Loyiha nomi: Matematika fanini o‘qitish huquqini berish bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash kursi uchun video kontent yaratish


-mavzu. Hosilaga nisbatan yechilmagan birinchi tartibli differensial tenglamalar. Lagranj va Klero tenglamalari



Yüklə 154,35 Kb.
səhifə36/74
tarix19.06.2022
ölçüsü154,35 Kb.
#89766
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   74
Loyiha nomi Matematika fanini o‘qitish huquqini berish bo‘yicha

46-mavzu. Hosilaga nisbatan yechilmagan birinchi tartibli differensial tenglamalar. Lagranj va Klero tenglamalari.
Hosilaga nisbatan yechilmagan birinchi tartibli differensial tenglamalar: / va / ko‘rinishdagi tenglamalar. Lagranj va Klero tenglamalari.
47-mavzu. Tartibi pasayadigan differensial tenglamalar. n-tartibli chiziqli tenglama. O‘ng tomonli chiziqli tenglamalar.
Asosiy tushunchalar. Tartibi pasayadigan differensial tenglamalar. n-tartibli chiziqli tenglama. n-tartibli chiziqli bir jinsli tenglamalarning yechimlarining fundamental sistemasi. Umumiy yechim. O‘ng tomonli chiziqli tenglamalar va ularning umumiy yechimining tuzilishi.
48-mavzu. n-tartibli o‘zgarmas koeffitsiyentli chiziqli tenglama. Mexanik tebranishlar tenglamasi. Rezonans. Differensial tenglamalar sistemasi.
n-tartiblio‘zgarmas koeffitsiyentli chiziqli tenglama. n-tartibli o‘zgarmas koeffitsiyentli chiziqli tenglamalarni yechish. Mexanik tebranishlar tenglamasi. Erkin va majburiy tebranishlar. Rezonans. Differensial tenglamalar sistemasi haqida ma’lumotlar.
49-mavzu. Kompleks sonlar to‘plami. Kompleks o‘zgaruvchining funksiyasi. Funksiyaning limiti, uzluksizligi va tekis uzluksizligi. Kompleks o‘zgaruvchili funksiyaning hosilasi.
Kompleks sonlar to‘plami. Kom­pleks sonlarning geometrik talqini. Kompleks sonlar ketma-ketligi va qatorlar. Kompleks sonlar to‘plami va Yevklid tekisligining izomorfligi. Riman sferasi, kengaytirilgan kompleks tekislik.
Kompleks o‘zgaruvchining funksiyasi haqida tushuncha, uning geometrik talqini. Funksiyaning limiti, uzluksizligi va tekis uzluksizligi.
Kompleks o‘zgaruvchili funksiyaning hosilasi. Differensiallanuvchi bo‘lish sharti. Nuqtada va sohada analitik funksiya tushunchasi. Analitik funksiyaning xossalari. Hosila moduli va argumentning geometrik ma’nosi. Konform akslantirish tushunchasi.
50-mavzu. Asosiy elementar funksiyalar. Kompleks o‘zgaruvchili ko‘rsatkichli, trigonometrik, logarifmik funksiyalar va ularning xossalari. Kompleks o‘zgaruvchili funksiyaning integrali. Koshi teoremasi. Boshlang‘ich funksiya va integral. Koshining integral formulasi.
Asosiy elementar funksiyalar: Chiziqli va kasr-chiziqli funksiyalar. Darajali funksiya va radikal. Analitik funksiyalarning bir varaqli sohasi. Riman sirti tushunchasi. Kompleks o‘zgaruvchili ko‘rsatkichli, trigonometrik, logarifmik funksiyalar va ularning xossalari. Trigonometrik va giperbolik funksiyalar orasidagi bog‘liqlik. Ixtiyoriy kompleks ko‘rsatkichli daraja.
Kompleks o‘zgaruvchi funksiyasining integrali: Integral ta’rifi va uning xossalari. Koshi teoremasi. Ko‘p bog‘lamli soha uchun Koshi teoremasi. Boshlang‘ich funksiya va integral. Koshining integral formulasi.

Yüklə 154,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə