Ma’ruzalar matni



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/41
tarix30.06.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#90268
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Tasviriy san’at tarixi fanidan

 
Savollar: 
1.XVIII-XIX asr Rus san’ati haqida gapirib bering.
2. XVIII asr oxiri XIX asr Jaxon san’atida qaysi uslublar yetakchilik qilgan? 
3. Fransisko Goyya ijodi haqida gapiring. 
4. XVIII asr oxiri XIX asr Ispaniya san’ati. 
12 - Mavzu:
XIX asr Angliya va Germaniya san’ati, XIX asrning 
ikkinchi yarmida Frantsiya san’ati, XX asr Jaxon san’ati 
 
REJA: 
1. XIX asr Angliya va Germaniya san’ati. 
2. XIX asrning ikkinchi yarmida Frantsiya san’ati. 
3. XX asr Jaxon san’ati. 
Adabiyotlar: 
1. Pruch I.E. Zapad. Evropeyskoe isskustvo 17 v. M. 1974 g. (Maldaya istoriya 
isskustv) 
2. Abdullayev N. “San’at tarixi 2/1” Toshkent 2001 y.
MAVZUNING MATNI: 
18-asr ohiri 19-asr boshlarida Angliya san’atida realizm o’zining gullagan 
davrini boshidan kechirdi. Shu davrda yashab, ijod etgan ko’pgina rassomlar ingliz 
san’atini boyitib Evropa san’atiga ham samarali ta’sir o’tkazdilar. Rassomlar 


jamiyatda sodir bo’dayotgan illatlarni ro’y rost ochishga harakat qildilar, xalqning 
og’ir axvolini tasvirlab, turmush mashaqqatlari, odamlarni jismoniy va ma’naviy 
mayib qilayotganligini achinish bilan aks ettirdilar. Bir qator san’atkorlar esa o’rta 
asr afsona va obrazlariga murojjat qildilar.
Me’morlikda turli davr uslublariga taqlid qilish namoyon bo’ldi. Binolar 
ko’rinish jihatidan goh gotika, goh Xitoy motivlari, goh Rim me’morchiligini 
eslatib turadi. Bu xususiyatlar tasviriy san’atda yanada ochiqroq ko’rinadi. Bu 
davrda portret va karrikaturada, kitob grafikasida etuk asarlar yaratildi. Lekin katta 
mifologik asarlarda, hayotiy-maishiy janrdagi kartinalarda g’oyaviylik yo’nalish 
sustligi seziladi.
Vatanparvarlik ruhi bilan sug’orilgan realistik manzara janrida ingliz 
san’atining yutuqlari namoyon bo’ldi. Ingliz realistik manzara janrining taraqqiyoti 
akvarel rangtasviri rivoji bilan uzviy bog’liqdir. Ingliz akvarelchilari bu 
texnikaning o’ziga xos xususiyatlarini namoyon etib, beg’ubor, serzavq ingliz 
tabiatining ajoyib ko’rinishlarini yarata oldilar. Ingliz manzara janrining 
taraqqiyotida Noriche maktabining asoschisi Jon Krom (1768-1821) ta’siri, 
ayniqsa sezilarli bo’ldi. Oddiy hayot go’zalligidan, tabiatning ulug’vorligi va 
bitmas-tuganmas boyligidan hayajonlanish, ularni tasvirlashga intilish uning 
moybo’yoqda ishlagan asarlarining asosini tashkil etadi.
19-asrga kelib, Germaniya madaniyati yuksaldi va u G’arbiy Evropadagi 
ilg’or mamlakatlardan biri bo’lib qoldi. Gyote, Geyne, Betxoven, Vanger kabi 
buyuk san’atkorlar ham ana shu davrda yashab ijod etishdi. Gegelning falsafiy 
qarashlari tizimi ham shu davrda vujudga keldi. Germaniyada adabiyot va musiqa 
misli ko’rilmagan darajada rivojlangan bo’lsada, tasviriy san’at va me’morchilik 
birmuncha orqada qoldi. Germaniya tasviriy san’atida romantizm, klassizm va 19-
asr o’rtalarida realizm yo’nalishlari o’zaro kurashda bo’ldi. Nemis romantizmi 18-
asr so’ngida klassizmga qarshi kurashda shakllana boshlagan bo’lib, uning 
vakillari ilg’or g’oyalardan voz kechish, hayoliy timsol tasvirini va shaxsiy 
kechinmalarini tasvirgashga chaqirdilar. Nemis romantizimidagi bu qarashlar 
xukmdor sinf tomonidan qo’llab-quvvatlandi. Albatta, nemis romantizmidagi 
shaxsiy 
kechinmalarni 
ifodalashga 
intilish 
va 
tasvirlanayotgan 
voqea 
ta’sirchanligini 
oshirishga 
intilish 
mavjud 
badiiy 
shakllarni 
yanada 
mukammallashtirishga, klassizmning qotib qolgan uslub va metodlaridan 
qutulishga imkoniyat yaratdi. Nemis romantizmining ilk ko’rinishi 19-asr birinchi 
yarmida F.O.Runge, K.D.Fridrix ijodida o’z ifodasini topdi. Roamntiklar milliy 
an’analarni qayta tiklashga da’vat etdilar. Ular ona yurt o’tmishini o’rganishga 
e’tibor qaratdilar.
19-asrning 10-yillaridan boshlab, hayot haqiqatidan uzoqroq bo’lish, davr 
ziddiyatlariga aralashmaslik bir guruh ijodkorlarning san’atga qarashlari uchun xos 
xususiyat bo’lib qoldi. Ular o’rta asr diniy monumental rangtasvirini qayta 
tiklashni maqsad qilib oldilar. Ilk uyg’onish davri san’ati an’analari ular uchun 
namuna maktabini o’tadi. Bu guruhga a’zo rassomlar “nazareyts”, ya’ni “uzun 
soch” degan nom bilan ataldilar.


19-asr nemis san’atida davrning ilg’or g’oyalari o’z badiiy ifodasini 
topganligini e’tirof etish kerak. Bu xususiyat portret va manzara janrida ayniqsa 
sezilarli bo’ldi. Unda tabiatning ulug’vorligi, inson qalbi go’zalligi ulug’landi.
Frantsiya bu davrda ham Evropa madaniy hayotida etakchi o’rinni egalladi. 
Bu erda demokratik harakatlarning o’sib borishi, 1830 yili sodir bo’lgan xalq 
g’alayonlari davlat siyosiy tuzumini larzaga keltirdi. 1848 yildagi g’alayon 
ishchilar sinfining katta kuch ekanligini ko’rsatdi. 1871 yilda tashkil topgan Parij 
kommunasi ommaviy harakatining “buyuk namunasi” bo’ldi. Frantsiyada bo’lib 
o’tgan bu voqealar Evropa mamlakatlarida ham milliy ozodlik harakatlarini 
kuchayishiga olib keldi. Uning ta’sirida san’atda ham qator o’zgarishlar yuz berdi. 
Bu jarayonlar ijtimoiy-siyosiy hayot bilan bog’liq bo’lib, ular ijodkorlar 
dunyoqarashi shakllanishida muhim rol o’ynadi.
Onoro Dom’e (1808-1879). Ijodiy faoliyati davomida burjua tartiblariga 
qarshi kurashgan Dom’e o’z asarlarida odamlar orasidagi samimiy munosabatlarni 
ulug’ladi, burjua parokandaligini, uning ikkiyuzlamachiligini tanqid qiladi, 
tevarak-atrofga befarqlikni qoraladi. Dom’e o’z ijodini hajviy suratlar bilan 
boshladi. Satirik portretlar, mavzuli kompozitsiyalar chizdi. “Qonun chiqaruvchilar 
uyasi” (1834) uning shunday asarlaridandir. Unda deputatlarni palata majlisi 
vaqtida tasvirlab, ularning har birining o’ziga xos qiyofasini ochib berishga harakat 
qiladi. Tasvirlangan qiyofalarning hammasida umumiy o’xshashlik-atrofga 
befarqlik, ma’naviy tubanlik, aqliy zaiflik ko’rinadi. Davlat arbobi degan oliy 
nomga bularning hech qanday aloqasi yo’qligi ko’rsatiladi.
Barbizon maktabi. Milliy realistik manzara san’ati rivojida Parij yaqinidagi 
Barbizon va uning atrofiga yaqin erlarni, Fontenblo o’rmonini o’zlari uchun 
sevimli maskanga aylantirgan rassomlar ijodi muhim rol o’ynaydi. Ular o’z 
yurtlarining tabiatini kuzatish va uni chuqur o’zlashtirish asosida hajm jihatidan 
katta bo’lmagan manzara janriga xos asarlarni yaratib, tabiat go’zalligini 
ko’pchilikka ko’z-ko’z qilib, o’zlarining yurtga muxabbat va hurmatlarini 
ifodaladilar. Ular manzara san’atida o’zlarining xis-tuyg’u va kayfiyatlarini ham 
ifodalashga intildilar. Ular bevosita tabiat qo’ynida asarlar yaratdilar. “Barbizon 
maktabi” iborasi ham shu er nomidan olingan. Bu ibora frantsuz milliy realistik 
maktab vakillarining 30-40-yillardagi ijodini ta’riflash uchun qo’llaniladigan bo’lib 
qoldi. Bu maktab vakillari ijodiga xos xususiyat ona yurt tabiatini kuylash, 
kishilarda unga nisbatan muhabbat uyg’otishga qaratilganligidandir. Uning asarlari 
bevosita hayotning o’zidan olinganligi hamda kompozitsiya va koloritining tabiiy 
hamda nur va havoga boyligi bilan o’ziga xoslik kasb etadi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə