Maktabgacha pedagogik akmeologiya



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə41/59
tarix08.02.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#100412
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   59
Maktabgacha pedagogik akmeologiya

Reyting jadvali

Maksimal ball – 100 ball

Saralash ball – 55

JN (joriy nazorat) maks. 35 ball

86-100 ball – “5” baho

ON (oraliq nazorat) maks. 35 ball

71 - 85 ball – “4” baho

YN (yakuniy nazorat) maks. 30 ball

55 - 70 ball – “3” baho




0 - 54 ball – “2” baho

Fan bo`yicha saralash bali 55 ballni tashkil etadi. Talabaning saralash balidan past bo`lgan o`zlashtirishi reyting daftarchasida qayd etilmaydi.
Talabalarning o`quv fani bo`yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi.
Talabaning fan bo`yicha reytingi quyidagicha aniqlanadi:
V. O`
R=----------------
100
bu yerda: V- semestrda fanga ajratilgan umumiy o`quv yuklamasi (soatlarda);
O` -fan bo`yicha o`zlashtirish darajasi (ballarda).
Fan bo`yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizi saralash ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to`plagan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Joriy JN va oraliq ON turlari bo`yicha 55 bal va undan yuqori balni to`plagan talaba fanni o`zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo`yicha yakuniy nazoratga kirmasligiga yo`l qo`yiladi.
Talabaning semestr davomida fan bo`yicha to`plagan umumiy bali har bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to`plagan ballari yig’indisiga teng.
ON va YN turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat tomonidan tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida o`tkaziladi. YN semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida o`tkaziladi.
JN va ON nazoratlarda saralash balidan kam ball to`plagan va uzrli sabablarga ko`ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so`nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun esa yakuniy nazoratgacha bo`lgan muddat beriladi.
Talabaning semestrda JN va ON turlari bo`yicha to`plagan ballari ushbu nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo`lsa yoki semestr yakuniy joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari bo`yicha to`plagan ballari yig’indisi 55 baldan kam bo`lsa, u akademik qarzdor deb hisoblanadi.
Talaba nazorat natijalaridan norozi bo`lsa, fan bo`yicha nazorat turi natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekanining taqdimnomasiga ko`ra rektor buyrug’i bilan 3 (uch) a’zodan kam bo`lmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Apellyatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko`rib chiqib, shu kunning o`zida xulosasini bildiradi.
Baholashning o`rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o`tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakultet dekani, kafedra muduri, o`quv-uslubiy boshqarma hamda ichki nazorat va monitoring bo`limi tomonidan nazorat qilinadi.
Talabalar ON dan to’playdigan ballarning namunaviy mezonlari


Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə