Microsoft Word O'smirlik davri 4 soat



Yüklə 317,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/16
tarix18.04.2023
ölçüsü317,6 Kb.
#106076
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
O\'smirlik davri 4 soat

“«Qanday qilib
tо‘g‘ri yozish kerak?» «Qanday qilib yaxshiroq aytish mumkin?» , «Nima
deyish kerak?»
, kabi savollar juda qiziqtiradi. О‘smirlar maktabdagi
о‘qituvchilar, kattalar, ota-onalar nutqidagi kamchiliklariga, kitob, gazeta, radio 
va televideniye diktorlari hatolariga tez e’tibor beradilar. Bu holat о‘smirning
bir tomondan о‘z nutqini nazorat etishga о‘rgatsa, ikkinchi tomondan kattalar
ham nutq qoidalarini buzishlari mumkinligini bilishlariga va о‘zida mavjud
hatoliklarni birmuncha barham toptirishlariga olib keladi.О‘smir sо‘zlarning 
kelib chiqish tarixiga, ularning aniq mazmuni va mohiyatiga juda qiziqadi. U endi 
о‘z nutqida yosh bola singari emas, balki katta odamlardek sо‘zlarni tanlab
ishlatishga harakat qiladi. Nutq madaniyatini egallash borasida о‘smir uchun
о‘qituvchi, albatta, namuna bо‘lishi shartdir. Aynan maktab ta’limi о‘smir
bilish jarayonlarini rivojlanish yо‘nalishini sifat jihatidan о‘zgarishda asosiy
omil bо‘lib xizmat qiladi. Maktabdagi о‘quv jarayonlarining tо‘g‘ri tashkil etilishi 
va amalga oshirilishi bilan о‘smir nutqining tо‘g‘ri rivojlanishiga sharoit 
yaratiladi. Nutqni о‘zgartishga harakat bu о‘smirning muomala, bilish va ijodiy 
faoliyatga kirishishiga ehtiyoj va intilish hisoblanadi.О‘smirlik davrida о‘qish
malakalari, yozma va monologik nutq jadal rivojlanadi. 5-sinfdan boshlab to 
9-sinfgacha о‘qish tо‘g‘ri, tez va ifodali bо‘lish darajasidan, yoddan ifodali, 
ta’sirli aytib bera olish darajasigacha kо‘tariladi. Monologik nutq esa asardagi
kichik bir parchani qayta sо‘zlab berishdan, mustaqil ravishda nutq va 
chiqishlar tayyorlash, og‘zaki - mulohaza yuritish, fikr bildirish va ularni asoslab
berishgacha о‘zgaradi. Yozma nutq ham rivojlangan holda о‘smirlar endi ularga 
berilgan erkin mavzu bо‘yicha mustaqil holda insho yoza oladilar.
О‘smirlarning nutqi tо‘la tafakkur bilan bog‘liq holatida amalga oshiriladi. 5-6 
sinflardagi о‘quvchilar og‘zaki va yozma matn uchun reja tuzib, unga amal qila 
oladilar. О‘zi yozgan fikrni qayta-qayta о‘qib, о‘z nutqini analiz qilib kо‘rishga 
majbur qiladi. О‘quvchi yozib bayon qilayotganida, kо‘pincha, bu ishini bir


necha marta qayta kо‘rib chiqishga, о‘zgartirishga, tо‘ldirishga, qaytadan
ishlab chiqishga majbur bо‘ladi. 
О‘quvchi о‘qituvchining topshirig‘iga binoan yozma ishlar 
bajarayotganida о‘zining shu ishiga baho berilishini, ammo bu baho ishning faqat
mazmuniga qarabgina berilib qolmasdan, balki shu bilan birga, о‘z fikrining
«qanday til» bilan bayon qilinganiga qarab ham baholanishini oldindan bilib
turadi. Mana shu hollarning hammasi bolani о‘z nutqini grammatika va logika 
talablariga muvofiq keladigan qilib, ongli ravishda tuzishga majbur etadi.
Adabiyot darslari bilan shug‘ullanish о‘quvchilar nutqining о‘sishiga ayniqsa
katta ta’sir qiladi. О‘quvchilar adabiyot darslarida tо‘g‘ri tuzilgan nutqning
eng yaxshi namunalari bilan tanishadilar. Bolalarning yozma nutqni egallashlari 
ularning nutqini о‘stirishda muhim bosqich bо‘ladi. О‘quvchi yozma nutqni 
tо‘g‘ri tushunishni о‘rganib oladi, о‘z fikrlarini yozma nutq holida bayon qilish 
va boshqalarga tushuntirishni о‘rganadi. Kitob о‘qish va ayniqsa о‘zidagi fikrlarni 
yozma tarzda ifodalab, bayon qilib berish tilning grammatika tuzilishini
egallashda katta ahamiyatga ega. Yozma bayon qilish vaqtida fikrni tо‘liq 
tushuntirib berish zarurligi о‘quvchini о‘zi yozayotganlarining mazmunigagina 
diqqat qaratmasdan, balki qanday qilib yozayotganligiga ham e’tibor berishga 
majbur etadi. 
Yozma nutqni egallash og‘zaki nutqni va ayniqsa monolog nutqni tо‘g‘ri
va kengroq qilib tuzishga yordam beradi.О‘quvchi maktabda berilgan
topshiriqni tayyorlash vaqtida shu topshiriqni о‘ziga-о‘zi gapirib berishni
muttasil mashq qilib turishi о‘quvchi nutqining о‘sishiga katta ta’sir kiladi.
О‘quvchi darslarni tayyorlayotgan vaqtda shu darslarni kitobdan о‘qibgina
qolmasdan, balki, odatda, u kitobdan о‘qigan narsalarini kitobni yopib qо‘yib,
о‘z-о‘ziga yoki yonidagi sherigiga sо‘zlab ham beradi. Bunday hollarda
о‘quvchi о‘zi tayyorlayotgan darsni grammatika qoidalariga tо‘g‘ri rioya
qilgan holda ayniqsa, tushunarli qilib og‘zaki gapirib berishga intiladi:.
O’qituvchi о‘quvchining nimalarni bilganligi va bilganlarini qanday gapirib 
berishi bilangina kifoya qilmasdan, balki, shu bilan birga, shu bilgan
narsasini qanday qilib va qay tariqa gapirib berayotganiga ham e’tibor
berishini о‘quvchi yaxshi tushunadi.О‘quvchi ovoz chiqarib, aynan yoki о‘z
so’zlari bilan takrorlash yо‘li bilan о‘zining artikulyatsiya apparatini mashq
qildiradi, о‘z nutqining qay darajada tо‘g‘riligini nazorat qiladi, shu bilan
birga о‘zi о‘zlashtirgan bilimlarning tо‘g‘riligini va mustahkamligini ham 
nazorat qiladi.Albatta, о‘quvchi nutqining о‘sishida о‘qituvchining nutqi katta
rol о‘ynaydi, chunki o’qituvchining nutqi о‘quvchilar uchun namunali nutq 
hisoblanadi. Shu sababli, har bir о‘qituvchi о‘quvchilar nutqini о‘stirishga 
intilib, о‘zi ham о‘z nutqini takomillashtirish ustida tо‘xtovsiz va tinmay intilishi 
lozim. Diqqat agar kichik maktab davrida ixtiyorsiz diqqat ustunlik qilsa,
о‘smirlik davrida bola о‘z diqqatini о‘zi boshqara oladi. Dars davomida
intizomning buzilishi aksariyat hollarda о‘quvchilar diqqatsizligidan emas, balki 
ijtimoiy sabablar bilan belgilanadi. О‘smir о‘z diqqatini tо‘la ravishda о‘zi uchun 
ahamiyatli bо‘lgan va yuqori natijalarga erishishi mumkin bо‘lgan faoliyatlarga
qarata oladi. О‘smirning diqqati yaxshi boshqariladigan va nazorat etiladigan 


darajada rivojlangan bо‘lishi mumkin. Bolaning rivojlanayotgan ixtiyoriy
diqqati о‘qituvchi tomonidan doimo qо‘llab-quvvatlanishi juda zarurdir.
Pedagogik jarayonda ixtiyorsiz diqqatni ixtiyoriy diqqat darajasiga kо‘tarish
uchun bir qancha uslublar ishlab chiqilgan. Shuningdek, о‘smirning dars
jarayonida о‘z tengdoshlari orasida о‘zini kо‘rsatishi uchun sharoitni
yaratilishi ham о‘smirdagi diqqatni ixtiyorsizdan ixtiyoriyga aylanishida zamin 
bо‘lib xizmat qilishi mumkin. Usmirlik davrida juda qattiq charchash holatlari 
ham bо‘ladi. Aynan 13-14 hamda 16 yoshlarda charchash chizig‘i keskin
kо‘tariladi. Bunday holatlarda о‘smir atrofdagi narsa va voqealarga tо‘liq
diqqatini qarata olmaydi. О‘smirlik davrida xotiraning barcha turlari о‘zining
sifat kо‘rsatkichlari asosida jadal rivojlanadi. Bu davrda о‘quvchilarga
beriladigan о‘quv materialining hajmi katta bо‘lgani uchun ham uni eslab 
qolishi yoki bir necha marta takrorlash yо‘li bilan о‘zlashtirish qiyin. 
О‘smirlik yoshida bolalar о‘qigan va о‘rganganlarini sо‘zma-sо‘z yodlashdan voz 
kechib uning ma’nosiga kо‘ra eslab qolishga harakat qiladilar. Ularda faol 
ravyshda mantiqiy xotira rivojlanib boradi. Mexanik xotiraning rivoji esa
birmuncha sustlashadi. Bu esa ba’zan salbiy xolatlarni ham keltirib chiqarishi
mumkin. О‘smirlik davriga kelib yangi fanlar, jumladan, о‘quvchilar eslab 
qolishi zarur bо‘lgan ma’lumotlar miqdori kо‘payadi. Ammo mexanik xotiraning
sustlashuvi ma’lumotlarni eslab qolishda muammolarni keltirib chiqaradi va
о‘smirlar tomonidan xotiralari zaiflashuvi haqidagi shikoyatlariga va о‘z-
о‘zidan о‘qishga bо‘lgan qiziqishlarining pasayishiga sabab bо‘lishi mumkin.
Buning uchun о‘quvchi о‘quv materialining mazmunini tahlil qilishi, undagi 
mantiqiy tuzilishni bilishi muhim.О‘smirlik davrida nazariy tafakkur yuqori
ahamiyatga ega bо‘la boshlaydi. Chunki bu davrdagi о‘quvchilar atrof-
olamdagi bog‘lanishlar mazmunini yuqori darajada bilishga hdrakat qiladilar.
Bu davrda о‘smirning bilishga bо‘lgan qiziqishida keskin rivojlanish sodir
bо‘ladi. Ilmiy nazariy bilimlarning egallab olinishi о‘smir tafakkurining 
rivojlanishiga olib keladi. Buning ta’sirida isbot, dalillar bilan fikrlash
qobiliyati rivojlanadi. Unda deduktiv xulosalar chiqarishga qobiliyati paydo 
bо‘ladi.Maktabda о‘qitiladigan fanlar о‘smir uchun о‘z taxminlarini yuzaga 
keltirish yeki tekshirish uchun sharoit bо‘lib xizmat qiladi.

Yüklə 317,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə