Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   147
Agrosanoat m

Mahsulot tannarxi
- mahsulot birligini ishlab chiqarish, sotish uchun qilingan 
xarajatlarning puldagi ifodasidir. 
Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda
. Bu sotishdan olingan sof tushumdan 
sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini olish bilan aniqlanadi; 
Moddiy-texnika bazasi
- tarmoqlarda ishlab chiqarishni amalga oshirish 
jarayonida ishlatilayotgan asosiy vositalar, aylanma mablag’lar birgalikda ularning 
moddiy-texnika bazasi deb yuritiladi. 
Operativ lizing
– mulkni uning xizmat muddatida kam davrga ijaraga berishni 
nazarda tutadi. Ijara muddati tugagach, mulk egasiga qaytariladi yoki yangi lizing 
shartnomasi ob’yekti bo’lib qoladi. 
Paychilik munosabatlari
– sherikchilik asosida biznes yuritishga hissa 
qo’shish va shu hissaga qarab daromad ko’rish sohasidagi iqtisodiy munosabatlar. 
Pay fondi - 
shirkat xo’jaligi ustaviga muvofiq shirkat xo’jaligi a’zolarining 
qiymatda ifodalangan mulkiy paylari, har bir a’zoning shirkat xo’jaligi pay fondidagi 
ulushi. 
Rentabellik
– tarmoq yoki korxonaning foyda olib ishlashi, aktivlar, sotilgan 
mahsulot yoki ishlab chiqarish xarajatlariga nisbatan foydalilik darajasini ko’rsatadi. 
Soliq to’lagungacha olingan foyda -
u umum xo’jalik faoliyatidan olingan 
foyda, plyus favqulodda (ko’zda tutilmagan) vaziyatlardan ko’rilgan foyda va 
minus zarar sifatida aniqlanadi. 
Tarmoq - 
qo’llanilayotgan vositalar, ishlab chiqarish texnologiyasi, tashkil 
qilish xususiyati hamda mahsulotlardan foydalanish tartibiga ko’ra bir-biridan farq 
qiladigan ishlab chiqarishning bir qismi. 
Ta’rif ish haqi fondi
- ishlab chiqarish texnologiyasiga ko’ra bajariladigan 
ishning hajmi, me’yori va razryadi stavkasiga ko’ra aniqlanadigan ish haqi fondi. 


338 

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə