Mahsulotlari tovarshunosligi



Yüklə 4,89 Mb.
səhifə38/250
tarix26.10.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#131703
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   250
Oziq ovqat mahsulotlari tovarshunosligi

Murakkab rezavorlar — qo‘shilib ketgan kichik meva- lardan tashkil topgan: malina va maymunjon.

  • Yolg‘on rezavorlar — etli mevadan tashkil topgan: zemlyanika va qulupnay. Uzum shirin ta’mi, yuqori oziqaviyligi, shifobaxsh xususiyatlari bilan ajralib turadi. Tarkibida qand (12—16%), kislotalar (0,8%) va qimmatli mineral moddalar

    mavjud.
    Uzumning navlari turli-tuman bo‘lib, xo‘raki, quritiladigan va vino tayyorlanadigan navlarga bo‘linadi. Xo‘raki navlarning mevalari katta, hidi xushbo‘y, mazasi nordon va o‘ta shirin emas.
    Quritiladigan navlari po‘stining yupqaligi, tarkibida qandning ko‘pligi, kislotaliligining pastligi bilan ajralib turadi. Uzum navlari ham tarkibi bilan, ham tashqi ko‘rinishi bilan farqlanadi. Mevalar turli tusdagi yashil, pushti, ko‘k ranglarda bo‘ladi. Rang beruvchi moddalar ko‘pchilik navlarning asosan po‘stlog‘ida to‘plangan bo‘lib, mag‘zi va sharbati ko‘pincha rangsiz bo‘ladi. Mevalar danakli hamda danaksiz bo‘ladi. Quritilgan uzum (kishmish) va uzumning sharbatlari non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.


    Subtropik va tropik mevalar


    Subtropik mevalar, asosan, doim yashil, barg to‘kadigan ba’zi mevali daraxtlar hamda butalar. Bularga anjir, anor, sitruslar, zaytun, xurmo, chilonjiyda (unobi) va boshqalar kiradi.
    Subtropik o‘simliklar mazali, to‘yimli va dorivor xususiyatga ega meva beradi. Mevasi yangiligicha, konservalangan hamda quritilgan holda iste’mol qilinadi. Bu tur o‘simliklar vegetatsiya davrining uzunligi, qishda tinim davriga o‘tishi bilan tropik o‘simliklardan farqlanadi. Ularning sovuqqa chidamliligi turlicha: limon sovuqqa chidamsiz, anjir, anor, xurmo chidamliroq. O‘zbekistonda subtropik o‘simliklarning ba’zi turlari: apelsin, mandarin, limon oranjereya yoki uy sharoitida o‘stiriladi. So‘nggi yillarda subtropik mevalar Shreder nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik institutining Janubiy O‘zbekiston tajriba stansiyasida, Toshkent viloyati Qibray tumanidagi limonariy shirkat xo‘jaligida, Surxondaryo viloya- tidagi Denov o‘rmon xo‘jaligida va boshqa bir qancha viloyatlardagi ayrim xo‘jaliklarda, shuningdek, tomorqalarda o‘stirilib, ko‘chatlari yetishtirilmoqda.

    Yüklə 4,89 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   250




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə