Mavzu: Umumta’lim maktablarida sport to’garaklarini tashkil etish yo’llari. Rija: Kirish



Yüklə 265 Kb.
səhifə5/11
tarix22.05.2023
ölçüsü265 Kb.
#111942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MAVZU JISMONIY TARBIYANING DASTUR BO\'LIMLARI O\'QUV VAQTLARI HAMDA O\'QUV MATERIYALLARINING HAR DARS VA CHORAKLARGA TAQSIMLASH YILLIK O\'QUV REJA JADVALI

Ilmiyligi shundaki, jismoniy tarbiya sohasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarining keng tarqalganligi va uni amaliyot bilan bog‘lab olib borilayotganligi, jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining ilmiy fanlari hisoblangan pedagogika, psixologiya, anatomiya, fiziologiya, biomexanika, sport metrologiyasi, sport tibbiyoti, davolash jimoniy tarbiyasining va boshqalarga tayanganligi, ularning ilmiy yutuqlari? halqimiz hayotiy ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan. Jismoniy tarbiya tizimi bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan bosqichlarga bo‘linib, hozirgi kundaham tarbiya jarayonining turli dasturlarining bajarilishi shu bosqichlarda amalga oshirilmoqda:

  1. maktabgacha ta’lim (davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari) bosqichi;

  2. maktab yoshidagilar jismoniy tarbiyasi (umumiy o‘rta ta’lim I-IX sinflar) bosqichi; o‘rta maxsus, kasb-’unar ta’limi (akademik litseylar, kasb-’unar kolledjlari) bosqichi;

  3. oliy ta’lim bosqichi;

  4. harbiy xizmat bosqichi;

  5. oliy ta’lim va harbiy xizmatdan so‘ngi havaskorlik asosidagi jismoniy tarbiya (keyingi ish faoliyatida) bosqichi;

Jismoniy tarbiya tizimi o‘zida quyidagi asosiy elementlarni birlashtiradi:
a) jismoniy tarbiyaning maqsadi, vazifalari va tamoyillarining maqsadga muvofiqligi;
b) jismoniy tarbiya tizimida qo‘llaniladigan vositalar gimnastika, o‘yinlar, sport, turizm va boshqalar...;
v) turli shakldagi pedagogik jarayon mobaynida qo‘llaniladigan usuliyat (ta’lim jarayoni, usuliyatlari, sport mashg‘uloti va mustaqil mashg‘ulotlarida foydalaniladigan)lar;
g) jismoniy tarbiya maqsadida kishilarni uyushtirish shakllari;
d) jismoniy tarbiya mazmuni va natijalarida ifodalangan jamiyat va davlat talablari (me’yorlar va dasturlar).
Jismoniy tarbiya tizimining ta’lili masalalariga oid nazariy material rus olimlari A.D. Novikov, L.P. Matveev, G.D. Xarabugi va qator boshqa mualliflarning darsliklarida to‘la yoritilgan.
Jismoniy tarbiya jarayonining nazariy, uslubiy amaliyotining umumiyligi jismoniy tarbiya tizimining negizini tashkil qiladi. Millatimizning bu sohadagi merosini o‘rganish fanimizning asosiy vazifasidir. Jahongirlarni yuzaga chiqargan yurtimizning elat va xalqlari jismoniy madaniyati tarixiy manbaalarda o‘z o‘rnini olganligiga ishonchimiz komil.
Shu o‘rinda Petr Fransevich Lesgaft (1837-1909) va uning shogirdi V.V. Gorinevskiylar sobiq sho‘rolar jismoniy tarbiya tizimining asoschilari deb tan olinganligi jismoniy tarbiya nazariyasining rivojlanishida munosib hissa qo‘shgan olimlar sifatida jahon jismoniy madaniyati fani namoyandalari qatoridan o‘rin olganliklarini e’tirof etish lozim.
P.F. Lesgaft biolog, anatom, pedagog va katta jamoatchi sifatida inson shaxsning intelektual rivojlanishi uchun uning yashagan ijtimoiy muhiti va tarbiyasi axamiyatga ega ekanligini ilmiy jihatdan asoslab berdi. Lesgaft tomonidan ishlangan “Maktab yoshidagi bolalarda jismoniy bilimlar” tizimi hozirgi kunda ham o‘z ilmiy ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
Chor Rossiyasining jismoniy tarbiyaga munosabati yaxshi emas edi. “Maktablar bizda bolalarga butunlay jismoniy bilimlar bermayapti. Bu ishga rag‘barlikni bizning ishga aloqasi yo‘qlarga berib qo‘yilgan, ular jismoniy madaniyatni soxta tushunchalar orqali tasavvur qiladi, yoki bo‘lmasa, qaysidir chet el maktabini bitirib kelgandan eshitganlarigina biladi. Shuning uchun ular bola jismoniy tarbiyasiga etiborsizdirlar”, - deb yozgan edi P.F. Lesgaft.
V.V. Gorinevskiy (1857-1937) o‘zining tibbiy-pedagogik faoliyatida Lesgaft fikrlarini rivojlantirib sobiq sho‘rolar tuzumi jismoniy tarbiya tizimini rivojlanishiga kata hissa qo‘shdi. U jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanuvchilar ustida o‘tkazishni tadqiqot nazoratini qilishning ilmiy uslubiy kompleksini yaratdi. P.F. Lesgaft va uning shogirdi V.V. Gorinevskiylarning ilmiy merosinining qimmati shundaki, ularning jismoniy bilimlar va jismoniy tarbiya haqidagi ilmiy fikrlari amaliy va jamoatchilik tajribasi asosiga tayanganligidadir.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyoti umumiy tamoyillari va jismoniy tarbiya nazariyasi usuliyatining tamoyillari deb ataladigan tamoyillarga tayanadi: Bulardan tashqari, jismoniy tarbiyaning ayrim ko‘rinishlari va xususiyatlarini ifodalovchi (masalan, sport, trenirovkasi, kosmonavtlar, o‘t o‘chiruvchilar trenirovkasi vahokazo) tamoyillari ham mavjud. Ular bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, tamoyillarning yagona tizimini tashkil etadi. Eng avvalo, biz jismoniy tarbiya nazariyasining umumiy tamoyillari bilan tanishib chiqaylik. Ular: a) jismoniy tarbiyaning mehnat vaharbiy amaliyot bilan bog‘liqligi; b) shaxsni har tomonlama rivojlantirish; v) jismoniy tarbiyaning sog‘lomlashtirishga yo‘naltirish tamoyili deb guruhlanadi.
Bu tamoyil kishilarni harakat faoliyatiga yoki mehnatga tayyorlashda jismoniy tarbiya jarayoning asosiy sotsial qonuniyatini va uning xizmat funksiyasini ifodalaydi. Barcha tizimlarda bu qonuniyat o‘zining maxsus ifodasini topadi. Ayrim olimlar guru’i fizkulptura va sportning xizmat funksiyasiga hozirgi davr turmushidagi hayotidagi zichlikni, taranglikni yumshatishdan iborat deb qaraydilar. Ular hozirgi zamon ishlab chiqarishi mexanikasi, avtomatikasi, industriyasi vujudga keltirgan psixik va jismoniy muvozanatni saqlash uchun sportni asosiy vosita qilib olmoqchilar.
Fizkulptura va sport jismoniy tarbiya jarayonida hayot uchun kerak bo‘lgan harakat malakalarini tarbiyalash va rivojlantirishdagina hayotiy ahamiyat kasb etish bilan cheklanmay ijtimoiy hayotda ham foydalanadilar. Aslida esa u yoki bu jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish orqali hosil qilingan malaka to‘g‘ridan-to‘g‘ri mehnat faoliyati jarayoniga ko‘chsagina, u hayotiydir.
Ma’lumki, mavjud jamiyatda yashaydigan har bir shaxs har tomonlama rivojlangan bo‘lishi lozim, chunki, kishilar ruhiy, ma’naviy va jismoniy sifatlarni o‘zida mujassamlashtirgan holda tug‘ilmaydilar.
Bu sifatlarni kamol topishi, o‘sha ijtimoiy sharoitga va mavjud tarbiya tizimiga bog‘liq. Jismoniy tarbiya esa tarbiyaning boshqa tomonlari ichida muhimlaridan biridir.
Ijtimoiy muhit har tomonlama garmonik rivojlanishni har doim va har yerda inson organlari va tizimlarining biologik rivojlanishining ichki talabi tarzida qo‘yadi.
Shuning uchun ham inson tarbiyasida qo‘llaniladigan tarbiyaning har qanday shakllari jismoniy tarbiya jarayoni bilan ilojsiz bog‘langandir. Busiz har tomonlama garmonik tarbiya amalga oshmaydi. Jismoniy tarbiyaning boshqa tarbiya turlari bilan bog‘liqligini dialektik materialistik falsafa va tabiiy-ilmiy fanlarning ochiq munozarasi, fandagi o‘sha eski ba’s’hozirham davom ettirishga urinuvchilar mavjud, ular odam tanasining tashqi ko‘rinishi va uning funksiyasiga tashqi ta’sir bilan o‘zgartirish kiritish mumkin emas deb tarbiyaning rolinihozirham inkor etadilar.
Shaxsni har tomonlama rivojlantirish tamoyilining jismoniy tarbiya mktaxassisiga qo‘yadigan asosiy talablari:
1. Tarbiyaning turli tomonlarining bir butunligiga erishish. Jismoniy tarbiya orqali erishilgan yuqori natijaning o‘zi shaxsnihar tomonlama rivojlanagnligini belgilaydi, deb bo‘lmaydi. Jismoniy sifatlarga qo‘shib aqliy, axloqiy, ruhiy, estetik, va ma’naviy sifatlar ham qo‘shib tarbiyalansa, shaxs shundagina ijodiy mehnat va Vatan mudofaasiga tayyor bo‘ladi. Bu talab o‘z navbatida jamiyatimiz aozolarininghal qiluvchi vaqtda, mehnat vaxtasidami, mudofadami, qonuniy demokratik davlatni barpo etishdek sharafli ishlarning barchasida oldinda bo‘ladilar.
2. Keng va umumiy jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lish. Jamiyat aozolarining barcha faoliyatlari ma’lum maonodagi kasbga,hunarga yo‘naltirilgan bo‘lishi, bunga ayniqsa mehnat vaharbiy faoliyat davomida duch kelamiz.har qanday faoliyatdagi yutuq jismoniy tayyorgarlikka bog‘liq. Armiya safidami yoki mehnat frontidami umumjismoniy tayyorgarligi sust bo‘lganlar qiyinchiliklarga duch keladilar. Jismoniy sifatlar insonda qanchalik yaxshi rivojlangan,hayot uchun kerakli zarur bo‘lganharakat va mehnat malakalari yetarli bo‘lsa, boshqa faoliyatni oson va tez o‘zlashtiriladi. Jismoniy tayyorgarlikni yo‘lga qo‘yish uchun olib borilgan rejali faoliyathar tomonlama garmonik rivojlantirishning omilidir.
Jismoniy tarbiyaning sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan-ligi tamoyili shug‘ullanuvchilarning jismoniy mashqlar bilan mashg‘ul bo‘lishida ularni sog‘ligiga javob berish maosuliyatini o‘rtaga tashlaydi. Jismoniy madaniyat tashkilotchilari, trenerlar, davlat, xalq oldida shug‘ullanuvchilarning sog‘ligiga javob beribgina qolmay, uni musta’kamlashga va takomillashtirishgaham javob beradilar.
Jismoniy mashqlar bilan vrach va pedagog nazorati ostida shug‘ullanilsagina, u ijobiy effekt beradi. Noto‘g‘ri foydala-nish esa shug‘ullanuvchi sog‘ligiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Shuning uchun biologik xususiyatlari - yoshi, jinsi, sog‘liginihisobga olish, tizimli vrach va pedagog nazorati tarbiya jarayonida yetakchi omildir.
Amalda rejasiz ishlash o‘ta salbiy oqibatlarga olib keladi. Tanlangan uslubiyatlar, mashqlarning me’yori, bajarish intensivligi, yuklamaning umumiy miqdorini tanlashdagi pedagogning arzimas xatosi shug‘ullanuvchi uchun o‘ta qimmatga tushishi mumkin.
Shundayhollarga duch kelish mumkinki, sport natija-larini vaqtinchalik o‘sishi, jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkich-larining ortishi, organizmda vaqtinchalik sportchi uchun sezilmaydigan patologik o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Kelib chiqadigan yomon oqibatlar jismoniy madaniyat va sportning obro‘siga salbiy ta’sir etadi.
Shu sababli vrach nazorati dalillarini eotirof etish bilangina cheklanmay, asosiy eotibor ularning ta’liliga qaratilishi lozim. Nazoratni tizimli emasligi salbiy oqibatlarga olib kelishi muqarrardir.
Jismoniy tarbiyani sog‘lomlashtirish bilan bog‘lab olib borish tamoyili vrach, pedagog va shug‘ul lanuvchining kunlik muntazam muloqotini talab qiladi.
Jismoniy tarbiya tamoyillari bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liqlikni taqazo etadi. Shundagina ular ahamiyatini saqlab qoladi.
Jismoniy tarbiyaning mehnat vaharbiy amaliyot bilan bog‘liqligi uning yetakchi tamoyilidir. Shu tamoyilgina mamlakatimizda jismoniy tarbiyaning asosiy qonuniyatini ifodalaydi, uning ahamiyati jamiyatimiz aozolarini ijodiy mehnatga va Vatan mudofasiga tayyorlashdadir.
Shaxsnihar tomonlama rivojlantirish tamoyili ijti-moiyhayotga - ishlab chiqarish vaharbiy ishini amalga oshiradiganhar tomonlama rivojlangan shaxsga talabni oshiradi,har tomonlama jismoniy, ma’naviy rivojlangan-larni tarbiyalash mamlakat iqtisodiyoti va mudofaasini ta’minlashda muhim rolp o‘ynaydi.



Yüklə 265 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə