Maktabgacha va maktab ta‟limi vazirligi huzuridagi maktabgacha ta‟lim agentligi



Yüklə 471,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/61
tarix23.12.2023
ölçüsü471,7 Kb.
#156283
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   61
08 03 Sport musobaqalarini o\'tkazish ish rejasi va sport bayramlari

O„yining tavsifi.
Tarbiyachini signalidan so‗ng birinchi o‗yinchilar start chizig‗idan 
iloji boricha uzoqroqqa sakrashga harakat qiladilar. Keyin ikkinchi, o‗yinchi va 
hokazo bolalar sakraydilar. Hakamlar ochqolar sonini hisoblab chiqib har bir 
komanda qancha ochko to‗plaganini aniqlaydilar va yutgan komandani e‘lon qiladi. 


Pedagogik ahamiyati.
O‗yin bolalarda turgan joy dan uzunlikka sakrash malakasini 
takomillashtirishga yordam beradi. O‗yin diqqatni, ziyraklikni, shijotlilikni,shaylikni 
rivojlantiradi. O‗yin o‗zini va o‗rtoqlarini kuchiga ijibiy baho berishni rivojlantiradi. 
O‗yinlagi asosiy harakatni turgan joyidan uzunlikka sakrashdir. 
ESHITIB TOP. 
O‗yinga tayyorlanish. Bu o‗yin yalanglikda, dalada yoki teks ko‗katzorda o‗tkaziladi. 
O‗ynovchilar oralarida 3 metrdan joy qoldirib bir qatorga saflanadilar va ko‗zlarini 
boglaydilar. Onaboshi o‗ynovchilardan tahminan 100-500 m narirokda turadi. 
O‗yinning tavsifi. Onaboshi signal beradi ( hushtak chaladi, qarsaq uradi, yoki 
qo‗ng‗iroq chaladi). Hamma signal berilgan tomonga qarab yuradi va onaboshiga 
yakinroq kelishga harakat qiladi. Ikkinchi signal berilgach, hamma ko‗z bogichini 
yechib tashlaydi va o‗zi onaboshidan qanchalik uzoqda turganini ko‗radi. 
Onaboshiga eng yakin kelgan tarbiyalanuvchi g‗olib hisoblanadi. 
Pedagogik ahamiyati. O‗yin bolalarda diqqatni, eshitish qobiliyatini rivojlantirishga 
yordam beradi. Shuningdek o‗yin qatnashchilarini chaqqonlik, chidamlilik sifatlarini 
takomillashtiradi. O‗yinni o‗ziga hos harakati onaboshiga yaqinroq kelish. 


AKULA HUJUMI
.
 
O‗yinga tayyorlash. Tarbiyalanuvchilarni bir necha guruhlarga bo‗lib, ularga 
baliqlarni nomi beriladi. Ularning hammasi maydonchaning chetlarida chizilgan 
doiraning ichida turadilar. O‗yinboshi «Akula» esa maydonchaning o‗rtasida doirada 
turadi. Tarbiyachining o‗zi oldin «Akula» vazifasini bajaradi. U baqirib, bita yoki bir 
nechata baliqning atrofida yugura boshlaydilar. 
O‗yin tavsifi. Tarbiyachining signalidan keyin «Akula» esa baliqlarga hujum qiladi. 
«Akula»ning qo‗li tekkan o‗yinchi «Akula»chaga aylanadi va o‗yinchilarni tutishga 
yordamlashadi. O‗yin shu paytgacha davom etish mumkin, qachonki o‗yinchilar 
«Akula»ga aylanib bo‗lmaguncha davom etadi. 
Pedogogik ahamiyati. Bu o‗yinda balalar birgalikda kelishgan holda, harakat qilishni 
o‗rgatadilar. O‗yin qat‘iylikni, chaqqonlikni, chidamlilikni, tezlik bilan harakat 
qilishni tarbiyalaydi. 
O‗yin bolalarni maydonchada joyni topa bilishni o‗rgatadi va chidamlilikni 
tarbiyalaydi. O‗yinni o‗ziga hos harakatni-yunalishni o‗zgartirib yurugirish. 

Yüklə 471,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə