Microsoft Word O'smirlik davri 4 soat


- Savol:О‘smirlik davrida shaxslararo munosabat



Yüklə 317,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/16
tarix18.04.2023
ölçüsü317,6 Kb.
#106076
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
O\'smirlik davri 4 soat

5- Savol:О‘smirlik davrida shaxslararo munosabat. 
О‘smirlik davrida yetakchi faoliyat - bu о‘qish, muloqot hamda 
mehnat faoliyatidir
. О‘smirlik davri muloqotiniig asosiy vazifasi - bu dо‘stlik,
о‘rtoqlikdagi elementar normalarini aniqlash va egallashdir.О‘smirlar
muloqotining asosiy xususiyati shundan iboratki, u tо‘la о‘rtoqlik kodeksiga 
bо‘ysunadi. О‘smirlarni о‘z tengdoshlari bilan muloqotda bо‘lishi g‘oyat katta
ahamiyatga egadir. О‘smirlar dо‘stlik, о‘rtoqlik va о‘zaro yordamlashuvni
hamma narsadan yuqori qо‘yishadilar.Ana shunday о‘zaro munosabatlar,
о‘spirinlik yillarida ham davom eta beradi. Bunda о‘smirlar va ilk yoshdagi
о‘spirin о‘quvchilarniig xulq- atvorlariga dо‘stlari ota-onalar va pedagoglarga
nisbatan bir necha marta kuchlirok ta’sir etadilar. Buni shu bilan tushuntirish
mumkinki, о‘smir bolaning yetilmaganligi va tajribasizligi uni tevarak-
atrofdagi kimsalardan madad axtarishga majbur qiladi. О‘smir bolaga uning 
istaklarini tushunadngan va ularni amalga oshirishga yordam beradigan dо‘st 
kerak. О‘smirning dо‘stlari bilan muloqoti ham о‘ziga xos xususiyatlarga 
ega.Tengdosh bolalar bilan prinsipial tenglik holatidagi munosabatlar muhitiga 
nisbatan о‘smirda alohida qiziqish bо‘ladi. Bu hol о‘smirda yuzaga keladigan 


shaxsiy kattalik hissining etik mazmuniga mos keladi. Kattalar bilan muloqotda
bо‘lish tengdoshlari bilan bо‘lgan muloqotning о‘rnini bosa olmaydi. 
О‘smir uchun tengdoshlari bilan bо‘lgan muloqot u mustaqil harakat 
qiladigan о‘zining shaxsiy munosabatlari muhitiga ajraladi. U bunga haqqim
bor, deb о‘ylaydi, о‘z huquqlarini himoya qiladi va aynan shuning uchun 
ham о‘rtoqlari bilan bо‘lgan munosabatga kattalarning о‘rinsiz, qо‘pol aralashuvi
о‘smirning xafagarchiligiga va noroziligiga olib keladi.О‘smirda tengdoshlar
bilan muloqot qilish va hamkorlikdagi faoliyatga intilish yaqqol namoyon
bо‘ladi. Jamoa hayoti bilan yashash, yaqin о‘rtoqlar, dо‘stga ega bо‘lish 
xohishi-dо‘stlar tomonidan qabul qilingan, tan olingan, hurmat qilingan 
bо‘lishdek kuchli xohishdir. Bu о‘smirning muhim talabiga aylanib 
boradi.О‘smir uchun eng yoqimsiz vaziyat - jamoa va о‘rtoqlarining noroziligi, 
muloqot qilishni istamaslik, eng og‘ir jazo esa - ochiq yoki nooshkor aloqa 
uzish, gaplashmaslikdir. 
О‘smirlar dо‘stlik kodeksining muhim meyorlari - sha’nini hurmat
qilish, tenglik, sodiqlik, dо‘stga yordam, tо‘g‘ri sо‘zlik. Dо‘stlik meyorlarini
egallash bolaning о‘smirlikdagi muhim yutug‘idir.Agarda u bunday dо‘stni
qarindoshlari va pedagoglari orasidan topa olmasa, unday paytda u о‘z
qiziqishlari va intilishlarini qо‘llab-quvvatlaydigan hamda undagi
kamchiliklarni kimlar bilandir tо‘ldira oladigan odamni begona katta kishilar 
yoki о‘z teng qurlari orasidan albatta topadi. 
О‘z tengdoshlari bilan tenglik asosida qilingan munosabat asosida о‘smir
alohida bir ijtimoiy munosabatlar maktabini о‘taydi. О‘zaro qiziqishlar, atrof
dunyoni, bir-birlarini о‘zligini anglashlari va tushunishlari ular uchun juda 
qimmatlidir. Osmirlar uchun uy vazifalari, uy ishlari bо‘yicha majburiyatlarni 
bajarishga qarganda tengdoshlari bilan muloqot qilish muhimroqdir. О‘z
sirlarini bola endi ota-onasiga emas, balki tengdoshiga kо‘proq ishonadi. О‘z
tengdoshlari bilan muloqot va munosabat jarayonida о‘z shaxsini erkinlik
bilan tо‘la namoyon eta oladi

Yüklə 317,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə