Mexanika (MD) fani bo’yicha asosiy tushinchalar va ta’riflar


Payvand birikmalarni hisoblash



Yüklə 401,8 Kb.
səhifə20/43
tarix27.01.2023
ölçüsü401,8 Kb.
#99520
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   43
Mexanika

Payvand birikmalarni hisoblash
Uchma-uch payvand birikma va uni hisoblash
Agar detallar bir tekislikda joylashgan bo’lsa, ularning uchlari bir-biriga uchma-uch payvandlanadi. Bunday payvand birikma uchma-uch birikma, hosil bo’lgan payvand chok esa uchma-uch chok deb ataladi.
Shu usulda hosil qilingan payvand birikma pishiq-puxta, oddiy va tebranishli yuklamalar ta’siri ostida bo’lgan tuzilmalarda ko’proq qo’llanishi tavsiya etiladi. Biriktiriladigan detallarning qalinligi bo’yicha uchma-uch chokli payvand birikmalarning rasmi 6.1-rasmda tasvyrlangan.
. Uchma-uch payvand chokli birikma
Bu rasmda keltirilgan ma’lumotlar dastaki usulda (ya’ni qo’lda bajarilgan) biriktirilgan detallar uchun xos. Avtomatik usulda hosil qilinadigan payvand birikmalarda detallarning qalinligi birmuncha katta, kertish burchaklari esa kichikroq olinishi maqsadga muvofiq sanaladi.
Payvand chokning sifati asosiy detal bilan hosil qilingan chokning bir jinsli chiqishiga, chok zichligining uning barcha nuqtalarida deyarli bir xil bo’lishiga, to’gri tanlangan texnologik jarayonning mukammal bajarilishiga bog’likdir.
Payvand choklarni mustahkamlikka hisoblashda hosil qilingan payvand chokning ko’ndalang kesim yuzasiga ta’sir qiladigan kuchlanish qiymati uning hamma nuqtalariga bir xilda ta’sir ko’rsatadi deb olinadi. Odatda, uchma-uch birikmaga cho’zuvchi yoki siquvchi kuchlanish ta’sir etadi. Mustahkamlikka hisoblash sharti esa quyidagi tusdadir:
(7.1)
bu yerda: σ -cho’zuvchi yoki siquvchi kuchlanish, MPa; Ғ-chokka ta’sir etuvchi kuch, N; -chokning uzunligi, mm; σ –detallning payvandlanadigan qismi qalinligi, mm; [σ ′]- chok materiali uchui ruxsat etilgan kuchlanish, MPa. Chok materiali uchun ruxsat etilgan kuchlanishning qiymati payvandlash usuli va payvand elektrodiga bog’liq ravishda standartdan olish m-n
Og’ma chokli uchma-uch birikma
jadvaldagi [σ]ch -birikayotgan detal materiali uchun ruxsat etilgan cho’zuvchi kuchlanish.
Uning qiymati, masalan po’lat St2 uchun 140, StZ uchun esa 160 MPa dir. Agarda, ikki xil, St2 va StZ materialli detallar o’zaro payvand yordamida biriktirilsa, [σ]ch ning qiymati kichigi bo’yicha payvand birikma mustahkamligi tekshiriladi.
O’zgaruvchan yuklamali hollarda 7.1-jadval bo’yicha aniqlangan ruxsat etilgan kuchlanishlar γ koeffisientga ko’paytirish orqali kamaytiriladi:
(7.2)
bu yerda: R-siklning assimetriya koeffisienti;
Кσ -kuchlanishlar jamlanishining effektiv koeffisienti.
Burchak ro’para choklarida: dastaki payvandda Кσ=2,3-3,2; avtomat payvandsa Кσ = 1,7...2,4 Yonbosh choklarda Кσ = 3,5...4,5;
Uglerodli po’latlarni dastaki uchma-uch payvandlashda Кσ=1,2 2.2-formulaning mahrajidagi yuqori amal belgilari sikllarning o’rtacha kuchlanishi σt ≥ 0, quyi amal belgalari esa σt0, bo’lganda qabul qilinadi.

Yüklə 401,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə