Jismoniy bilim
- jismoniy mashqlarni, mexnat harakatlarini bajarish, undan
foydalanish, lozim bo’lganda hayotiy sharoitda qo’llash mahorati va ko’nikmalariga
oid nazariy tushunchalarni o’z ichiga oladi.
Pestalotsiy bolalarning “vujudini tarbiyalash”dagi nazariy bilimlarini
ishlashni astoydil yoqlab chiqqan.
P.F.Lesgaft jismoniy bilimlar nazaryasining asoschisi. Uning
jismoniy
harakatlarga
oid nazariy bilim berish, jismoniy tarbiya ta’limi bilimlar haqidagi
ta’limotining asosiy g’oyasi tom ma’nodagi jismoniy ta’lim bo’lib, u har bir bola
o’zining harakatlarini tahlil qilishni, ularning o’z harakatlarini biridan birini
farqlashga o’rganishi lozimligini yoklab chiqqan. Chunki bola jismoniy mashqlarni
mohiyati,
ulardan foydalanish, mashqlarni bajarish tartibi, ularni solishtirish,
bajarishga ongli yondashish, bajarishda sodir bo’lgan to’siqlar,
muammolarni xal
qilishga o’rganish bilan tejamli mushak zo’riqishi evaziga katta xajmda ish
bajarishdek nazariy tushunchalarga - bilimlarga ega bo’lishini ahamiyatini yokladi.
Xulosa qilib shuni takidlash lozimki jismoniy tarbiya tushunchasi
mazmunida, tushunchaning ta’rifi, harakatga o’rgatish, jismoniy mashqlarning
mohiyati, ularni tarbiya jarayonida qo’llash tartibi (ketma-ketligi),
tarbiyalash
maqsadida qo’llangan mashqlarni bajarish texnikasini egallash, ularni farqlash,
taqqoslash, bajarishga ongli yondashish,
harakatlarini boshqara olish, yuzaga
keladigan to’siqlarni yengish, o’zlashtirilishi lozim bo’lganlariga - tez moslasha
olish chaqqonlik va qatьiyat namoyish qilishni o’rganish, faol harakatlanishni
odatga
aylantirish, mashqlarni organizmga ta’siri, harakatga o’rgatishga oid,
jismoniy bilimlar berishni Pestalotsiy, Lesgaft va boshqalar zaruriyat deb
xisobladilar.
Jismoniy ta'lim
o’quvchilarning muayyan bilimlarni egallashi, jismoniy
mashqlarni bajarishi va ularni hayotga tatbiq eta olishini ko’zda tutadi.
Jismoniy sifatlarni tarbiyalashga quyidagilar kiradi: kuch va tezkorlikda
namoyon bo’lish natijalarini oshirish, chidamlilik, chaqqonlik ko’nikmalarini
yaxshilash. Yagona jarayonning bu tomonlari o’zaro mustahkam bog’langan,
masalan, agar o’quvchilar yugurish mashqlarini, ularning texnikasini o’zlashtirish
maqsadi bilan ko’p marta takrorlasalar, u holda bir vaqtning o’zida kuch, tezkorlik,
chidamlilik ham tarbiyalanadi. Ikkinchi tomondan yugurish mashqlari katta tezlik
bilan (tezlikni tarbiyalash uchun) ko’p
marta bajarilsa, bu texnikaning
takomillashishiga va mustahkamlanishiga ko’maklashadi.
Jismoniy mashqlarni bajarish jarayoni shug’ullanuvchilarga nafaqat
jismoniy, balki ma'naviy ta'sir ham ko’rsatadi. Buning oqibatida bu jarayon tarbiya
vazifalarini yechish uchun qulay sharoitlar yaratadi (1-chizma).