbatan belgilangan
tartibda jazo choralari qo’llaniladi, davlat va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga 
etkazilgan zararni qoplash ta’minlanadi.
Moliyaviy nazorat vazifalarini amalga oshirish natijasida moliyaviy 
faoliyatda qonuniylik tamoyili tomonlaridan birini ifodalaydigan moliya intizomi
mustahkamlanadi. Moliya intizomi deganda, davlat va xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlar pul jamg’armalarini tashkil etish, taqsimlash va ulardan foydalanish
vaqtida belgilangan ko’rsatmalar va tartibga qat’iy rioya etilishi tushuniladi. 
Moliya intizomi talablari yuridik va jismoniy shaxslar hamda davlat organlari
uchun amal qiladi. Shunday qilib, moliyaviy nazorat davlat manfaatlarini 
ta’minlaydi va aniq jismoniy shaxslar va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning huquq
va manfaatlariga rioya etilishi (masalan, byudjetga to’lovlar bo’yicha imtiyozlar 
berish to’g’risidagi qonunlarga rioya etilishi, soliqlar to’g’ri olinishi va h.k.ni
nazorat etish)ga yordam beradi.
Moliyaviy nazoratning muvaffaqiyatli va samarali o’tkazilishi uning tashkil
etilish darajasiga va nazoratning turlari, shakllari va uni o’tkazishning metodlariga 
bog’liq. Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi sub’ektlarga ko’ra uning quyidagi
turlari mavjud: 

umumdavlat moliyaviy nazorati; 


idoraviy moliyaviy nazorat; 



xo’jalik ichidagi moliyaviy nazorat; 



jamoatchilik moliyaviy nazorati; 



mustaqil moliyaviy nazorat. 

Umumdavlat moliyaviy nazorati davlat hokimiyat organlari (prezident,


hukumat, Oliy majlis, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Davlat bojxona 


qo’mitasi va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi. Bu turdagi moliyaviy 


nazoratning bosh maqsadi daromadlarning tushib turishi va davlat xarajatlarining
sarflanishi bo’yicha davlat va jamiyatning manfaatlarini ta’minlashdan iborat. 
Idoraviy moliyaviy nazorat vazirliklarning nazorat-taftish boshqarmalari va
boshqa tarkibiy tuzilmalari tomonidan amalga oshirilib, shu idoraga bo’ysunuvchi 
korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyatini qamrab oladi. Xo’jalik ichidagi
moliyaviy nazorat korxona va tashkilotlarning iqtisodiy va moliyaviy xizmatlari 
tomonidan o’tkaziladi. Bu erda moliyaviy nazoratning ob’ekti sifatida korxona,
tashkilot va muassasalarning xo’jalik va moliyaviy faoliyati maydonga chiqadi. 
Jamoatchilik moliyaviy nazorati nodavlat tashkilotlari tomonidan amalga
oshiriladi. Nazoratning ob’ekti uning oldiga quyilgan vazifalarga muvofiq ravishda 
aniqlanadi. Mustaqil moliyaviy nazorat maxsus organlar: auditorlik firmalari va
boshqa xizmatlar tomonidan o’tkaziladi. 
Moliyaviy nazorat yalpi ijtimoiy va milliy daromadni tashkil etish,
taqsimlash va ulardan foydalanish kabi moliyaga xos bo’lgan sifatlarni nazorat 
etish vositasi bo’lib xizmat qiladi. Boshqacha aytganda, moliyaning nazorat
funktsiyasi moliyaviy nazoratning asosiy qismi bo’lib, moliyaga bo’lgan ehtiyoj va 
moliya resurslari majudligi o’rtasida muvozanat bo’lishiga yordam beradi. Bunda
moliyaviy nazoratning ishlashi uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlar nazorat 
faoliyati barcha jabhalarining, xususan, uning chegaralari, amalga oshirish usul va
shakllarining aniq tartibga solinishi, nazorat organlari huquqiy maqomi, ularning 
huquq va majburiyatlarini belgilashdan iboratdir. Yuqorida bayon etilgan
holatlarni hisobga olib, aytish mumkinki, moliyaviy nazorat huquq me’yorlari 
bilan tartibga solingan, davlat va nodavlat organlari hamda xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarning moliya resurslarini boshqarish qonuniyligi va samaradorligini 
belgilash, moliya intizomini ta’minlash hamda aniqlangan tartibbuzarliklarni
tugatish va ogohlantirish bo’yicha o’z vaqtida chora-tadbirlar qabul qilishga doir 
faoliyatidir.


Yüklə 304,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə