Asosiy xarajatlar
Ustama xarajatlar.
Asosiy xarajatlarga ishlab chiqariladigan mahsulotning asosini tashkil qiluvchi, bevosita ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi xarajatlarga aytiladi. Bunday xarajatlarga: material xarajatlari, asosiy ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq ishchilarning ish haqi xarajatlari, ijtimoiy sug‘urta xarajatlari kiradi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga kiritiladigan xarajatlar bevosita xarajatlar deb yuritiladi. Shunday xarajatlar qilinadiki, ularni ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tkazish mumkin emas, chunki bunday xarajatlar turli ishlab chiqarilgan mahsulotlarga taalluqlidir, bunday xarajatlar bilvosita xarajatlar deb ataladi. Bilvosita xarajatlar ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga tegishli taqsimlash yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Mahsulot ishlab chiqarishda sarf qilingan xarajatlarni to‘g‘ri hisob-kitob qilishda ularni tugallangan va tugallanmagan tayyor mahsulotlar bo‘yicha alohida-alohida aniqlash talab qilinadi, chunki mahsulot tannarxi kalkulatsiyasi, asosan, tayyor mahsulotga nisbatan amalga oshiriladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda, shu jumladan, buxgalteriya hisobiga doir yozilgan adabiyotlarda kalkulatsiya bilan kalkulatsiya qilishga turlicha ta’rif berilgan. Professor M.Ostonaqulov tomonidan yozilgan „Buxgalteriya hisobi nazariyasi“ darsligida bu holatga to‘g‘ri ta’rif berilgan. Kalkulatsiya deb, ma’lum ishlab chiqarilgan mahsulot, tayyorlangan moddiy qiymatlik, bajarilgan ish va qilingan xizmatlarning rejalashtirilgan, me’yoriy yoki haqiqiy tannarxini ko‘rsatuvchi hujjatga aytiladi.
Dostları ilə paylaş: |