Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə34/533
tarix23.12.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#157157
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   533
Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma

5.6 Dativ kelishigining yasalishi
(Bildung des Dativ)

Nemis tilida jo‘nalish kelishigi kuchli turlanadigan ot umuman –e kelishik qo‘shimchasini oladi. Lekin bu qo‘shimcha har doim va har bir otga qo‘shilavermaydi. Bu kelishik qo‘shimchasi jo‘nalish kelishigidagi otga qo‘shilishi yoki qo‘shilmasligi nemis tilining nutq takti, ritmik bo‘g‘inning urg‘uli yoki urg‘usiz bo‘lishiga bog‘liqdir. Masalan: im Staube liegen, dem Freunde schreiben, lekin bei tag und Nacht.


Ammo –e kelishik qo‘shimchasi ba’zi so‘z birikmalarida kelgan jo‘nalish kelishigidagi otga albatta qo‘shiladi. Masalan: im Grunde genommen, zu Grunde gehen, nach Hause gehen.
Kuchsiz turlanadigan otlar jo‘nalish kelishigidagi (Dativ) da –n qo‘shimchasini oladi: dem Studenten, dem Knaben.
Quyidagi so‘z va otlar jo‘nalish kelishikdagi –e qo‘shimchasini olmaydi:
a) undosh tovush yoki diftongga tugagan otlar: der Uhr, im Schnee, auf dem Heu, mit dem Brei.
b) oldida predlog bo‘lib artiklsiz ishlatilgan otlar: aus Holz, von Fall, im Wald und Feld.
c) otlashgan so‘zlar: in diesem Rot.
d) qo‘shma otlar sostavida kelgan otlar: Vom Blitzstrahl getroffen, am Sonnabend.
e) so‘zning kuchsiz urg‘uli bo‘g‘inidan keyin: dem Jüngling, auf dem Teppich.
f) jo‘nalish kelishigida kelib, o‘lchov ma’nosini ifoda etadigan otlar: bei einem Glas (e) kühlen Bier, mit einem Tropfen Öl.
Jenskiy rodga oid bo‘lgan otlar birlik jo‘nalish kelishigida hech qanday kelishik qo‘shimchasini olmaydi, bu vazifani faqat artikl orqali ifoda etiladi. Masalan: der Mutter, der Tochter.

5.7 Dativ kelishigining ma’nosi va ko‘plik formasi
(Bedeutung und Pluralform des Dativs)

Nemis tilida jo‘nalish kelishigi ko‘plik formasining yasalishi unchalik murakkab ko‘rinishga ega emas. Birlikdagi barcha turlanish tipiga oid bo‘lgan otlar jo‘nalish kelishigi ko‘pligida asosan -(e)n kelishik qo‘shimchasini oladi. Faqat chet tillaridan kirib kelgan otlar jo‘nalish kelishigi ko‘pligida -s dan boshqa hech qanday qo‘shimcha olmaydi: Masalan: Tagen, Händen, Ländern, Vögeln, Knaben, Klubs, Kasus (dem Kasus, den Kasus).


Jo‘nalish kelishigining asosiy funksiyasi gapdagi vositali to‘ldiruvchini ifoda etishdan iboratdir. Jo‘nalish kelishigi quyidagi ma’nolarni anglatadi:
1) Nemis tilida ma’lum fe’llar borki, ulardan keyin yo‘llanadigan ot jo‘nalish kelishigida ishlatilishi zarur va bu ot gapda to‘ldiruvchini (Dativobjekt) ifoda etadi. Bunday fe’llarga quyidagilar kiradi: begegnen, beistimmen, danken, dienen, drohen, erwidern, folgen, gefallen, helfen, sich nähern, trauen, winken va boshqalar
2) Jo‘nalish kelishigidagi ot (Dativobjekt) tushum kelishigidagi to‘ldiruvchi (Akkusativobjekt) bilan ham birga ishlatiladi: die Mutter gibt der Tochter eine Handuhr – ona qiziga qo‘l soat beryapti.
Bu holat odatda gapda bir necha to‘ldiruvchi bo‘lgan hollarda uchraydi. Bunda, ko‘pincha, jo‘nalish to‘ldiruvchisi shaxsni, tushum to‘ldiruvchisi esa predmet ma’nosini ifoda etadi. Masalan: Marx zeigte den Arbeitern den Weg in die Zukunft.
Xabar darak ma’nosini anglatadigan befehlen, erlauben, erwiedern, meldem, mitteilen, raten, babi fellardan keyin Akkusativobjekt – Dativobjekt formasi qo‘llaniladi.
3) Abnehmen, anbeiten, bringen, geben kabi fe’llardan keyin Dativobjekt va Akkusativobjekt formalari ishlatiladi: Er bat mit seine Hilfe an.
4) Ma’no jihatdan to‘ldiruvchi talab qilmaydigan fe’llar uchun jo‘nalish kelishigida soz to‘ldiruvchi vazifasini bajaradi. Masalan: Das steht dir gut. Die Zeit vergeht mir schnell.
5) Jo‘nalish kelishigidagi ot (yoki ot o‘rnida qo‘llangan kishilik olmoshi) ba’zi bir predikativ sifatida qo‘llangan sifatlar bilan birga ishlatilganda, u sifat uchun to‘ldiruvchi bo‘lib keladi. Masalan: Du bist mir wert. Das ist mir neu Sen menga aziz (san). 6) Jo‘nalish kelishigidagi olmoshdan keyin kelgan sifat yuklama bilan ishlatilishi mumkin, masalan: Das Zimmer ist ihm zu klein.
Sifat oldida qo‘llangan –zu yuklamasi o‘zbek tiliga juda ravishi yordamida ifoda etiladi: zu klein – juda kichik, zu groß – juda katta, zu kalt – juda sovuq
7) gapning predikativ sostavida ot mavjud bo‘lsa, bunda ham jo‘nalish kelishigi ishlatiladi. Masalan: Er war den Kindern ein guter Vater.
8) Jo‘nalish keligidagi ba’zi keyin otlar to‘ldiruvchi vazifasida kelishi mumkin. Masalan: Pfui diesem Verhalten!
9) Shaxssizlik ma’nosini ifoda etadigan ba’zi gaplarda ishlatilgan otlar jo‘nalish kelishigida (im Dativ) qo‘llanadi Masalan:
Mir graut vor diesem Menschen.
Ich hab im Traum geweinet,
mir träumte, du lägest im Grab (H. Heine).
Lekin shaxs ma’nosini ifoda etuvchi ba’zi otlar jo‘nalish kelishigida ishlatilishi mumkin. Masalan: Der Kopf tut mir weh.


Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   533




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə