Maktabgacha va maktab ta‟limi vazirligi huzuridagi maktabgacha ta‟lim agentligi



Yüklə 471,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/61
tarix23.12.2023
ölçüsü471,7 Kb.
#156283
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   61
08 03 Sport musobaqalarini o\'tkazish ish rejasi va sport bayramlari

ARQON TORTISH O„YINI 
O‗yinga tayyorgarlik. Har bir komandani orqasida to‗p osib qo‗yilgan. 
O‗yinchilar teng ikki komandaga bo‗linadi. Arqon polga qo‗yilgan. 
O‗yin tasnifi. Tarbiyachining buyrug‗idan keyin arqonni olib o‗z tomonlariga 
tortib, osib qo‗yilgan to‗p boshlariga tegishiga harakat qiladi. Vazifani birinchi 
bo‗lib bajargan komanda yutgan hisoblanadi. 
ECHKILAR VA CHO„PONLAR 
O„yinga tayyorlanish.
O‗ynovchilar ikki komandaga bo‗linib, chek tashlash 
yo‗li bilan bir komanda - «Takalar», ikkinchisi «cho‗ponlar» bo‗ladi. Keyin 
diametri 8 metrli aylana chiziladi. «Takalar» aylana ichida, «cho‗ponlar» 
tashqarida turadi. 
O„yin tasviri:
Rahbarning signali bilan «cho‗ponlar» dan biri bir oyoqda 
sakrab aylanaga kiradi va sakrab yurib, ko‗proq «takaga» qo‗l tekkizishga 
urinadi. Birmuncha vaqtdan keyin ikkinchi «cho‗pon» kiradi. Birinchi «cho‗pon» 
esa, joyiga borib turadi. O‗yin toki hamma «takalar» to‗tilib bo‗lguncha davom 
etadi. Keyin komandalar o‗rin almashtiradilar. «Takalar»ni tezroq tutib 
tamomlagan komanda g‗olib hisoblanadi. 
O„yin qoidalari:
1. «Takalar»ning aylanadan chiqib ketishlari mumkin emas. 
2.Qo‗l tekkan bola o‗yindan chiqib skameykada o‗tiradi. 
3.«Taka» to‗tayotgan cho‗pon goh chap, goh o‗ng oyog‗ida sakrashi 
mumkin. 


O„yin varianti.
Ma‘lum miqdorda «taka» to‗tilgandan keyin komandalar joy 
almashtirishlari ham mumkin. Bunda kam vaqt ichida belgilangan miqdorda 
«Taka»ni to‗tgan komanda yutgan hisoblanadi. 
MUSHUK-SICHQON
O‗ynovchilar bir-birlarini qo‗llaridan ushlab doira bo‗lib turadilar. Ikki 
onaboshi sanlanib, ulardan biri - «sichqon», ikkinchisi - «mushuk» bo‗ladi. 
«Mushuk» doira tashqarisida, «sichqon» esa doira o‗rtasida turadi. (13- rasm.) 
O„yin tasviri.
O‗yin Rahbarning signali bilan boshlanadi. «Mushuk»ning 
vazifasi quvish, «sichqon»niki esa, to‗tqich bermaslik bo‗ladi. «Sichqon» 
bo‗tunlay erkin bo‗ladi. U istasa doiradan tashqariga ham chiqishi mumkin
doirada turishlar ko‗llarini ko‗tarib unga yo‗l buradilar, «mushuk»ni esa to‗sib 
qoladilar. Agar «mushuk», «sichqon» tutib olsa, boshqa mushuk-sichqon 
saylanib, o‗yin davom etaveradi. 

Yüklə 471,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə