Kurs ishi fan : Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o’stirish


) nutqning psixofiziologik mexanizmlaridagi chetlashish bilan bog’liq  bo`lgan xususiyatlar



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/47
tarix23.12.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#155347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
 
3)
nutqning psixofiziologik mexanizmlaridagi chetlashish bilan bog’liq 
bo`lgan xususiyatlar;
 
4)
o`z-o`zidan yo`qolmaydigan, balki mustahkamlanadigan barqaror 
xususiyatlar;
 


4
5)
nutq buzilishining xarakteriga bog’liq holda mustahkamlanadigan 
barqaror xususiyatlar;
 
6)
bolaning
keyingi
psixik
rivojlanishiga
tez-tez 
salbiy
ta’sir o`tkazadigan xususiyatlar.
 
Bunday tarif nutq buzilishlarini nutqning yoshga bog’liq xususiyatlaridan, 
uning bolalarda va kattalarda vaqtinchalik buzilishidan; nutqning territorial dialektli 
va sosial-madaniy omillari bilan bog’liq xususiyatlaridan farqlash imkoniyat 
yaratadi.
O`zbekiston Respublikasi Ta’lim to`g’risidagi qonunning 23 moddasiga 
ko`ra rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchiliklarga ega bo`lgan anomal
bolalar ta’lim olish huquqiga ega. Bizning mamlakatimizda anomal bolalarga 
yordamni tashkil etish – inson haqida g’amxo`rlik ko`rsatilishining yorqin
namunalaridan biridirO`zbekistonda anomal va nogiron bolalarga yordamgni tashkil 
etish maxsus maktab internatlar, zaif eshituvchi bolalar uchun maktab internatlari; 
aqlan zaif bolalar uchun maktabgacha tarbiya muassasalari o`quv kuni uzaytirilgan 
maktablar, maktab-internatlar, profesional mexnat kolejlarida maxsus guruxlar; zaif 
ko`ruvchi va zaif eshituvchi, og’ir nutq nuqsonlari bor bolalar uchun maktbgacha 
tarbiya muassasalari, maxsus maktab internatlar, o`rta umumiy ta’lim maktablari 
qoshida nutqiy sinflar; ruµiy rivojlanishi sustlashgan bolalar uchun o`rta umumiy 
ta’lim maktablari qoshida tenglashtirish sinflari, maktab internatlar; xarakat-tayanch
a’zolari jaroxatlangan bolalar muassasalari, maktab-internat; o`rta umumiy ta’lim 
maktablari qoshida logopedik punktlar ishlab turibdi.
Sog’liqni saqlash vazirligi qoshida anomal bolalarga tibbiy yordam 
ko`rsatadigan
maxsus
psixonevrologiya sanatoriylari,
stasionarlar bor, 
poliklinikalarda surdologik, logopedik kabinetlarda mutaxassis-defektologlar tibbiy 
xodimlar bilan hamkorlikda tegishli ishlarni olib bormoqdalar. Og’ir nutq nuqsonlari 
bor bolalar uchun xalq maorifi ministrligi qoshida maktabgacha yoshdagi bolalarga
mo`ljallab, nutqiy bog’chalar yoki bolalar bog’chalari qoshida nutqiy guruxlar 
tashkil etilgan. Bu turdagi maxsus bog’chalarning asosiy vazifasi nutq 
kamchiliklarini iloji boricha barvaqt aniqlab bularni bartaraf etish va shu yo`l bilan 


5
og’ir nutq nuqsonlarining odini olish, ikkilamchi asoratni bartaraf etishdir. Maktab 
yoshidagi logopat, ya’ni nutqida kamchiligi bo`lgan bolalar uchun ommaviy umumiy 
ta’lim maktablarida logopedik punktlar tashkil etilgan. Tekshirishlar natijalari 
logopedik xulosalarda yakunlanadi. Logopedik xulosalar asosida bola bilan olib 
borilishi kerak bo`lgan chora –tadbirlar, reja tuziladi. Rivojlanishida nuqsoni bo`lgan 
bolalar me’yorda rivojlanayotgan tengdoshlari orasidagi xarakterli farqlardan biri – 
ruhiy jarayonlarning etarli rivojlanmasligi hisoblanadi. Rivojlanishi orqada qolgan 
bolalarning umumiy tavsifi uning verbal imkoniyatlari doimo past ekanligini 
ko`rsatadi. Shuningdek, bola nutqining rivojlanish darajalari va intelekti orasida 
o`zaro murakkab munosabatlar hukm suradi. Maxsus usullar yordamiad bolalarni 
faqat lozim bo`lgan so`zlarning ma’nosini tushuntiribgina qolmasdan, balki undan 
o`z nutqida faod qo`llashga o`rgatib boriladi. Bilish faoliyatining holati, atrofdagilar 
bilan bolaning muloqatga kirishish imkoniyati, odob – axloq normalarini 
o`zlashtirish, ijtimoiy adaptasiyaning muvaffaqiyatli bo`lishi ko`p jihatdan bola 
nutqining rivojlanish darajasiga bog’liq. Nutqida nuqsoni bor bolalar bilan olib 
boriladigan ta’lim tarbiya jarayonida bolalar quyidagi bilim, ko`nikma, malakalar 
bilan qurollantiriladi:
-
Bolalarni nutq kamchiliklarini bartaraf etish va shu bilin birga idrok, 
xotira, tafakkur, tasavvur kabi bilish qobiliyatlarini rivojlantirish;
-
Korreksion – pedagogik ish faoliyatini to`g’ri yo`lga qo`yish;
-
Bu jarayonda qo`llaniladigan ish metod va usullarini analiz, sintez, 
taqqoslash,
umumlmshtirish, konkretlashtirish kabi aqliy 
operasiyalardan foydalanish;
-
Bolalarning individual va psixik xususiyatlarini hisobga olgan holda 
nutq o`stirishga qaratilgan maxsus usullardan foydalanish va ularni hayotga 
moslashtirish;


6
Shu maqsadni amalga oshirish uchun biz tadqiqotimizning maqsadini va 
ustivor vazifalarini belgilab oldik.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə