Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   147
Agrosanoat m

Davlat byudjeti
– davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun 
mo’ljallangan pul daromadlari va xarajatlari majmui. 
Daromad
– keng ma’noda kirim bo’lgan har qanday pul mablag’lari yoki pul 
qiymatiga ega bo’lgan moddiy boyliklarni olish, iqtisodiy sub’yekt o’z faoliyati 
natijasiga ko’ra oladigan pul va tovar – moddiy tushum. 
Dehqonchilik
– o’simlik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun madaniy 
o’simliklar (qishloq xo’jalik ekinlari)ni yetishtirish; qishloq xo’jaligining asosiy 
tarmoqlaridan biri. 
Dehqonchilik tizimi
– yerdan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini 
tiklash va oshirish, ekinlardan yuqori hosil olishga qaratilgan, o’zaro bir-biriga 
bog’liq texnologik (agrotexnik), meliorativ va tashkiliy iqtisodiy tadbirlar majmui.
Dotatsiya 
(lotincha 
dotaio
– tuhfa) – 1) ma’lum xarajatlarni qoplash uchun 
iqtisodiyotning bir sub’yekti tomonidan ikkinchisiga qaytarib bermaslik sharti bilan 
pul mablag’lari berilishi. Dotatsiya odatda davlat byudjeti tomonidan beriladi. 2) 
muayyan fuqaro va tashkilotlarga ko’rilgan zararni qoplash yoki belgilangan 
maqsadlar uchun davlat tomonidan pul mablag’laning ajratilishi (berilishi).
Yer monitoringi
– bu yerning holatini doimiy nazorat qilib turish tizimidir. 
Yer transformatsiyasi
– qishloq xo’jaligida yerlarning bir sifat holatidan 
ikkinchisiga o’tishi. Odatda yer transformatsiyasining ikki turi mavjud. Birinchisi 


336 
ijobiy yer transformatsiyasi – nisbatan yomon yerlarning yaxshi yerlar safiga o’tishi. 
Ikkinchisi salbiy yer transformatsiyasi – yaxshi yerlarning yomon yerlar safiga 
o’tishi. 
Yilning sof foydasi -
u soliq to’langandan keyin xo’jalik yurituvchi sub’yekt 
ixtiyorida qoladigan qismi. 

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə