Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   147
Agrosanoat m

Assotsiatsiya
(lotincha 
associo 
birlashish, qo’shish, uyushish) – umumiy 
maqsadga erishish uchun tuzilgan uyushma, ittifoq, guruh. 
Assortiment 
(frantsuzcha 
assoriment
–tanlab olingan, saralangan) – muayyan 
belgilariga ko’ra guruhlangan tovarlar turlari, xillari to’plami.
Asosiy vositalar
– ishlab chiqarishning moddiy sharoitlarini ta’minlaydigan 
vositalar ( mehnat qurollari, bino, inshoat, qurilma va b.). Buxgalteriya hisobi va 


332 
rejalashtirishda asosiy vositalar tarkibiga bir yildan ortiq va qiymati eng kam ish 
haqining 15 barobaridan arzon bo’lmagan vositalar kiritiladi.
Asosiy kapital
– kapitalning asosiy ishlab chiqarish vositalari (mashina, 
asbob-uskuna ishlab chiqarish binolari va uskunalarini) o’z ichiga oluvchi, iqtisodiy 
jihatdan o’z qiymatini ishlab chiqarilgan tovarlarga asta-sekin va uzoq muddatda 
o’tkazib boruvchi qismi.
Asosiy faoliyatdan olingan foyda
- bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi 
foyda bilan davr xarajatlari o’rtasidagi tafovut va plyus, asosiy faoliyatdan ko’rilgan 
boshqa daromadlar yoki minus boshqa zararlar sifatida aniqlanadi. 
Almashlab ekish - 
ekinlarning yillar davomida ma’lum dalalarda rejali 
tartibda navbati bilan almashib turilishi. 
Auktsion 
– tovar va mahsulotlarni kim oshdi savdosida erkin sotish joyi. 
Bevosita xarajatlar
- bitta mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq, 
miqdori ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga nisbatan o’zgaruvchan xarajatlar.
Bilvosita xarajatlar
- yordamchi ishchilarga vaqtbay ish haqi to’lash, ishlab 
chiqarish asosiy vositalarining amortizatsiyasi, ishlab chiqarish asosiy vositalarini 
saqlash, joriy va kapital remont qilish va mahsulot hajmining o’zgarishidan qat’i 
nazar nisbatan doimiy bo’lib qoladigan boshqa xarajatlar singari ishlab chiqarish 
jarayoniga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq ishlab chiqarish ahamiyatidagi xarajatlar. 

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə