Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   147
Agrosanoat m

Agrosanoat majmuasi
– bu qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish, 
tayyorlash, ularni saqlash, qayta ishlash, tayyor mahsulotlarni iste’molchilarga 
etkazib berish bilan shug’ullanuvchi tarmoqlar va majmua tarmoqlariga xizmat 
ko’rsatuvchi sohalar yig’indisidir. Agrosanoat majmuasiga kiruvchi tarmoqlar uchun 
ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi tarmoqlar va xizmat ko’rsatuvchi 


331 
infratuzilma ham kiradi. Agrosanoat majmuasi tarmoqlari 4 ta sohaga bo’linadi. 
Agrosanoat majmuasi birinchi sohasiga ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi 
tarmoqlar, ikkinchi sohasiga qishloq xo’jaligi, uchinchi sohasiga qishloq xo’jaligi 
mahsulotlarini tayyorovchi, qayta ishlovchi va tayyor mahsulotlarni iste’molchilarga 
yetkazib beruvchi tarmoqlar, to’rtinchi sohasiga infratuzilma kiradi. Infratuzilma o’zi 
ikki guruhga bo’linadi. Birinchi guruhga, ishlab chiqarish infratuzilmasi ikkinchi 
guruhga esa ijtimoiy infratuzilma kiradi. 
Aylanma vositalar (mablag’lar)
- korxona (xo’jalikning) xo’jalik faoliyatini 
moliyalashtirish uchun foydalananiladigan pul mablag’lari; aylanma vositalar 
aylanma ishlab chiqarish fondlari va muomala fondlaridan tashkil topadi. 
Aylanma kapital
– kapital (ishlab chiqarish fondlari) ning har bir ishlab 
chiqarish siklida sarf etiladigan va qiymati ishlab chiqarilgan tovarga to’liq o’tadigan 
qismi. 
Aylanma mablag’lar
– ishlab chiqarishni tashkil etish va mahsulotni sotish 
maqsadida zarur aylanma fondlarni va muomala fondini tashkil etish uchun 
avanslashtirilgan pul mablag’lari yig’indisidir.
Aktiv 
(lotincha 
aktivus
- faol, ta’sirchan, ishchan) – 1)buxgalteriya balansining 
chap qismi, korxonaning muayyan sanada va pul ifodasida barcha vositalarini,
ularning tarkibi va joylashuvini (asosiy fondlar, aylanma vositalar, pul mablag’lari, 
kapital sarflar, qarzdorlik talabnomalari va b.) aks etadi; 2) korxona yoki 
tashkilotning mulki yoki resurslari (bino, mashina, naqd pul, qimmatbaho qog’ozlar 
va b.). pulga tez sotilishi (aylanishi) mumkin bo’lgan, bozori chaqqon aktiv 
(veksellar, qimmatbaho qog’ozlar, oltin, naqd pul, va b.) likvid aktivlar deyiladi. 

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə