Maktabgacha va maktab ta‟limi vazirligi huzuridagi maktabgacha ta‟lim agentligi



Yüklə 471,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/61
tarix23.12.2023
ölçüsü471,7 Kb.
#156283
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   61
08 03 Sport musobaqalarini o\'tkazish ish rejasi va sport bayramlari

TEZ VA ANIQ ESTAFETA 
O‗yin qatnashchilari teng ikki komandaga bo‗linadi. Komandalar otish 
chizig‗i oldida, oyoqlari orasini ochib, bir kishidan bo‗lib qatorda saf tortib 
turadilar. Saf boshida turgan o‗yinchilar qo‗llarida basketbol yoki ishirilgan to‗p 
bo‗ladi. Komanda qarshisida savatcha ilib qo‗yiladi yoki 50-60 sm balandlikka 
ustunchalarga xalqachalar o‗rnatilgan bo‗ladi. 


Tarbiyachining signalidan keyin birinchi o‗yinchilar to‗pni nishonga otadilar 
va tezda to‗p orqasidan yugurib borib to‗pni savatchadan yoki poldan oladilar-da, 
tezda orqaga - qator oxirida borib, to‗pni o‗yin qatnashchilari oyoqlari orasidan 
oldinga dumalatadilar. 
To‗pni ikkinchi turgan o‗yinchilar ushlab, o‗yinni takrorlaydilar va hokazo. 
Savatchaga to‗pni ko‗p marta tushirgan va estafetani birinchi bo‗lib tugatgan 
komanda g‗olib deb topiladi. 
IKKITA TO„PNI UZATISH
O‗yinda o‗yinchilar juft-juft bo‗lib qatnashadilar. Ular 4 metr kenglikdagi 
koridoming qarama-qarshi tomonida bir-biridan 5-7 metr oraliqda 
joylashadilar.Koridomi arqoncha yoki bayroqchalar bilan belgilanadi. Har bir 
juftlikdagi ikkala o‗yinchida bittadan to‗p bo‗ladi. Rahbarning signali bo‗yicha 
ular bir vaqtning o‗zida bir-birlariga to‗pni yo‗naltiradilar, keyin dumalab 
kelayotgan to‗pni tepib orqaga qaytaradilar.Agar to‗p bir-biriga tegsa yoki 
ulardan biri koridordan tashqariga chiqib ketsa,unda juftlik musobaqani tugatgan 
bo‗ladi.Boshqalarga nisbatan ko‗proq mashqlarni hatosiz bajargan komanda 
o‗yinda g‗olib chikkan hisoblanadi.O‗yin qatnashchilarining jismoniy 
tayyorgarligiga qarab,o‗yinni shartini soddalashtirish.Karidomi chegarasini 
kengaytirish,to‗pni oldin to‗htatib, so‗ngra uzatish shartini qo‗yish mumkin. 
PEDAGOGIK AHAMIYATI
. O‗yin to‗pga oyoq bilan zarba berish 
malakasini rivojlantiradi, bu futbol o‗ynash uchun to‗p bilan ishlash texnikasini 
egallashga yordam beradi. O‗yin oyoq kuchini rivojlantirishga yordam beradi, 
diqqatni, fikrlashishni, aniq va tez harakat qilishga yordam beradi. 

Yüklə 471,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə