Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   147
Agrosanoat m

Ta’rif jadvali
– mehnatga haq to’lash razryadlari, ta’rif koeffitsentlari va 
stavkalarini ichiga olgan jadval. 
Tuproq 
unumdorligi 
– 
tuproqning 
mahsulot 
berish 
qobiliyati. 
Unumdorlikning tabiiy, sun’iy va iqtisodiy turlari mavjud. Tuproqning tabiiy 
unumdorligi – inson aralashmasdan hosil berish qobiliyati. Bu unumdorlik insonning 
mehnati bilan vujudga kelmagan. Uni tabiat yaratgan. Sun’iy unumdorlik – inson 
mehnatining mahsuli. Iqtisodiy unumdorlik tuproqning tabiiy va sun’iy 
unumdorligining yig’indisidir. 
Ustav fondi
- korxonalar faoliyatini ta’minlash uchun ta’sischilar tomonidan 
dastlab kiritiladigan va keyinchalik ko’paytirib borish mumkin bo’lgan, hajmi 
korxonaning ustavida belgilab qo’yiladigan mablag’. SHirkat xo’jaliklarida pay fondi 
va bo’linmas fonddan iborat bo’ladi. 
Xarajatlar
- hisobot davrida aktivlarning kamayishi yoxud majburiyatlarning 
ko’payishi. 
Qishloq xo’jalik kooperativi (shirkat xo’jaligi)
– tovar qishloq xo’jalik 
mahsuloti yetishtirish uchun pay usulga va asosan oila (jamoa) pudratiga, 
fuqarolarning ixtiyoriy ravishda birlashishiga, boshqarishning umumiyligiga 
asoslangan, yuridik shaxs huquqiga asoslangan mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’yekt. 
Qo’shimcha ish haqi
– qo’shimcha mehnat sarf qilish, ish jarayonlarini 
takomillashtirish orqali qo’shimcha yetishtirilgan mahsulot yoki yuqori sifatli 
mahsulot hamda shu mahsulotlarni yetishtirish uchun xarajatlarni tejash evaziga 
to’lanadigan ish haqi. 
Chorvachilik tizimi
- chorva mollari sonini o’stirish va sifatini yaxshilash, 
maxsuldorligini muntazam oshirib borish hamda mahsulot birligiga qilinadigan 
xarajatlarni kamaytirish, umuman, chorva mollari va chorvachilik vositalaridan 
maqsadga muvofiq foydalanish orqali uni eng samarali tarmoqqa aylantirishni 
ta’minlaydigan tashkiliy-iqtisodiy, texnologik va texnikaviy tadbirlar yig’indisi. 


339 

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə