Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   147
Agrosanoat m

Biznes – 
sohibkorlik – tijorat ishlari bilan shug’ullanish, pul topish maqsadida 
biror ish bilan shug’ullanish. 
Bo’linmas fond
- qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkat xo’jaligi) ustav fondi 
qiymatining bir qismi bo’lib, u shirkat xo’jaligi tasarrufida qoladi va paychi a’zolar 
o’rtasida taqsimlanmaydi. 
Bazis davr
– iqtisodiyotda joriy (hisobot) davri ma’lumotlari (ko’rsatkichlari) 
ni qiyoslash uchun qabul qilingan biror vaqt (oy, kvartal, yil va h.k.) yoki sana.
Bazis narx
- 1) rejali iqtisodiyotda doimiy deb qabul qilingan va xalq xo’jaligi 
ko’rsatkichlari (masalan, milliy daromad hajmi, sanoat, qishloq xo’jaligi, yalpi 


333 
mahsuloti va b.) dagi o’zgarishlarni indekslarni hisoblashda asos qilib olingan narx. 
2) sifat ko’rsatkichlari aniq bo’lgan tovarning kontrakt yoki preyskurant narxi. 
Balans
( lotincha 
balanx 
) – biron-bir faoliyatning bir-birini muvozanatlashi 
lozim bo’lgan tomonlari (masalan, daromadlar va xarajatlar) o’rtasidagi nisbatlarning 
miqdoriy ifodasi. Iqtisodiyotda buxgalteriya balansi, ijtimoiy mahsulot balansi, savdo 
balansi, mehnat resurslari balansi, daromad va xarajatlar balansi, to’lov balansi va 
boshqa balanslar mavjud. 
Bandlik 
– aholini ish bilan ta’minlash, mehnatga layoqotli aholining ijtimoiy 
foydali mehnat bilan mashg’ul bo’lishi; fuqarolarni shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini 
qondirish bilan bog’liq bo’lgan va qonunlarga zid kelmaydigan, mehnat daromadi 
beradigan faoliyati. 
Bank krediti
– banklarning mijozlarga vaqtinchalik foydalanish uchun kapital 
berishi. Banklar qaytarishlik, bank foizi to’lovi va muddatlilik shartlarida o’z 
mablag’lari va jalb etilgan mablag’lar hisobidan kreditlari beradi. Turli ssudalar 
(savdo-sotiq, ko’chmas mulkni garovga oilsh, asosiy kapitalni kengaytirish va 
boshqalar), veksellar hisobi kabi shakllari bor. 

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə