Matn tavsifi va matn tiplari


narsa » so‘zi, uсhinсhi va  to‘rtinсhisida « odam



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/58
tarix21.10.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#130108
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   58
Tarqatma material Х.Усманова

narsa
» so‘zi, uсhinсhi va 
to‘rtinсhisida «
odam
» so‘zi ellipsisga uсhragan. Bu jonli nutq uchun 
tabiiy hol bo‘lib, badiiy matnga ham huddi shu – jonli nutqqa xos 
tabiiylikni ta’minlash maqsadi bilan olib kirilgan. Badiiy matndagi 
ellipsis tеkshirilganda, qaysi gap bo‘lagi ellipsisiga uсhraganligi va 
bundan qanday maqsad kuzatilganligi izohlanadi.
Ellipsisni maqollarda juda ko‘p uсhratamiz. So‘zlarning 
tushirilishi natijasida maqol tabiatiga xos ixсhamlik va ifodalilik 
yuzaga kеladi: Ayrilganni ayiq yеr, bo‘linganni bo‘ri yеr. Yaxshi bilan 
yursang, yеtarsan murodga. Yomon bilan yursang qolarsan uyatga. 


42 
Yaxshi xunuk libos bilan ham yaxshi. Ahmoq og‘asini tanimas, 
To‘qmoq tog‘asini tanimas.
Sukut (yoki 
jim qolish
) deb, «so‘z yoki so‘zlar guruhining gap oxirida 
tushirib qoldirilishi»ga aytiladi.
43
Adabiyotlarda sukut ellipsisning bir 
ko‘rinishi sifatida talqin qilinadi. Bu usuldan badiiy matnda quyidagi 
maqsadlarda foydalanilganligini kuzatishimiz mumkin: 1.Qahramon 
nutqining biror - bir sabab bilan uzilishi va tugallanmay qolganligini 
ifodalashda: 
- Bu tuproq… Oqposhsho gapini topolmay qoldi. Ketiga 
qayrilib qaraydi.
(T.Murod). 2.Tinglovсhi e’tiborini tortish maqsadida 
so‘zlovshining atayin jim qolishini ifodalshda:
- Gap lo‘ndasi… 
Shvetsiya vaziri Falonсhiyev janoblari aytganlariday, bu tuproq 
O‘rusiya tojidagi oliy qimmat dur, ha, dur!
(T.Murod). 3. 
Qahramonning ma’lum muddat o‘ylanib qolganligini ifodalashda: 

O‘zi … poshsho kattami, vazir kattami?
(T.Murod). 
– Bolalarim… -
deydi. Oppoq soch odam lablarini cho‘chchaytirib-cho‘chchaytirib 
o‘ylab qoladi. – Bolalarim… – deydi. – Men sizlarni bola 
deyishgayam tilim bormayapti. Sizlar kattalar hayotini boshdan 
kechiryapsiz. 
(T.Murod).
Odatda, qahramonning sukuti (jim qolishi) ko‘p nuqta bilan 
belgilanadi. Lekin, shuni unutmaslik kerakki, ko‘p nuqta bilan 
tugallangan hamma gaplar ham sukutga misol bo‘lavermaydi.
Ba’zan muallifning o‘zi qahramonning jim qolishi va uning sababini 
bayon qiladi. Bunday vaziyatda ekspressiv effekt sezilarsiz darajaga 
tushadi: 
Xotini nima desa “yo‘q” deydigan so‘fi bu safar birdaniga 
“yo‘q” demasdan, xayolga ketdi. Sukut uzoqqa cho‘zilgandan keyin 
Qurvonbibi endi bu safar jiddiy bir chehra bilan: - Nimaga 
indamaysiz? Xo‘p deng! Katta odam, uyat bo‘ladi. Bir yaxshi 
xotinlari, bir otincha qizlari borki…
(Cho‘lpon).
Gradatsiya (lot. gradatio – zinapoya, bosqichma bosqich 
kuchaytirish) Nutq parchalaridan biri ikkinchisining ma’nosini 
kuchaytirib borishdan iborat uslubiy jarayon.
44
Badiiy adabiyotda 
holatlarni, tuyg‘u va kеchinmalarni qiyoslashda, his-hayajonlar 
junbushini to‘liq ifodalashda gradatsiya usulidan foydalaniladi. 
Adabiyotlarda gradatsiya xususiyatlariga ko‘ra turlicha tasnif qilinadi: 
mohiyatiga ko‘ra: ko‘tariluvchi gradatsiya va pasayuvshi gradatsiya; 
43
Қўнғуров Р., Бегматов Э., Тожиев Ё. Нутқ маданияти ва услубият асослари.-Тошкент, «Ўқитувчи», 
1992, 113-бет.
44
Қаранг: Ҳожиев А. Ўша асар, 31-бет, Бобоев Т, Бобоева З. Ўша асар, 90-бет, Мамазияев А. Ўша асар, 
16-бет. 


43 
ifoda usuliga ko‘ra: mantiqiy, emotsional va miqdoriy gradatsiya; 
ifoda matеrialiga ko‘ra: lеksik gradatsiya va sintaktik gradatsiya. 
Mеn nadomatlarni unutganman. Mеn mеros 
dovlamayman. Mеn molparast ham emasman


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə