Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   147
Agrosanoat m

Ixtisoslashtirish – 
mavjud tabiiy-iqlimiy shart-sharoitlar va boshqa omillar 
ta’sirida u yoki bu mahsulot turlarini ishlab chiqarishga moslashuv. 
Investitsiya 
– bu foyda olish maqsadida moliyaviy resurslarni (kapitalni) 
iqtisodiyotning tarmoqlariga uzoq muddatga qo’yishdir. 
Kichik biznes
– manfaat (foyda) olish maqsadida ishlab chiqarishni, asosan 
xususiy tadbirkorlikni kichik miqdorda va shakllarda, tashkil etish. U ishlab 
chiqarish, xizmat ko’rsatish, savdoning ma’lum shakl va turlarida rivojlanadi. 
Xususiy tadbirkor o’z faoliyatini ma’lum xatar (raqobat tavakkalchiligi) asosida 
yuritadi. 
Motivatsiya
(sababni asoslash) – real mehnat hulqini tushuntirish, asoslab 
berish uchun sabablar (mulohazalar) tanlashga qaratilgan og’zaki xati-harakatdir.
Mehnat bozori
– ishchi kuchlarining mehnatga bo’lgan qobiliyatini sotish va 
sotib olish tizimi. Mehnat bozorining uchta sub’yekti mavjud. Bularga: o’z ishchi 
kuchini sotuvchilar, ish beruvchilar va davlat kiradi.
Mehnat resurslari
– aholining mehnat qilish qobiliyatiga (jismoniy va aqliy 
faoliyatga) ega bo’lgan qismi. 
Mehnat unumdorligi
– Konkret sarflangan mehnatning samaradorligi, 
natijaviyligidir. Mehnat unumdorligi vaqt birligi ichida ishlab chiqarilgan mahsulot 
miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt bilan 
o’lchanadi. 
Moliyaviy natijalar
- xo’jalik yurituvchi sub’yektning foyda yoki zarar 
shaklida ifodalangan faoliyatining pirovard iqtisodiy yakuni. 
Moliyaviy lizing
–amalda uzoq muddatli kreditlashtirishning o’ziga xos shakli 
hisoblanib, mulk uzoq muddatga, odatda, to’liq amortizatsiya muddatiga yoki uning 


337 
katta qismiga ijara shartnomasi tuziladi. Moliyaviy lizingda ijara shartnomasi 
tugagach, lizing ob’yekti lizing oluvchi tomonidan sotib olinishi yoki yangi lizing 
shartnomasi ob’yekti bo’lishi mumkin.

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə