Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   147
Agrosanoat m

Bank foiz stavkasi
- banki ssudasidan foydalanganlik uchun belgilangan haq 
miqdori; qarz summasiga nisbatan foiz hisobida undiriladi. Uning miqdori kredit turi, 
muddati va qarzning vaqtida qaytarilishiga bog’liq. Tijorat va davlat banklari 
Markaziy (milliy) Bank boshchiligida kreditlar uchun belgilaydigan bank foiz 
stavkasi qarzning qaysi tarzda va qanday berilishiga ham bog’liq. Uzoq muddatli 
qarzning bank foiz stavkasi past, qisqa muddatlisiniki yuqori bo’ladi.
Bozor
- sotuvchilar bilan xaridorlar o’rtasidagi tovar ayriboshlash 
munosabatlari; ishlab chiqarish bilan iste’molni o’zaro bog’lovchi mexanizm. Bozor 
ob’yeti nafliligi bor tovar va xizmatlar. Bozor ishtirokchilari (sotuvchi va xaridorlar) 
bo’lib ular firmalar, uy xo’jaliklari, davlatning tashkilot, idoralari va boshqalardan 
iborat.
Bozor infratuzilmasi
– bozorda tovarlar va xizmatlarning erkin harakatini 
ta’minlaydigan muassasalar, tashkilotlar majmui. Bozor infrastrukturasining asosiy 


334 
unsurlar quyidagilar: birjalar (tovar, xom ashyo, fond, valyuta) va ularning tashkiliy 
rasmiylashtirilgan vositachiligi; kimoshdi savdolari, yarmarkalar va birjadan tashqari 
tashkiliy vositachilik shakllari; kredit tizimi va tijorat banklari, emissiya tizimi va 
emissiya banklari; aholi bandligini boshqarish tizimi; davlat va nodavlat bandlikka 
yordam ko’rsatish markazlari (mehnat birjalari); axborot texnologiyalari va 
ishbilarmonlik aloqalari vositalari; soliq tizimi va soliq inspektsiyalari; tijorat-
xo’jalik xatari sug’urtasi tizimi va sug’urta kompaniyalari; maxsus reklama 
agentliklari, axborot markazlari va ommaviy axborot vositalari agentliklari; savdo 
palatalari, bojxona tizimi; o’rta va oliy iqtisodiy ta’lim tizimi; auditorlik va 
konsalting kompaniyalari; va h.k. 

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə