Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   147
Agrosanoat m

Bozor kon’yukturasi
muayyan davrdagi bozor holati; bozorda 
muvozanatning mavjudligi yoki buzilganligi bilan xarkterlanadi. SHunga ko’ra bozor 
kon’yukturasi ijobiy va salbiy, qulay yoki noqulay bo’lishi mumkin. 
Birja 
– mahsulotlarni sotish tizimlaridan biri. Talab va taklifga qarab 
mahsulotlar narxi birjada muvozanatlashib turadi. 
Veksel
(nemischa 
Wechsel
- ayirboshlash) – ko’rsatilgan muddatda muayyan 
miqdordagi pulni to’lash majburiyati qayd etilgan qarzdorlik haqidagi rasmiy hujjat; 
qimmatli qog’oz. 
Daromadlar

hisobot 
davrida 
aktivlarning 
ko’payishi 
yoxud 
majburiyatlarning kamayishi. 
Davlat buyurtmalari –
davlat tomonidan muayyan mahsulot turini (hozirgi 
kunda paxta va g’allani) yetkazib berish bo’yicha qishloq xo’jaligi korxonalari bilan 
tuzilgan shartnoma-topshiriq. 
Dividend
sof foydaning soliqlar, yig’imlar va boshqa to’lovlar 
to’langanidan keyin shirkat xo’jaligi (aktsiyadorlar jamiyati) ixtiyorida qoladigan va 
a’zolar o’rtasida taqsimlanishi lozim bo’lgan qismi.
Dehqon xo’jaligi - 
oilaviy mayda tovar xo’jaligi, oila a’zolarining shaxsiy 
mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila 


335 
boshlig’iga berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xo’jaligi mahsuloti yetishtiradi 
va realizatsiya qiladi. 
Dehqonchilik tizimi - 
dehqonchilik mahsulotlari yetishtirish uchun yerdan 
to’la foydalanish, tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan, o’zaro bog’liq va bir-
birini to’ldiradigan tashkiliy-agrotexnik tadbirlar yig’indisi. 
Davlat buyurtmasi
- davlat talabi bilan (shartnoma yoki kelishuv asosida) 
korxona, tashkilot, xo’jaliklarga muayyan mahsulot turini belgilangan muddatlarda 
ishlab chiqarish va yetkazib berish, davlat ehtiyojlari uchun tegishli xizmatlar 
ko’rsatish, shuningdek ishlab chiqarish, noishlab chiqarish va ilmiy texnikaviy 
ishlarini bajarish va boshqalar. 

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə