Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   147
Agrosanoat m

Agrosanoat majmuasi
– qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish, 
tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va iste’molchilarga yetkazib berish maqsadida, 
o’zaro texnologik va xo’jalik aloqalar bilan bog’langan iqtisodiyotning tarmoqlari va 
xizmatlari yig’indisidan iborat, yagona maqsad yo’lida ishlaydigan majmuadir. 
Agrosanoat majmuasi murakkab tarkibga ega. Unga agrosanoat majmuasiga kiruvchi 
tarmoqlaga ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaradigan yirik sanoat korxinalari 
(qishloq xo’jaligi mashinasozligi sanoati, omuxta yem ishlab chiqarish sanoati, 


330 
meneral o’g’itlar ishlab chiqaruvchi zavodlar, kimyoviy vositalar va qishloq xo’jaligi 
maqsadlari uchun dori-darmonlar ishlab chiqaruvchi korxonalar), qishloq 
xo’jaligining o’zi, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlaydigan korxona va 
tashkilotlar, qishloq xo’jaligi mahsulotlarin qayta ishlovchi korxonalar, ularni 
saqlaydigan, tashiydigan va tayyor mahsulotni iste’molchilarga yetkazib beradigan 
ulgurji va chakani savdo tashkilotlari kiradi. Bundan tashqari agrosanoat majmuasi 
mo’’tadil ishlashini ta’minlaydigan ko’p tarkibli xizmat ko’rsatish infratuzilmasiga 
ham egadir. Agrosanoat majmuasi agrosanoat integratsiyasining mahsuli sifatida 
shakllanadi. 
Agrosanoat integratsiyasi
– sanoat va qishloq xo’jaligi tarmoqlarining 
iqtisodiy munosabatlarning chuqurlashishi asosida bir butun tizimga aylanishi. Uning 
asosini iqtisodiy, fan va texnika, texnologiya va boshqa xo’jalik imkoniyatlarini 
birlashtirish orqali ishlab chiqarish va mehnatning umumlashtirilishi tashkil etadi. 
Agrosanoat integratsiyasining rivojlanishi qishloq xo’jaligiga sanoatning kirib 
kelishini, qishloqning iqtisodiy va ijtimoiy masalalarini optimal yetish imkoniyatini 
kuchaytiradi.
Agrotexnologiya
– dehqonchilik texnologiyasi, qishloq xo’jalik ekinlarini 
yetishtirish usullari tizimi. Agrotexnologiyaning nazariy asosi agronomiya 
hisoblanadi. Agrotexnologiya quyidagi tadbirlarni o’z ichiga oladi: tuproqqa ishlov 
berish; almashlab ekish; o’g’itlar solish; urug’likni ekishga tayyorlash; ekish; 
ekinlarni parvarishlash; begona o’tlar, kasalliklar va hasharotlarga qarshi kurash; 
hosilni yig’ib olish. Bu tadbirlarning har biri o’z navbatida agrotexnologiya usullari
yig’indisidan iborat. Masalan, yerni haydash, tekislash, boronalash va ekishga 
tayyorlash usullari tuproqqa ishlov berish texnologiyasining asosini tashkil etadi. 

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə