Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma


Genitiv kelishigining gapda qo‘llanishi



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə33/533
tarix23.12.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#157157
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   533
Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma

5.4 Genitiv kelishigining gapda qo‘llanishi
(Gebrauch des Genitivs im Satz)

Nemis tilida qaratqich kelishigidagi ot predlog bilan qo‘llanadi. Qaratqich kelishigi undov yordami bilan ham ifoda etilishi mumkin: Ach, ich bin des Treibens müde! (Goethe).


Bu predloglar qaratqich kelishigi bilan qo‘llanganda sabab, to‘siq va maqsad kabi ma’nolarni anglatadi. Qaratqich kelishigida qo‘llangan predlog sabab, to‘siq va maqsad ma’nolarni anglatadi: a) wegen des Diebstahls, infolge seiner Ankunkt; b) trotz seiner Bemühungen, ungeachtet seiner Ankunft, c) zwecks weiteren Studiums.
Qaratqich kelishigidagi atoq ot kesimning o‘zgarmaydigan qismi hisoblangan predikativ o‘rnida ham qo‘llanishi mumkin. Bu holatni ko‘pincha sein yordamchi fe’lining bog‘lama (Kopula) vazifasida ishlatilganida uchratamiz : Dieses Wort ist lateinischen Ursprungs.
Qaratqich kelishigi hol vazifasida qo‘llanib, modal ma’noni anglata oladi: Er geht schnellen Schrittes: er kam schweren Herzens zurück.
Nemis tilida bu vazifani qo‘llagan qaratqich kelishigi o‘zbek tiliga boshqacha ifodalanadi. Masalan: Er geht schnellen Schrittes – U tez qadam bilan bormoqda. Er kam schweren Herzenes zurück – U qalbi vayron holda qaytib keldi; Er ist anderen Sinnes geworden – uning fikri o‘zgargan. Oxirgi misolning tarjimasi shuni ko‘rsatadiki, u olmoshi nemis tilida bosh kelishikda ishlatilgan bo‘lsa, o‘zbek tilida qaratqich kelishigida qo‘llangan.

5.5 Dativ kelishigi
(Der Dativ, der Wemfall)
Jo‘nalish kelishigining asosiy vazifasi harakatning predmetga bo‘lgan munosabatini ifodalaydi. Jo‘nalish kelishigidagi ot vositasiz to‘ldiruvchi bo‘lib keladi: Der neue Lehrer gefällt mir. Sie helfen unseren Studenten.
Jo‘nalish kelishigi ish harakatning biror shaxsga yo‘nalganligini ifoda etadi. Masalan: Er hat mir einen Roman gekauft. Der Anzug ist dir zu kurz.
Ba’zan jo‘nalish kelishigi o‘rnida tushum kelishigi ham ishlatilishi mumkin: Der Vater hat mir einen Hut gekauft yoki der Vater hat für mich einen Hut gekauft.


Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   533




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə