Maktabgacha va maktab ta‟limi vazirligi huzuridagi maktabgacha ta‟lim agentligi



Yüklə 471,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/61
tarix23.12.2023
ölçüsü471,7 Kb.
#156283
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   61
08 03 Sport musobaqalarini o\'tkazish ish rejasi va sport bayramlari

 


CHO„PON 
O‘yinga tayyorlanshi,
O‗yin sport maydoni yoki-dalada o‗tkaziladi. O‗yinda 
ko‗pi bilan o‗n bola qatnashishi mumkin. Ularning har birida bittadan bir metrli 
tayoq bo‗ladi. 
Barcha o‗ynovchilar doira hosil qilib turadilar. Doira o‗rtasida diametri 15-
20 sm li chuqurcha qo‗yiladi. Har bir o‗yinchi ham o‗z oldida diametri 10-12 sm 
li chuqurcha o‗yadi, Onaboshi qo‗lida tennis koptogi bilan doira o‗rtasiga 
tushadida, rahbar ko‗rsatgan joyda turadi. (21- rasm.) 
O‘yin tasviri.
Ona-boshi o‗z tayog‗i bilan to‗pni turtib, uni markaziy 
chuqurchaga tushirishga harakat qiladi. Boshqa o‗ynovchilar unga halaqit 
beradilar va ayni vaqtda o‗zlari ham o‗sha chuqurchaga tushirishga urinadilar. 
Shuning bilan birga oldilaridagi chuqumi ham qo‗riqlaydilar. Agar onaboshi 
tayog‗ini biror o‗yinchi oldidagi chuqurga tiqib olsa, u holda chuqur egasi bilan 
joy almashadi. Markaziy chuqurchaga eng ko‗p to‗p tushirgan bola birinchi 
o‗mini egallaydi. 
O‘yin qoidalari:
1. To‗p chuqurchaga tushib, chiqib ketsa, tushgan 
hisoblanmaydi. 2. Agar onaboshi ma‘lum vaqt ichida to‗pni tushirolmasa yoki 
tayog‗ini o‗ynovchilardan birortasining oldidagi chuqurchasiga tiqib ololmasa, 
boshqa onaboshi tayinlanadi. 
O‘yinning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati.
Bu o‗yin bolalarni sezgirlik, 
chaqqonlik va hozirjavoblikka o‗rgatadi. 


QUVASHMACHOQ. 
Maydon chiziq bilan chegaralab chiqiladi. Bitta onaboshi quvlovchi 
tayinlanadi. Boshqa o‗yinchilar uning atrofida doira hosil qilib turadilar. 
Quvlovchi bir, ikki, uch deydi. Hamma bolalar har tomonga yugurib 
ketadilar, quvlovchi ularni quvlaydi va to‗tadi. Qochayotganlar xavf tug‗ilgan 
paytda o‗tirib olishlari mumkin, o‗tirib olganlarni quvlovchi tutmaydi. Quvlovchi 
tutib olgan bola onaboshi bo‗ladi. O‗yinni istagan vaqtgacha o‗ynash mumkin. 
Bu o‗yinning sakrash bilan quvlashmachoq o‗ynaladigan turi ham bor. Bu 
ham yuqorida ta‘riflangandek o‗ynaladi. Farqi shuki, bunda bir oyoqda sakragan 
bolani to‗tish mumkin emas. 

Yüklə 471,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə